Telegram Group Search
#matbuot_anjumani

⚡️ Bugun Milliy matbuot markazida “Yoqilg‘i-energetika sohasida amaliy ishlar, erishilgan natijalar va mavsumiy vazifalar muhokamasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda OAV vakillariga joriy yilning o‘tgan davriga qadar amalga oshirilgan ishlar va yil yakunigacha belgilangan rejalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘ylab uzunligi 7 ming 455 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 1 ming 748 ta transformator punkti yangilandi.

Buning natijasida 954 ta mahalladagi 800 mingdan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, 553,8 km uzunlikdagi yuqori va o‘rta bosimli gaz tarmoqlari hamda 971 ta gaz taqsimlash punktlari yangilandi, modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Joriy yil boshidan 512,7 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 142,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

👉 Batafsil / Батафсил

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Energetika tizimi kuz-qish mavsumidagi rejimga to‘liq o‘tgan — 24/7 rejimida navbatchilik tashkil etilgan.

📈 Generatsiya quvvatlarini oshirish asosiy maqsadlarimizdan biri: 2016-yilgacha 3 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirilgan bo‘lsa, oxirgi 8 yilda 15 GVtdan ortiq quvvatlar ishga tushirildi.

📈 Yil yakuni bilan jami ishga tushirilgan elektr stansiyalarning o‘rnatilgan quvvati 28 GVtga yetishi kutilmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦 Bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda “yashil” energiya manbalarining ulushi 23 foizni tashkil qilmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦 👨‍👩‍👧‍👦 Yil yakuni bilan: 3 000 MVtdan ortiq quyosh va shamol, 1 167 MVt quvvatli IES, 1 500 MVtdan ortiq energiya saqlash tizimlari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, bugungi kunga kelib, umumiy 40 MVt quvvatga ega 59 ta mikro GES ishga tushirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha 15 MVt quvvatli 13 ta mikro GES ishga tushiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦 O‘zbekistonda “yashil” energetikaning rivojlanish istiqbollari.

Bugungi kunda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi 23 foizni tashkil qilayotgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 54 foizga yetishi rejalashtirilgan.

👉 Batafsil ushbu infografikada👆

—————

#зелёная_энергия

👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦👨‍👩‍👧‍👦 Перспективы развития «зеленой» энергетики в Узбекистане

Сегодня доля возобновляемых источников энергии в производстве электроэнергии достигает 23 %. К 2030 году этот показатель планируется увеличить 54 %.

👉 Подробнее — в инфографике👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_energiya

👨‍👩‍👧‍👦 Aholi o‘z xonadoniga quyosh panelini o‘rnatib, undan foydalanishida muammo yo‘q

... agar quyosh panellarini o‘z ehtiyojingiz uchun o‘rnatadigan bo‘lsangiz, subsidiya olish niyatingiz bo‘lmasa, bunda panellarni o‘rnatish uchun kadastr hujjati talab qilinmaydi, panellarni bemalol o‘rnatib ishlatishingiz mumkin. Umuman muammo yo‘q.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—————
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией предложений по совершенствованию системы социального страхования.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡Qishda elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi

⚡️ Gazlashmagan, elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi iste’molchilar amaldagi tarifning yarmini to‘laydilar. Masalan, 1 kVt·soat uchun 600 so‘m emas, 300 so‘m hisoblanadi.

💵 Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.

⚡️👨‍👩‍👧‍👦 Gazlashmagan hududlarga suyultirilgan gaz va ko‘mir mahsulotlari imtiyozli narxlarda yetkazib berilmoqda.

🤝Gazlashmagan xonadonlarni qo‘llab-quvvatlash choralari davom ettiriladi — takliflar ishlab chiqilib, hisob-kitob qilinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirolmaydi” mazmunida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonliklar 7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirolmaydi, qarz kechiksa — bir hafta elektrsiz qoladi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu ma’lumot mutlaqo asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Ayni paytda jamiyat hech qanday yangi hisobga olish tizimiga o‘tish ishlarini amalga oshirmayapti.

Fuqarolardan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan axborotlarga ishonish va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raladi.

—————
#официальное_сообщение

В социальных сетях распространились сообщения о том, что «узбекистанцы не смогут оплачивать электроэнергию в течение 7 дней и при задержке платежа останутся без света на неделю».

АО «Региональные электрические сети» заявило, что эта информация абсолютно необоснованна и не соответствует действительности.

В настоящее время Общество не проводит никаких работ по переходу на новую систему учета.

Просим граждан не доверять непроверенным источникам и получать информацию только из официальных каналов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#moddiy_yordam

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olindi.


Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reyestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.

Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:
• boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;
• nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;
• og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;
• yolg‘iz keksalar – 7 mingta;
• gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;
• bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
• boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;
• vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
• faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
• yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.


Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.

Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#noqonuniy_holat

Farg‘ona tumanida 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh etildi

“Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida Farg‘ona tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Xususan, tumanning “Mindon” MFY Chashma koʻchasida joylashgan “O.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjat va ruxsatlarsiz ulanib, “zangori olov”dan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va tabiiy gaz hajmlari qayta hisoblandi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2 milliard 108 million soʻm zarar keltirilgani maʼlum boʻldi.

Vaziyatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#eslatma

Isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshiriladi — 500 kub metr


Noyabr — fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart — oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr qilib belgilangan.

Manba: VMQ-204-son, 16.04.2024-yil.

Bundan tashqari, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori:
💡Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
👨‍👩‍👧‍👦 Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

💵 Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Eslatib o‘tamiz, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, mazkur bazaviy meʼyorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Qayd etish kerak, xonadonlarni isitishda energiya tejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, isitish tizimi quvurlarini izolyatsiyalash tabiiy gaz sarfini kamaytirishga yordam beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/30 11:52:48
Back to Top
HTML Embed Code: