Telegram Group & Telegram Channel
#operatsion_tizim

Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati (1) 📋

Operatsion tizimning qulay interfeysi tufayli hamma ham buyruq satri (Командная строка)ning imkoniyatlari haqida bilmaydi. Odatda buyruq satri yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi (shunda ham kompyuterda uncha-muncha ishlash tajribasi bor foydalanuvchilar tomonidan).

🎞 Buyruq satri bo‘yicha video ko‘rsatmani ushbu postimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu maqolada Windows'ning konsol oynasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati qisqa izohi bilan keltiriladi. Buyruqlarning aksariyati ma’lum parametrlar bilan bajarilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun buyruqning o‘zidan keyin funksiya bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun /? belgilari kiritiladi.

Masalan, PING buyrug‘i ulanishning butligi va sifatini tekshiradi. Konsolga PING /? ni yuborib, biz buyruqning turli parametrlari bo‘yicha ma’lumotnomaga ega bo‘lamiz.

ASSOC – fayl nomi kengaytmalari bo‘yicha solishtirmalarni chiqarish yoki o‘zgartirish
ATTRIB – fayl atributlarini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
BREAKCTRL + C klavishlari kombinatsiyasini qayta ishlash rejimini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish
BCDEDIT – boshlang‘ich yuklanmani boshqarish uchun yuklanma ma’lumotlar bazasida xususiyatlarni belgilaydi
CACLS – fayllarga murojaatni boshqarish ro‘yxatlari (ACL)ni ko‘rsatish va tahrirlash
CALL – bir paketli faylni boshqasidan turib chaqirish
CD – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
CHCP – faol kod sahifasini chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
CHDIR – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
CHKDSK – diskni tekshirish va statistikani chiqarish
CHKNTFS – yuklanish vaqtida disk tekshirilishi bajarilishini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
CLS – buyruq satri oynasini yozuvlardan tozalash
CMD – buyruq satrlari interpretatorining yana birini ishga tushirish
COLOR – qoida bo‘yicha qo‘llanilayotgan oldingi plan (matn) va fon ranglarini o‘rnatish/sozlash
COMP – ikki fayl yoki ikki fayllar to‘plamlari tarkibini solishtirish
COMPACTNTFS bo‘lim (раздел)larida fayllar siqilishini ko‘rsatish va o‘zgartirish
CONVERTFAT tom (fayl tizim)ini NTFS'ga o‘zgartirish
COPY – bir yoki bir nechta fayllarni boshqa joyga nusxalab o‘tkazish
DATE – joriy sanani chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
DEL – bir yoki bir nechta fayllarni o‘chirish
DIR – ko‘rsatilgan papka tarkibidagi fayllar va ichki papkalar ro‘yxatini ko‘rsatish
DISKPART – disk bo‘lim (раздел)i xususiyatlarini ko‘rsatadi yoki sozlaydi
DOSKEY – buyruq satrlarini tahrirlaydi, makroslar yaratadi va Windows 10 buyruqlarini qayta chaqiradi
DISM – Windows 10 obrazlarida komponentlar va paketlarni sanab o‘tadi, o‘rnatadi, o‘chiradi, sozlaydi va yangilaydi
DRIVERQUERY – qurilma drayverining joriy holati va xususiyatlarini ko‘rsatadi
ECHO – xabarlarni ko‘rsatadi va ekranda buyruqlarni ko‘rsatish rejimini o‘zgartiradi

👉🏻 Ushbu maqolaning 2-qismi | 3-qismi

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
👍2👏1

group-telegram.com/itspecuz/4897
Create:
Last Update:

BY IT specialist

Share with your friend now:
group-telegram.com/itspecuz/4897

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

In a statement, the regulator said the search and seizure operation was carried out against seven individuals and one corporate entity at multiple locations in Ahmedabad and Bhavnagar in Gujarat, Neemuch in Madhya Pradesh, Delhi, and Mumbai. Stocks closed in the red Friday as investors weighed upbeat remarks from Russian President Vladimir Putin about diplomatic discussions with Ukraine against a weaker-than-expected print on U.S. consumer sentiment. Some people used the platform to organize ahead of the storming of the U.S. Capitol in January 2021, and last month Senator Mark Warner sent a letter to Durov urging him to curb Russian information operations on Telegram. But the Ukraine Crisis Media Center's Tsekhanovska points out that communications are often down in zones most affected by the war, making this sort of cross-referencing a luxury many cannot afford. "Markets were cheering this economic recovery and return to strong economic growth, but the cheers will turn to tears if the inflation outbreak pushes businesses and consumers to the brink of recession," he added.
from us

Telegram IT specialist
FROM American