Telegram Group Search
Jamiyat klassik rus romanlariga o'xshab bormoqda...

Endi hech kim baxtli emas, ammo hamma go‘yo Sibir ekspressida deraza yonida o‘tirib, ichini kemirayotgan fikrlar bilan muzlagan manzaraga tikilib o‘tirgandek.

Kimnidir sevasan, qadrlanmaysan.
Saylovda ovoz berasan, natija o‘zgarmaydi.
Yashayapsan, lekin oxiri hech qayerga yetib bormaysan.

Chexov hech yozmagan, ammo o‘qiganida albatta uyaladigan joyga aylangan bu yer.

Kuniga 12 soat ishlaysan, lekin hech narsaga ega bo‘la olmaysan.

Ma’lum bir paytdan keyin inson boshidan kechirgan narsalarni dramatizatsiya ham qila olmay qoladi.
Chunki drama ham estetikani talab qiladi; bizda esa faqat charchoq bor, xolos.

Ko‘zlaring uzoqlarga tikiladi, kimdir so‘raydi: - Nima bo‘ldi?
- Bu chirigan tizim bilan yakka o‘zim kurashishga urinayapman - deb aytolmaysan.
O‘rniga shunchaki: “Charchadim.” deysan.
Klassik rus romani javobi.
Charchadim. Hammasi shu.

Aslida, ko‘pchilik allaqachon biron bir obrazga aylangan:
G‘azabini ichiga yutgan Ivan, nima xohlashini bilmaydigan Masha, yashashni istamaydigan, lekin o‘lolmayotgan Alyosha.

Chunki umid yo‘q. “Yaxshi bo‘ladi” degan narsaga oxirgi marta qachon ishonganingni eslolmaysan.

Chunki siyosat degani endi qaysi layoqatsiz odam gapni yaxshiroq bog‘lay oladi — shunga qaror berish san’atiga aylangan.

Poraxo‘rlikmi? U ham bor.

Bir tomonda muzlatkichga qarab, kechqurun nima yeyishini o‘ylayotgan odam bor,
boshqa tomonda esa axloqiy inqiroz yana qayergacha chuqurlashishini taxmin qilayotganlar bor.

Hech narsaga hayron ham bo‘lolmaysan,
chunki eng yomoni bo‘ladi deb o‘ylaysan — va undan ham yomoni bo‘ladi.

Shu sababdan, hozir jamiyat rus romani bo‘lmasa-da,
kamida har birimiz “adabiy qahramon”ga aylanganmiz:
kam gapiradigan, ko‘p o‘ylaydigan va doim biror narsasi yetishmayotgandek his qiladigan obrazlar.

Baxtli oxiri bo‘lmagan hikoyalarning qahramonlari.

@niyatgabogliq
Manga kitob uchun yordam kerak.

O'zbek tilini yaxshi biladigan inson kerak. qilishi kerak bo'lgan ish kitob o'qish.

Man nashrga tayyor versiyasini bersam chiqishdan oldin bir marta o'qib chiqishi kerak, bo'g'inlar to'g'ri ko'chirilganmi qayerdadir qandaydir so'z xato yozilib qolganmi manga aytishi kerak.

nega o'zim qilmayapman buni, man kamida 5-6 marta o'qib chiqqanman kitoblarni.

P.S: Lekin hamma bilan ham ishlay olmayman. Sababi pdf versiyasi tarqalib ketish ehtimolini oldini olishim kerak.
15
Radikallashish nima?

Radikallik qanday narsa bilasizmi? O‘limigacha himoya qilinayotgan bir g‘oyaning asoschisi — ya’ni o‘sha g‘oyaning otasi kim bo‘lsa, u yetakchi o‘z g‘oyalari bilan aynan o‘sha holicha qayta tirilib paydo bo‘lsa, eng avvalo, aynan o‘zi yaratgan g‘oyaning radikallari tomonidan toshbo‘ron qilinadi, xoin deb e’lon qilinadi. Bunga istisno bo‘la oladigan harakat, dastur, tashkilot yoki jamiyat deyarli yo‘q.

The Boys serialida natsistlarga simpatiya bildiradigan bir super qahramon shunday degandi:

--- spoiler ---
Mening natsist g‘oyalarni himoya qilishimda hech qanday muammo yo‘q edi. Sizning muammoingiz bu g‘oyalar bilan emas, balki u g‘oyaning nomi bilan edi. Men ochiqchasiga “natsist” deb ataganligim sababli, sizlar mening g‘oyalarimni muammo sifatida ko‘ra boshladingiz.

Bu qahramon aslida radikallikning ta’rifini beradi: g‘oya nomi aytilmaguncha, ma’nosi bilan hech qanday muammo yo‘q! Faqat “natsist” degan nomga qarshi, mazmunsiz, ongdan yiroq radikal pozitsiya. Xuddi shu tanqid Dr. Strangelove filmida ham beriladi: film oxirida eski natsist askarning post-apokaliptik davr uchun bergan takliflari butunlay natsizmning ariylar irqiga oid nazariyasi edi, lekin “natsizm”, “ariy”, “Gitler” kabi so‘zlar ishlatilmaganligi uchun sovet vakili ham bosh irg‘ab ma’qullaydi, hatto g‘oyani yoqtiradi.

Bu misollar teskari yo‘ldan berilgan bo‘lsa-da, mantig‘i bir xil. Bugun odamlar g‘oyaning o‘zi, mazmuni yoki mohiyatidan ko‘ra, u qanday atalgani — nomi va tushunchasi bilan ko‘proq band. Radikallik shudir. Masalan, agar Marks qabridan chiqib, chehrasini o‘zgartirmay, to‘g‘ri Stalinni yoniga yo‘l olsa, GULAGlarga yuborilishi yoki yo'q qilinishi hech gap emas edi. Payg‘ambar Muhammad s.a.v ham bugun tirilib kelsa (chehrasini o‘zgartirishiga ham hojat yo‘q), Islom olamida uni buzuq, murtad, munofiq, kofir deb e’lon qiladigan, hatto o‘ldirishga urinadigan millionlab “olimlar” bor.

Radikal shaxs — yetakchisini ham, uning g‘oyalarini ham, munosabatini ham ortda qoldirgan, o‘zidan yiroqlashtirgan, endi uni ko‘rsa ham tanimaydigan, o‘z yo‘lini topgan insondir. Layli va Majnun hikoyasida, o‘zining sevgan Laylisini tanimay qolgan Majnun aslida radikal shaxs obrazidir. Radikalizm — bu Laylini tanimagan, unga ahamiyat bermagan, lekin har joyda uni izlab yurgan majnunlik holatidir.

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
Islomda alohida martabaga ega shaxslar yo'q. Allohning oldida shayxlar ham boshqa musulmonlar ham bir xil maqomda.

Haqiqiy dinni tushunadigan odamlar, Allohning elchisini o'rnak olishadi va Allohdan boshqa hech kimga qullik va sajda qilishmaydi.

Shunchaki ba'zi miyasi yuvilgan va keyin noto'g'ri narsa bilan to'ldirilgan insonlarga achinaman.

Allohning oldida hamma bir xil martabada bo'lsa, nega o'zi tengi xatoli bir bandaga huddi sig'inadigan muomila qiladi? Hamma gapini to'g'ri deb hisoblaydi?

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
Davlat ishonch tufayli buyuk bo'ladi, oyoqda turadi.

Xalqning iqtisodga ishonchi kamaysa, pul birligining qiymati tushadi, ishlatilishi kamayadi. (Misol Argentinadagi bir odamdan nimadir olsangiz va unga 10 dollar beraymi yoki 10 dollarga teng argentina puli beraymi desangiz - dollarni tanlaydi.)

Xalqning adolatga ishonchi kamaysa, insonlar yanada juddatkor bo'lib qoladi va o'z adolatini o'rnatishga harakat qiladi.

Xalqning davlat tizimiga (davlatning ishlashi, soliqlarini o'ziga xizmat bo'lib qaytishiga) ishonchi kamaysa, odamlar soliqdan qochishni va to'lamaslik yo'llarini qidira boshlashadi.

Jamiyatning o'ziga bo'lgan ishonchi ham muhim. Bir bir jamiyatmiz degan tushunchasi qolmasa, jamiyatning ko'pchiligi vatan xoini sifatida hisoblana boshlansa, u jamiyat uchun bir shaxs qanday qilib fidokorlik qilgisi keladi axir? Davlat shu ishonch sabab oyoqda turadi. Ishonch nol bo'lsa o'rtada davlat degan narsa qolmaydi.

Jamiyatning o'ziga, davlatiga, tizimiga, iqtisodiyotiga ishonchi to'liq bo'lganida to'g'ridan-to'g'ri skandinaviya davlatiga aylanasiz. Jamiyat uchun qandaydir masulyatingizni bajarmasangiz, soliqni kechroq to'laganingiz sabab hafa bo'lishni boshlaysiz. Chunki davlatning, millatning yaxshiligini o'z yaxshiliging sifatida ko'rishni boshlaysan.

Shunda rivojlangan, ishonchli skandinaviya davlatlariga o'xshashni boshlaydi davlat.

@niyatgabogliq
Uni sevganimchalik boshqa hech kimni sevolmayman hissiyoti.

Bu hissiyotni boshdan kechirayotganlarga hurmatim bor.
Ammo sevgi yoki "muhabbat" deb ataluvchi bu kuchli his-tuyg'ular aslida ko'pincha xotira+biokimyo+yolg'izlik qo'rquvining aralashmasi ekanini tushunganimizda, bu gap shunchaki biroz fojiali-kulguli tus oladi.

Chunki siz sog‘ingan narsa aynan u odam emas.
Sizni o‘sha paytda faollashtirgan va avvalgi holatda juda yoqqan, muzdek bo‘lsa-da, lazzatli neyrotransmitterlar kokteyli.

Masalan, dopamin ajralgan — chunki siz o‘sha odam bilan bo‘lganingizda mukofotlangandek his qilgansiz.
Agar jinsiy hayotingiz yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, ko‘p miqdorda oksitosin ajralgan — ya'ni jismoniy yaqinlik bo‘lgan, quchoqlashgan, ishonch paydo bo‘lgan.
Serotonin ham ajralgan — chunki uning yonida “men yaxshi odamman” degan ishonchingiz oshgan.
Ammo shu bilan birga, ba'zi paytlarda kortizol ham ishtirok etgan —
Chunki uni yo‘qotish qo‘rquvi ayrim kechalar sizni uyqusiz qoldirgan.

Ya’ni, o‘sha odam sizda faqat sevgi yoki muhabbat emas, balki emotsional “ko‘tarilish va qulash”ga bog‘liqlikni ham qo‘zg‘atgan.

Keyin qandaydir sabablarga ko‘ra yo‘llaringiz ajralgan. Siz xafa bo‘lgansiz.
“Endi hech qachon bunchalik sevila olmayman yoki sevishga qodir bo‘lmayman” deb o‘ylagansiz.
Yo‘q.
Aslida bo‘lgan narsa — endi hech qachon shunchalik qo‘zg‘alolmasligingiz haqidagi haqiqat edi.

Farqi shu.
Bunga shunchaki sevgi yoki muhabbat deyolmaymiz.
Bu miyadagi bir faoliyat.

Keyin o‘sha his-tuyg‘ular qaytib kelmagan yoki kela olmayapti, chunki miyangiz endi uni “xavf” sifatida kodlagan.
Yana shunchalik sevish — yana o‘sha xatoni takrorlash xavfi deganidir.
Prefrontal korteks bunga ruxsat bermagan, bermayapti ham.
Ya’ni, sizni himoya qilgan, qilmoqda.
Ammo siz baribir hanuz sog‘inasiz yoki sog‘ingansiz — chunki “bog‘liqlik” inson boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir tajribalardan biridir. U sizni orqaga chorlaydi.

Kognitiv terapiyalarda bunga “emotsional mulohaza xatoligi” deyiladi.
Ya’ni, biror narsani his qilganingiz uchun uni haqiqat deb o‘ylaysiz.
“Men uni juda sevaman, hatto ismini eshitsam yuragim siqiladi.”
Yo‘q.
Siqilayotgan yuragingiz emas — signal yuborayotgan miyangiz.

Mayli, miya kimyosini bir chetga qo‘yaylik — bu yerda yana emotsional jarohatlar bor:

“Endi hech kimni bunchalik sevolmayman” degan tuyg‘u — aksariyat hollarda, o‘sha munosabat davomida o‘zingizdan eng ko‘p voz kechgan oningizning miyangizda kodlanishidir.
Sizni o‘sha munosabatda juda sevuvchi qilgan narsa, o‘sha odamning kimligi emas — sizning o‘sha paytdagi o‘zingiz bo‘lgan.
Endi o‘sha versiyangizga qaytolmayapsiz, chunki endi o'sha siz yo‘qsiz.
Va shuning uchun siz muhabbat emas, shaxsiyatingizni motamini tutyapsiz.

Shuning uchun ko‘pchilik odam aslida o‘sha kishini emas,
o‘sha emotsional qulashni qayta boshdan kechirishni istaydi.
Chunki u yerda hanuz “juda sevuvchi siz” bor edi.
Va ba’zida inson sevishni emas, sevishga qodir holatini sog‘inadi.

Xulosa qilib aytganda:
Yana xuddi shunday sevmoq — yana xuddi shunday yonmoq degani.
Va tirik qolishni istagan miya, o‘sha olovga ikkinchi marta kirishni xohlamaydi.
Ammo baribir…
Ba'zida kimlardir o‘zini o‘sha olovga yana tashlashi kerak bo‘ladi…

@niyatgabogliq
Chorvoq haqida nimadir yozing deyishdi.

Yoq, yozmayman. Chorvoq manga qiziq emas. Hukumatni ishiga aralashmayman.

Rasmdagini 2023-yilda yozgandim. Aytgandim. Endi bu sizni muammoyingiz.

@niyatgabogliq
Komment yozishing uchun yozilgan post.

Hozir eng yaqingizda turgan kitobning 59-sahifa birinchi 6 ta jumlasini yozib qoldiring. Qani ko'ramiz kimda nima ekan.

Man boshlab beray:
"Tuzlangan bodring va pishloq tanovul qilardik"
Uzun oyoqli amaki.

@niyatgabogliq
O'zim 7 yildan beri tarjima qilishni xohlaydigan kitobimni tarjimasini hozir tugatdim.

9 seriyalik kitobning eng birinchi qismi. Yana 8 qism bor. Lekin hozirdan his qilyapman: Juda ko'p tushunmovchiliklar, tanqidlar, tahlillar, mani dushmanga chiqarish, tabriklar, rahmatlar, bir emas bir nechta guruhlarga bo'lib yuboradigan tortishuvlar... Lekin hammasini bilgan holda hammasiga hozirdan tayyorlanyapman.

Endi tahrirchi ko'rishdan oldin tarixchi ko'rib chiqadi, keyin tahrirchi. Manimcha ulgursam bu yil chiqadi, agar ulgurmasam keyingi yilning boshida sotuvda bo'ladi.

Bu asarlar mani tarjimalarim ichidagi eng yaxshisi bo'ladi.

Kuting.

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
Alisher Qodirov
Man hech qachon O'zbekiston Futbol terma jamoasi formasini kiymaganman. Kiyish niyatim ham yo'q.
Argentina, Ispaniya formalari kiyaman. Adidas sifatli. Argentina formasi bor manda juda sifatli. O'zimga yoqadi.

@niyatgabogliq
Twitterda Otabek Hamidov degan bola bor. Bir ro'yxat tuzgan. Qanday ro'yxat? Qiz bolalar qanday erkakni xohlaydi degan ro'yxat.

Twitterda qizlar qanday erkaklar xohlashini yozganda, uni ro'yxatga kiritib qo'yadi kriteriyasini. Sotsial ekpriment desa ham bo'ladi. 100% bo'lmasada 80% to'g'ri bo'lsa kerak.

Bu ro'yxat qizlar xohish istaklari, qanday erkaklarni xohlashi haqida ro'yxat.

P.S: Qizlar, o'g'il bolalar bo'lsa shu ro'yxatdagidek bo'lmasangiz yozmang deb ro'yxatni tashaysiz.

https://www.notion.so/Eng-oson-til-2518db9836788003854dd3edf156c696

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
O'zbek adabiyoti tarixidagi eng yaxshi asar qaysi? Ovoz bering.

Agar sizni boshqa variantingiz bo'lsa kommentga yozing.
Anonymous Poll
8%
Lolazor
26%
Ikki eshik orasi
17%
O'tgan kunlar
13%
Dunyoning ishlari
6%
Kecha va kunduz
12%
Ufq
4%
Mehrobdan chayon
15%
Otamdan qolgan dalalar
Forwarded from Niyatga bog'liq
Akrom Malik "O'tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" asarlari haqida nimadirlar deb fikr bildiribdi.

Ozgina o'qib ko'rdimda, qiziq emas manga degan xulosaga keldim va o'qimadim. O'zimni fikrim esa bu asarlar haqida shunday:

"O'tgan kunlar" - juda ham oddiy, o'rtacha darajadagi asar. Hech qanday ulug'laydigan va maqtaydigan tomoni yo'q.
Birinchi muhabbatingiz, yaxshi ko'rib qolganingizni eslang. Yaxshi ko'rganingiz juda yomon, yoki hamma qatori inson bo'lsa ham sizga juda muhim va hammadan ustundek ko'ringan to'g'rimi? Hozir birinchi muhabbatingizni eslasangiz, "Ahmoq bo'lgan ekanman, ko'zim ko'r bo'lgan ekan" deysiz. "O'tgan kunlar" ham shunday - O'zbek adabiyotining birinchi romani bo'lgani sabab u yaxshi bo'lmasa ham, o'rtacha bo'lsa ham eng ulug' asardek ko'radi ba'zilar. Ba'zilarga esa ulug' asar ekanligi singdirilgan. Birinchisi bo'lganidan keyin juda ko'p xatolari ko'zga ko'rinmaydi yoki ko'rmaganga olinadi.

"Mehrobdan chayon" - umuman o'qimaganman. Hech qanaqa fikrim yo'q. Lekin bir narsani bilamanki, O'rtacha asar hisoblangan "O'tgan kunlar" dan yaxshiroq degan gap aytilmaydi hech va demak o'rtachadan past ekan deb hisoblab, vaqtimni ketqazib o'tirmaganman.

Undan ko'ra "Otamdan qolgan dalalar", "Lolazor" asarlarini o'qing.

@niyatgabogliq
Kimni tanish nashriyoti bor? yoki shaxsiy nashriyoti.

Nashriyot muammosi bor manda, juda kechiktiryapti nashrlarni. mani esa ular bilan ishlagim kemayapti
Forwarded from Niyatga bog'liq
Bu johil insonni gapiga e'tibor bermaslik kerak. O'zi ham gapi ham bir tiyinga qimmat.

Oila qurish - ovqat qilish, jinsiy aloqa, uy ishlari, erini aytganini qilish degani emas. Bularga qolsa qancha yosh bo'lsa shuncha yaxshi, gapi o'tadi va aytganini qildira oladida. Biroz fikrlashni yetadigan va aqli bor yoshga yetsa, o'zidan aqlli bo'lib ketishidan qo'rqadi.

Qizlar o'qishi kerak, fikrlashi bo'lishi kerak, bilimli bo'lishi kerak. Kamida institutni o'qigan bo'lishi kerak. Ertaga farzandlariga otasi emas onasi tarbiya va bilim beradi. Ayol bilimli bo'lsa kelajakda esa bilimli avlodlar paydo bo'ladi. Bilimli bo'lmasa aqlsiz "erkaklar" ni tarbiya qiladi va aqlsiz fikrlarini boshqalarga tiqishtirishni boshlaydi...

Qizlar o'qishi kerak, o'zi xohlagan yoshida (kerak bo'lsa 30 yoshda bo'lmaydimi), o'z xohishi bilan turmush qurishi kerak.

Imkonim bo'lsa qizlar turmush qurish yoshini qonunda 20+ qildirardim. 18 yoshda turmush qurish qiz bola uchun erta.

@niyatgabogliq
Forwarded from Niyatga bog'liq
Ajrashish - ba'zida eng to'g'ri fikr...

@niyatgabogliq
2025/08/27 23:39:52
Back to Top
HTML Embed Code: