Telegram Group Search
📌 Dolzarb_90 kunlik loyihasi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti "PEDAGOG" sport klubi va Jismoniy madaniyat fakulteti hamkorligida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

🏐 Mazkur to‘garak talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

📸 Quyida sport to‘garagi faoliyatidan fotolavhalar taqdim etiladi.

🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati:
🚀
Telegram|📷Instagram|🎬Youtube
1
#hashar 🟦🟦🟦

👍 CHDPUda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

22-23-avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami arafasida hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Bugun universitetning barcha fakultet xodimlari tomonidan fakultetlar hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur hashar davomida atrof muhit, ariqlar tozalandi, daraxtlar tagi supurib-sidirildi, gulzorlar tartibga keltirildi. Barcha xonalar tozaligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xodimlar birgalikda mehnat qilib, o‘z namunasi bilan yoshlarga ibrat bo‘lishdi.
Hashar nafaqat tozalik, balki jamoaviy birdamlik, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytiruvchi qadriyatdir.

Bizni kuzatishda davom eting:


🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati:
🌐Telegram|🌐Instagram|▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Forwarded from CHDPU | Rasmiy kanal
CHDPU magistr bitiruvchisi O’zbekistonning eng faol talabasi sifatida e’tirof etildi.

2024-o'quv yilida loyihaning talabalarga bag'ishlangan yangi mavsumi ilk bor onlayn shaklda taqdim etildi. Unda universitetimizning Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo’yicha magistr bitiruvchisi Ozoda Abdullayeva ham bor!

Ozodaga kelajakdagi ishlari va faoliyatiga omad tilaymiz.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
5👏3
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Ariza yubormaganlar shoshiling! 1-kursga tavsiya etilganlar uchun yotoqxonalar ajratila boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan talabgorlarga talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha natijalar e’lon qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng joylar, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#ChDPU
#Dolzarb_90_kun

👩‍🏫 #TalabaningBoʻshVaqti

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim fakulteti 3-bosqich talabasi Djapparova Nilufar yozgi taʼtilni mazmunli va samarali o‘tkazmoqda.

📍 U hozirda Yangiyoʻl tumani 18-maktabi qoshidagi kunduzgi oromgohda faoliyat yuritib, bolajonlar bilan birga turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etmoqda, ijodiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda hamda ularning bilimini boyituvchi faoliyatlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

🌟 Nilufarning bu kabi tashabbuslari uning pedagogik mahoratini oshirish, kelajakdagi kasbiy faoliyatida yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qilmoqda.

🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati:
🚀
Telegram|📷Instagram|🎬Youtube
🏐 #Dolzarb_90_kunlik doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti "PEDAGOG" sport klubi hamda Jismoniy madaniyat fakulteti hamkorligida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari muntazam davom etmoqda.

📸 To‘garak faoliyatidan fotolavhalarni taqdim etamiz!

🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati:
🚀
Telegram|📷Instagram|🎬Youtube
1
🏫 Turizm fakulteti talabasi Baratova Ruxshona yozgi taʼtilni maroqli va samarali oʻtkazmoqda.

👩‍🏫 U Ohangaron tumani “Bilim chashmasi” nomli ONMTTda tarbiyachi sifatida faoliyat olib borib, bolajonlar bilan #Dolzarb_90_kun mavzusida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

✍️ Talabalarning bo‘sh vaqtini bunday maroqli va foydali mehnat bilan oʻtkazishi, “Dolzarb_90_kun” loyihasining izchil va samarali davom etayotganidan dalolatdir.

🌐Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi axborot xizmati:
🚀
Telegram|📷Instagram|🎬Youtube
2025/08/25 15:56:26
Back to Top
HTML Embed Code: