O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ SHAXSLARGA YANGI IJTIMOIY XIZMATLAR YO‘LGA QO‘YILDI❗️ 2025-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–171-son qaroriga muvofiq, “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etildi. Ushbu dastur o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
↗️ Dastur doirasida 5 ta yangi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yildi:✅ Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam
✅ Uy sharoitida qarab turish
✅ Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
✅ Kunduzgi qatnov asosida qarab turish
✅ Shaxsiy yordamchi xizmati
🖋 Xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.🧠 Ijtimoiy xizmatlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Agentlik tizim tashkilotlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar ko‘rsatadi.
🖋 Vaucher berish, uning qiymatini to‘lash va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan shartnoma imzolash jarayonlari “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.
❗️ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarori bilan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
🖋 Nizomda quyidagilar belgilab qo‘yilgan:— murojaat qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
— vaucher berish shartlari;
— xizmat ko‘rsatuvchilarga qo‘yiladigan talablar;
— xizmatlar samaradorligini baholash;
— xarajatlarni vaucher asosida qoplab berish.
😊 Endilikda “Inson” markazlari tomonidan beriladigan vaucher asosida ijtimoiy xizmatlar uchun xarajatlarning bir qismi subsidiya tariqasida qoplab beriladi.📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz