Qashqadaryo futbol akademiyasi foydalanishga topshirildi
Davlatimiz rahbarining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli qaroriga ko'ra Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, O'FA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, keng jamoatchilik va futbol muxlislari ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olgan viloyat hokimi Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi ochilishini yurtimizda futbolning kelajagiga qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri ekanligini aytib, bu yerda ta'lim-tarbiya olgan yoshlar jahon futbol maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, viloyatimizning bir qator futbol fidoyilari O'FA tomonidan "O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun" ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shundan so'ng akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Ma'lumot uchun, akademiya hududida zamonaviy o‘quv va mashg‘ulot binolari, fitnes va tiklanish markazlari, tibbiy xizmat xonalari, yotoqxona, oshxona hamda sun’iy qoplamali va tabiiy futbol maydonlari barpo etilgan bo'lib, bu infratuzilma yoshlarimizga xalqaro standartlarga mos sharoitlarda shug‘ullanish imkonini yaratadi.
Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi!
So‘nggi 3 yil davomida uzbekcoders.uz platformasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar dasturlashni bepul o‘rgandi.
Endi bu muvaffaqiyatli loyihaning mantiqiy davomi sifatida yangi bosqich boshlandi. Bu esa “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasidir.
Davlatimiz rahbari IT Park majmuasiga tashrifi chog‘ida sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish strategiyasini belgilab berdi.
Shuningdek, sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi etib — yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun bilim va ko‘nikmalarini doimiy yaxshilab borish zarur ekanligini taʼkidladilar.
Endi sun’iy intellekt sohasida bepul o‘qish imkoniyati aileaders.uz platformasi orqali taqdim etiladi.
🎯 Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Kelajak texnologiyalarini bugundan o‘rganing va AI sohasida o‘z o‘rningizni yarating!!