group-telegram.com/eduuz/34861
Create:
Last Update:
Last Update:
#Qabul #Abituriyent2025
Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.
🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:🟢 Faqat test sinovida ishtirok etsa:✅ fanlar majmuasi;✅ taʼlim tili;✅ test topshirish hududi.🟢 Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:➡️ taʼlim tili;➡️ test topshirish hududi;➡️ alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;➡️ kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.
Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.
🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:➡️ oliy taʼlim muassasasi;➡️ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;➡️ taʼlim shakli;➡️ tanlov ustuvorligi.
Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:🟢 texnikum;🟢 kasb va mutaxassislik;🟢 taʼlim shakli.🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida “Qabul-2025” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, fuqarolarimiz Vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram