Telegram Group Search
Kibersport bo‘yicha "Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi" g‘oliblari aniqlandi

Yozgi ta'til vaqtida umumta'lim maktablari o'quvchilari, talabalar hamda mahallalardagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan kibersport bo‘yicha "Soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi.

Mazkur musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan yoshlar viloyat bosqichida keng ommalashgan zamonaviy intellektual-kompyuter o‘yinlari – "Counter-Strike" va "Dota" yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra: "Counter-Strike" yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Buvayda tumani, 2-o‘rin Qo‘qon shahri va 3-o‘rinni esa Uchko‘prik tumani jamoasi egalladi. "Dota" yo‘nalishida Farg‘ona shahri 1-o‘rin, Yozyovon tumani 2-o‘rin hamda Farg‘ona tumani jamoasi 3-o‘ringa munosib ko'rildi.

Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Buni
💻 ijara.soliq.uz saytida
📱 Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

“Soliq” mobil ilovasining "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JShShIR kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

✏️ Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.
👉 Soliq kodeksi, 378-modda, 19¹-bandi.

📊2025-yil 1-avgust holatiga talabalar bilan 65,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 95 307 nafarni tashkil etdi.
______
#e_ijara

Как зарегистрировать договор аренды со студентом?

Если студенты снимают жилье, то их арендодатель должен зарегистрировать договор аренды в налоговых органах.

Сделать это можно:
💻 на сайте ijara.soliq.uz,
📱 в мобильном приложении Soliq.

В мобильном приложении “Soliq” постановка на учет договоров аренды недвижимого имущества осуществляется в разделе "Аренда недвижимости" в меню "Договор аренды для студентов".

После ввода арендодателем ПИНФЛ студента информация о нем также сформируется автоматически.

Студенты могут подтвердить договор с помощью Face ID или путем ввода 5-значного кода, который поступит на телефонный номер SMS-сообщением

После постановки на учет договоров аренды, заключенных со студентами, эти сведения формируются и в базе данных Министерства высшего и среднего специального образования. Это, в свою очередь, создает удобства вузам в возмещении студентам части средств за ежемесячную арендную плату.

✏️ Напоминаем, доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду, не облагаются налогом на доходы физлиц.
👉 п.19¹ ст.378 НК

📊По состоянию на 1 августа 2025 года со студентами заключено свыше 65,3 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 95 307.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tekshiruvlari

Moliyaviy jarimalarni bo‘lib to‘lash va soliq huquqbuzarliklarni ixtiyoriy bartaraf etish

Tadbirkorlarga sayyor soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra qo‘llanilgan moliyaviy jarimalarni teng ulushlarda 6 oy davomida to‘lash huquqi berildi. Ilgari bunday imkoniyat faqat soliq auditi natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalarga nisbatan berilar edi.

2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra «Soliq xavflarini aniqlash, tahlil qilish va baholash» tizimi orqali 16 trln so‘m miqdorida soliq xavflari mavjud bo‘lgan 20 mingdan ortiq subyekt soliq tekshiruvlariga nomzod sifatida shakllantirilgan. Ular yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik alomatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish imkoniyati mavjud. Shundan so‘ng mazkur ro‘yxat 2025-yil 1-noyabr holatiga qayta shakllantiriladi.

2026-yil 1-yanvardan sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazishda mobil videokameradan foydalanish majburiy bo‘ladi. Videokamerasiz o‘tkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

👉PF-138-son, 19.08.2025

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
So‘x tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

So‘x tumani soliq inspeksiyasida yig‘ilish o‘tkazilib, xodimlarga davlat xizmatchisi majburiyatlari, korrupsiyaning salbiy oqibatlari yetkazildi. Unda mansab vakolatini suiiste’mol qilmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, tumanda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ham yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti hamda ishonch telefoni (71-244-98-98) ga xabar qoldirish mumkinligi tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi: halol iqtisodiyotga hissa

“Yuksalish” harakati aholi o‘rtasida "Soliq platformasidan foydalanish va soliq keshbek tizimiga munosabat” mavzusida so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovnomada O‘zbekiston bo‘ylab 26 yoshdan 50 yoshdan oshgan fuqarolar orasidan 1033 nafari (erkaklar – 52,66 %, ayollar – 47,24 %) ishtirok etdi.

📊 So‘rovnoma natijalariga ko‘ra:
▫️ 75,51 % fuqaro Soliq ilovasi va 1 % keshbek haqida xabardor;
▫️ 24,39 % aholi birinchi marta bilib olishdi;
🔗 376 nafar doimiy foydalanuvchilar (36,4 %) – Soliq mobil ilovasidan faol foydalanadi va uning afzalliklarini yaxshi tushunadi;
🧾 33,2 % fuqaro keshbekni kundalik ehtiyojlarga sarflaydi;
📱 18,68 % foydalanuvchi transport yoki mobil aloqa uchun to‘laydi;
💳 11,33 % uni jamg‘arishga harakat qiladi.

Fuqarolik pozitsiyasi ya'ni QR-kodli chek talab qilishni:
- 17,23 % bu talabni davlat uchun foydasini tan olishiga qaramay, avvalo shaxsiy manfaatlari uchun amalga oshirishini bildirishdi;
- 48,5 % mazkur talabni davlat taraqqiyotiga qo‘shilayotgan hissa deb hisoblaydi, bu esa aholining iqtisodiy savodxonligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

So‘rovnoma natijalari haqida batafsil.
____________
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq: вклад в честную экономику

Движение «Юксалиш» провело опрос для изучения осведомленности населения о приложении Soliq и отношении к системе налогового кешбэка.

В опросе приняли участие 1033 респондента по всему Узбекистану в возрасте от 26 и старше 50 лет (мужчины - 52,66 %, женщины - 47,24 %)

📊 По итогам опроса:
▫️ 75,51 % респондента осведомлены о приложении Soliq и 1% кешбэке;
▫️24,39 % узнали впервые;
🔗376 регулярных пользователей (36,4 %)активно используют мобильное приложение Soliq и понимают его преимущества;
🧾33,2 % тратят кешбэк на повседневные нужды;
📱 18,68 % оплачивают транспорт или мобильную связь;
💳 11,33 % стараются накапливать.

Гражданская позиция требовать чек с QR-кодом:
- 17,23 % респондентов признают пользу для государства, но делают это в первую очередь ради личной выгоды;
- 48,5% рассматривают требование чека с QR-кодом, как вклад в развитие государства, что говорит о повышении экономической грамотности населения.

Подробнее об итогах опроса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_bolishi_mumkinmi?

Ulgurji savdo korxonasi bitta ishchi bilan bir oyda 35 mlrd soʻmlik gʻisht terish xizmatini bajargan boʻlsa-ya....

Soliq qoʻmitasi tadbirkorlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilayotgan qoʻpol xatolar va soliq qonunchiligi buzilishi holatlari haqida maʼlumot berib borishni davom etmoqda.

Misol uchun, 2022-yil may oyida ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun tashkil etilgan “Ulgurji-22” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) 2025-yil avgust oyida transport vositalari, texnika va faol ishchilari mavjud boʻlmasa-da 35,8 mlrd soʻm (QQS – 3,8 mlrd soʻm) miqdorida pishgan gʻisht terish xizmati yuzasidan EHF rasmiylashtirgan.

Yana bitta ixtisoslashmagan ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanish uchun tashkil etilgan “Betta-25” MChJ (nomi oʻzgartirilgan) 2025-yil avgust oyida faol ishchilar soni, ijarada yoki egaligida koʻchmas mulki, transport vositalari mavjud boʻlmasdan 50 mlrd soʻm (QQS – 5,3 mlrd soʻm) miqdorida kirim qilinmagan har xil yuqori likvidli tovarlar (oziq-ovqat, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va h.k) realizatsiyasi yuzasidan EHF rasmiylashtirgan.

Mazkur holatlar maxsus axborot-tahliliy tizim orqali avtomat aniqlanmoqda. U mavjud raqamli maʼlumotlar tahlili asosida EHFlarnig xavf darajasini real vaqt rejimida belgilab beradi.

Eslatib oʻtamiz: EHFlarning xavf darajasini aniqlash boʻyicha maxsus axborot tizimi hozirda test rejimida ishga tushirilgan va unda aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha hali biron jazo choralari qoʻllanilmagan.

_______
#разве_такое_возможно?

Оптовое предприятие "выполнило" услуги по кладке кирпича на сумму 35 млрд сумов да еще с одним работником в штате
...

Налоговый комитет продолжает информировать о грубых ошибках и нарушениях налогового законодательства, допускаемых предпринимателями при оформлении электронных счетов-фактур (ЭСФ).

К примеру, ООО "Улгуржи-22" (название изменено), зарегистрированное в мае 2022 года для осуществления оптовой торговли, в августе 2025 года при отсутствии транспортных средств и штатных работников, оформила ЭСФ за услуги по кладке кирпича на сумму 35,8 млрд сумов (в том числе НДС – 3,8 млрд сумов).

Юрлицо ООО "Бетта-25" (название изменено) зарегистрировано для осуществления неспециализированной оптовой торговли, в августе 2025 года при отсутствии в штате работников, объектов недвижимости и транспортных средств, оформило ЭСФ на реализацию неоприходованного высоколиквидного товара (продовольственные товары, запчасти, стройматериалы и др.) на сумму 50 млрд сумов (в том числе НДС – 5,3 млрд сумов).

Подобные случаи выявляются в автоматическом режиме посредством специальной информационно-аналитической системы. Она, на основе анализа имеющихся цифровых данных в реальном времени определяет уровень риска ЭСФ.

Напоминаем: специальная информационная система по определению уровня риска ЭСФ в настоящее время запущена в тестовом режиме и в отношении выявленных нарушений никакие меры не применены.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍Navbatdagi muloqot Quva tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazildi.

Unda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari so‘zga chiqib, davlat xizmatchisi uchun soliq organlarida qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ogohlikka chorlandi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish muhitini yaratishga har bir xodim mas’ul ekanligi, halol ishlash afzalliklari, oilaviy xotirjamlik ahamiyati hayotiy misollar orqali xodimlarga tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
2025/08/28 20:42:26
Back to Top
HTML Embed Code: