Telegram Group Search
🚗 Toshkent politexnika muzeyiga sayohat! 🏛️

🇺🇿 Joriy yilning 23-oktabr kuni Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tyutori Jamshid Jovliyev rahbarligida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining 3-kurs RST-70 guruh talabalari Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔍 Muzey ekspozitsiyasi asosan O‘zbekiston va jahon avtomobil texnologiyalari hamda ishlab chiqarish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalar bu yerda namoyish etilgan klassik avtomobillar va texnik yutuqlarni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Bunday tashriflar talabalar dunyoqarashini kengaytirib, texnologiyalarning rivojlanish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
🔥Bugun Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Rizayeva tomonidan AT-32/25 guruhi talabalari bilan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan seminar mashg‘uloti Toshkent Politexnika muzeyida o‘tkazildi.

💥 Toshkent Politexnika muzeyi — Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, texnika, transport va avtomobilsozlik tarixiga bag‘ishlangan muhim maskan hisoblanadi.

🔍 Talabalar eksponatlar orqali:
🚗 Jahon avtomobilsozligi tarixi – retro avtomobillar va transport texnikasining rivojlanish bosqichlari bilan tanishdilar.
🇺🇿 O‘zbekistonda avtomobilsozlik tarixi – mamlakatimizdagi avtomobilsozlik sanoati, zavodlar va ishlab chiqarilgan mashinalar haqida ma’lumot oldilar.
🔬 Muzeyning 2-qavatida esa talabalar interaktiv amaliyotlarda ishtirok etib, fan-texnika, fizika, matematika va astronomiyaga oid mashg‘ulotlarni amaliy tarzda sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
3🔥2
Forwarded from TDIU Yoshlar ittifoqi
🟦🟦🟦

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar kengashi tarkibi bilan tanishing!

◾️Abduraxmanov Abdulaziz Xo‘jamurot o‘g‘li — Rektorning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi

◾️ Sharifboyev Bunyod Azamat o‘g‘li — Talabalar media jamoasi rahbari

◾️ Turdiqulov Quvonchbek Yusufjon o‘g‘li — Intellektual loyihalar koordinatori

◾️ Meylixolov Maxmudbek O‘lmasbekovich — Besh tashabbus loyihalari koordinatori

◾️ Sohibov Azizbek Dilshod o‘g‘li — Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori

◾️ Fayzullayev Mirsaid Miravzal o‘g‘li — Tadbirkorlik va innovatsion loyihalari koordinatori

◾️ Mardonova Rayxona Jamshid qizi — “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori

◾️ Nasimova Yulduzxon Baxriddin qizi — Talaba qizlar koordinatori

▶️ Mazkur kengash yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasasida samarali yoshlar siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDIU Yoshlar ittifoqi
🟦🟦🟦

📄Abduraxmanov Abdulaziz Xo‘jamurot o‘g‘li TDIUning Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda Yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi lavozimiga saylandi.

☑️Abdulaziz Abduraxmanovni ushbu mas’uliyatli lavozim bilan tabriklaymiz hamda unga yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va samarali faoliyat yuritishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqi

Rasmiy sahifalarimiz
💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 2025 yil 15 oktyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti 1-kurs AT-81 guruh talabalariga O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Sabo Burxanova va Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti tyutorlari Barkamol Abdusmatov va Jamshid Jovliyevlar rahbarligida Islom Karimov ilmiy-ma'rifiy majmuasiga sayyor dars tashkil qilindi.

📖 Talabalar mustaqil O'zbekiston asoschisi Islom Karimov hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqida  to'liq ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
👍1
🌍 Global va milliy iqtisodiyot trendlari: “Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” 💡

🏷️Joriy yilning 24-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: Oʻzbekiston–2030 strategiyasi” mavzusida mazmunli forum boʻlib oʻtdi.

🔹 Tadbirda fakultetning oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari X.Ibroximov,
🔹 Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tyutorlari — Sh.Zufarova va R.Xatamov,
🔹 shuningdek, 2-kurs RST-51, 52, 53, 54 hamda AT-54, 55, 56, 57-guruh talabalari ishtirok etishdi.

💬 Forum davomida talabalarga “Oʻzbekiston–2030 strategiyasi”ning maqsad va ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, raqamli iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalarning milliy taraqqiyotdagi o‘rni haqida keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir yoshlar uchun nafaqat bilim, balki yangicha fikrlash va global tendensiyalarni chuqur anglash imkonini ham yaratdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
2
2025/10/25 01:42:58
Back to Top
HTML Embed Code: