group-telegram.com/ijtimoiyhimoya_agentligi/3718
Last Update:
O‘zbekistonda muhtojlarga manzilli yordam berishning raqamli platformasi ishga tushirildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi "Humans" kompaniyasi bilan birgalikda "Humans for Humans" yordam platformasini ishga tushirilganini e'lon qiladi.
Endilikda O‘zbekistonning istalgan fuqarosi Humans ilovasidagi "Insonlarga yordam" bo‘limiga kirib, o‘z homiylik qilmoqchi bo‘lgan oila, bolalar uyi, keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni tanlashi va unga oziq-ovqat, maishiy texnika yoki kundalik zarur buyumlarni yuborish orqali yordam ko‘rsatishi mumkin.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi homiylikka olinganlarning ehtiyojlari haqida ishonchli ma’lumotlarni oldindan to‘playdi, shu tariqa muhtoj shaxs o‘ziga kerakli narsani oladi.
Hozirgi vaqtda platformada quyidagilarga yordam berishingiz mumkin:
Har bir oila, tashkilot yoki homiylikka olingan shaxs uchun platformada ularga zarur bo‘lgan tovarlar ro‘yxati bilan shaxsiy profil yaratilgan.
Bu ro‘yxatga 15, 30 yoki 45 kunga mo‘ljallangan oziq-ovqat savatlari, maishiy texnika, elektron jihozlar, shuningdek, birinchi zarurat buyumlari kiradi. Homiylikka olinganlarning ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlar platformada real vaqt rejimida yangilanib boradi.
Batafsil ma'lumot veb-saytda.