📣 Hamza Umarov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Hamza Umarov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi.
🎭 Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, sanʼatkorning shogirdlari, kinoijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Shuhrat Rizayev, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Boir Xolmirzayev aktyorning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy kino san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirishdi.
✨ Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan sanʼatkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Hamza Umarov ishtirokidagi filmlardan parchalar ham namoyish qilindi.
🏛 O‘zbekiston Kino san'ati muzeyi Axborot xizmati
✈️Telegram

🔥1
⚡️ Italiyalik sayyohlar Milliy kino saroyiga tashrif buyurishdi
✨ Bugun yurtimizga tashrif buyurgan italiyalik sayyohlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif uyushtirishdi. Ular klassik va zamonaviy eksponatlar bilan boyitilgan Milliy kino san’ati muzeyining yangi ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.
✨ Tashrif davomida sayyohlar milliy kino tarixining boy va rang-barang merosini o‘rganish, kino san’ati rivojiga hissa qo‘shgan mashhur rejissyorlar va aktyorlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Ushbu tashrif madaniy almashinuv va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

❤1
📣 Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo’lishdi
⚡️Kecha Toshkent davlat yuridik universiteti talabalaridan iborat guruh O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif uyushtirdi. Ushbu tashrif doirasida ularga “Sevgi sharbati” nomli yangi badiiy film taqdim etildi. Film tomoshasi yosh avlodda kinomadaniyatga nisbatan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
⚡️Shuningdek, talaba yoshlar O’zbekiston kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Muzeyda namoyish etilgan yangi eksponatlar va milliy kino tarixiga oid noyob materiallar ular tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Bu esa milliy kinoga bo‘lgan muhabbat va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📌Xulosa qilib aytganda, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining Milliy kino san’ati saroyiga tashrifi nafaqat ularning madaniy bilimlarini oshirishga, balki milliy kinoning boy tarixini anglash hamda kino san’atiga qiziqishlarini kengaytirishga mustahkam poydevor yaratdi.
🔂O‘zbekiston kino san'ati muzeyi Axborot xizmati

✍️ Ushbu ta’lim muassasasi talabalarining kino saroyiga tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixi haqida filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qaroriga asosan shartnoma asosida tashkil etildi.
⚡️Shuningdek, talaba yoshlar O’zbekiston kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Muzeyda namoyish etilgan yangi eksponatlar va milliy kino tarixiga oid noyob materiallar ular tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Bu esa milliy kinoga bo‘lgan muhabbat va hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📌Xulosa qilib aytganda, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarining Milliy kino san’ati saroyiga tashrifi nafaqat ularning madaniy bilimlarini oshirishga, balki milliy kinoning boy tarixini anglash hamda kino san’atiga qiziqishlarini kengaytirishga mustahkam poydevor yaratdi.
🔂O‘zbekiston kino san'ati muzeyi Axborot xizmati
✈️Telegram
❤1
#ona_tilim_faxrim
Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana "O‘zbek tili bayrami" kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi.
Dunyoda yetti mingga yaqin til va lahjalar bor. Ularning faqat ikki yuzga yaqini Davlat tili maqomiga ega. Ana shu tillar orasida "O‘zbek tili" ham borligidan haqli ravishda faxrlanamiz.
Til buyuk ajdodlarimizdan meros milliy qadriyat, tafakkur qurolidir. Tafakkurimiz mahsulini namoyon etish til vositasida amalga oshiriladi. Quvonch-u shodligimizni ham, g‘am-tashvishimizni, reja-yu muammolarimizni ham ifoda etadigan vosita tilimiz hisoblanadi. Mehrimizni, qahrimizni, xayrixohligimiz yo nafratimizni til yordamida bayon etamiz. Tilimizning bebaho ne’mat ekanligi avvalo ana shunda.
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston kino san'ati muzeyi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
🏛 O‘zbekiston kino san'ati muzeyi Axborot xizmati