group-telegram.com/huquqiyaxborot_lotin/9543
Create:
Last Update:
Last Update:
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilar qo'shimcha ta'limga jalb qilinadi
Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni maktabdan tashqari ta'limga jalb qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni qo'shimcha ta'limga jalb qilish hamda o'qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
✔️ Ayrim toifadagi o'quvchilar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.
📙 O'quvchilar to'garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.
📋 O'quvchilarning ota-onalari hamda ta'lim tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
💸 Ta'lim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha 1 nafar o'quvchiga har bir to'garak uchun 1 oylik to'lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:
🔹 7-11 yoshdagi o'quvchilar uchun darsdan keyingi qo'shimcha ta'lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;
🔹 12-18 yoshdagi o'quvchilar uchun umumta'lim fanlari, 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun xorijiy til yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;
🔹 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.
💰 To'garak to'lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o'quvchining ota-onasi tomonidan to'lanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.group-telegram.com/us/huquqiyaxborot_lotin.com