Telegram Group Search
Forwarded from Sherzod Shermatov
Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!
🔥4👍1👏1
AI tibbiyotda yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Rasmdagi e'londa ChatGPT asosidagi dastur bemorlarning tibbiy ko‘rik natijalariga qarab ularga vitaminlar, mos jismoniy mashqlar va oziq-ovqatlar bo‘yicha maslahatlar beradi deyilgan.

Biroq, men bu yangiliklarga ehtiyotkorlik bilan yondashaman. O‘ylashimcha, bunday texnologiya bilan bog‘liq xavflar ham bor. Noto‘g‘ri ma’lumot yoki tavsiya sog‘liq uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qolaversa shaxsiy tibbiy ma'lumotlar xavsizligini ham muhim.


Siz nima deb o‘ylaysiz? Kelajakda sog‘liq masalalarida sun’iy intellektga ishonishimiz mumkinmi?

Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻
🤯6👍1🔥1👏1🤔1
Ma'lumotlar bazalari har bir operatsiya va muammo haqida log fayllarini saqlaydi. Bu loglar tizimni tahlil qilish va muammolarni aniqlashda yordam beradi.

Katta hajmdagi loglar orasida muammoni topish diqqat, vaqt talab qiladigan, zerikarli, juda stressli ish, lekin muammo hal qilingandan keyingi hissiyoti juda ajoyib )
🔥8
Talant bu – intizom va qat’iyat bilan yengib o’tilgan mehnatdir. Iste’dod – tug‘ma emas, shakllantirilgan fazilatdir.

(c) Lomonosov
👍10
Forwarded from Elga yor (Elyor)
Assalomu alaykum! 📌

📌Koreada hozirgacha aktual bo’lgan, keyinchalik ham aktual bo’lishi kutilayotgan mavzular borasida video darslik tayyorladim.

1. Networking
2. Internship
3. Ishga joylashish

Bu mavzular bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgani sababli, barchasini bir videoda tomosha qilishingiz mumkin.

*Tayyorlarlik ko’rish uchun bir necha oy talab qilindi.

🔝 Bu videoda Koreyada karyera qilmoqchi bo’gan har qanday inson bilishi kerak bo’lgan elementar tushunchalarni to’pladim. Bir necha yillik tajribani 1 soat ichida o’zlashtirishingiz mumkin!

Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing. Profesional Karyera qurishda zinapoya o’laroq xizmat qilsa ajab emas:)

Ko’proq foydali ma’lumotni shu yerdan topasiz: @Elyorbilan

Link: https://youtu.be/LvVW2rXyzlI?si=5ywvA2URZ1oYiJ_d

#internship #ish #networking@Elyorbilan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🫡2
Janubiy Koreyada har yili barcha ishchilar uchun majburiy va bepul tibbiy ko‘rik (건강검진) o‘tkaziladi. Ishchilar kompaniya tomonidan belgilangan tibbiy markazga borib, ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Yil oxirida bemorlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, tibbiy markazlar bu jarayon uchun yaxshi tizim yo‘lga qo‘ygan.

Dastlab onlayn tarzda navbat olish talab qilinadi. Ko‘rsatilgan kunda tibbiy markazga borganingizda, biriktirilgan xodimlar jarayonni bosqichma-bosqich tushuntirib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Muhit juda tinch, hamma o‘z navbatini kutib o‘tiradi. Tekshiruv tugagach, natijalar onlayn tarzda yuboriladi. Agar jiddiy kasallik aniqlansa, shifokor tomonidan tegishli ko‘rsatmalar ham beriladi.

Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻
👍7🔥2
Forwarded from AI | DigiTech
🖼️ Mana bu devorga yopishtirilgan banan Sotheby's auksionida 6,2 million dollarga sotildi.

Uni TRON kriptovalyutasi asoschisi Jastin San sotib oldi.

«U san’at olami, memlar va kriptovalyuta hamjamiyatlarini bog’laydi. Men bananning egasi bo’lishdan faxrlanaman». — deb ta’kidladi.


📟 DigiTech
👍1
AI | DigiTech
Photo
Shu bananni ham ovvora qilishdi. Oʻtgan yili Seulda boʻlgan koʻrgazmasida bir koreys talabasi bananni devordan olib yeb qoʻygandi. Banan har kuni skotchdan olinib yangilab turilar ekan. San’at olami ham qiziq e 😁

https://medium.com/@rashidov/120-ming-dollarlik-banan-df556f6db724
😁4🤣1
Forwarded from Anvarbek Ziyodov (ANVARBEK ZIYODOV)
#IT_NEWS

Yonsei Universiteti IBM bilan hamkorlikda 20-noyabr kuni Koreyada birinchi IBM Quantum System One’ni namoyish qildi. Yonsei ushbu tizimni boshqarayotgan dunyodagi ikkinchi universitet bo‘lib, tizim universitetning Xalqaro kampusidagi Kvant Hisoblash Markazida o‘rnatilgan. Ushbu tizim Yonsei Universiteti va uning akademik va korporativ hamkorlariga ilg‘or tadqiqotlar olib borish va kvant hisoblash texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini taqdim etish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu tizimning o‘rnatilishi bilan Koreya IBM Quantum System One’ni o‘zida joylashtirgan beshinchi mamlakatga aylandi, AQSh, Kanada, Germaniya va Yaponiyaga qo‘shildi. IBMning 127-qubitli Quantum Eagle Protsessori orqali ishlovchi ushbu tizim Yonsei’ning tadqiqotchilar, talabalar, tashkilotlar va hamkorlar tarmog‘iga eksklyuziv utilitar kvant hisoblash resurslarini taqdim etadi.
4
Koreyada barcha xodimlar uchun davlat tomonidan onlayn tarzda tashkil etilgan majburiy qisqa kurslari mavjud.
Ushbu kurslar har bir xodim tomonidan majburiy ravishda o‘qilishi kerak.

Darslar quyidagilardan iborat:

- Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi
- Ish joyida tazyiqning oldini olish
- Nogironlik haqida to‘g‘ri tushuncha shakllantirish
- Ish joyida jinsiy zo‘ravonlikning oldini olish

Barcha xodimlar belgilangan muddat ichida ushbu kurslarni tamomlashlari va olingan sertifikatni taqdim qilishlari lozim. Ushbu kurs davomida ishdagi tazyiq, turli xil zo'ravonlikka duch kelganda qayerga murojaat qilishni ham aytib o'tishadi.
“지금 자면 꿈을 꿀 수 있지만, 공부를 하면 꿈을 이룰 수 있다.”

-
Hozir uxlasang, orzu qilishing mumkin, lekin o’qisang, orzularingni amalga oshirishing mumkin.

“배움의 고통은 잠깐이지만 배우지 못한 고통은 평생이다.”

- O‘qishning azobi vaqtinchalik, lekin o‘qimaganlik azobi butun umr davom etadi.

Bugun shu kitobni oldim )
🔥9👍2👨‍💻2
2025/08/24 05:50:58
Back to Top
HTML Embed Code: