Telegram Group & Telegram Channel
Kuryerlik joʻnatmalari orqali 1 kg.ga yaqin "gashish" giyohvandlik vositasi yuborilgani fosh qilindi!

Dunyo boʻylab elektron tijoratning ommalashayotgani xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining salmogʻini ham oshirmoqda. Joriy yilning oʻzida respublikamiz bojxonachilari salkam 13 ming tonna joʻnatmalarni bojxona nazoratidan oʻtkazishgan.

Afsuski, joʻnatmalar orqali yuborilayotgan buyumlar va mahsulotlar orasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni joʻnatishga urinishlar ham koʻzga tashlanmoqda.

Eʼtiboringizni Bojxona qoʻmitasining Kontranbandaga qarshi kurashish boshqarmasi, “Toshkent-AERO” IBK tezkor tuzilmalari va “Elektron tijorat” bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan koʻp bosqichli tezkor tadbir tafsilotlariga qaratamiz.

Joriy yilning 30-oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida 31 yoshli fuqaro oʻzining nomiga xorijdan yuborilgan kuryerlik joʻnatmasini qabul qilib olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi. Bu esa bejiz emas edi. Hujjatlarga koʻra, goʻyoki shirinliklar yuborilgani maʼlum qilingan ushbu joʻnatmada aslida 414 gr. ogʻirlikdagi gashish giyohvandlik vositasi yashirilgan edi.

Tezkor tadbir davomida ushbu giyohvandilk vositalarini qabul qilib olishni rejalashtirgan 33 yoshli yana bir fuqaro ham protsessual tartibda ushlandi. Ushbu shaxs istiqomat qilayotgan xonadon va unga tegishli “Spark” avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, bu yerda 47 dona oʻramda 45 gramm “mefedron” giyohvandlik vositasi qonunga xilof tarzda saqlanayotgani maʼlum boʻldi.

Tezkor tadbir davomida Sergeli tumanida ushbu shaxs turli manzillarga muqaddam yashirib chiqqan 10 dona oʻramda jami ogʻirligi 10 gr. “mefedron” yashirilgan joylaridan ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

2025-yilning 11-noyabr kuni tezkor tadbirning keyingi bosqichi amalga oshirildi. Bu gal ham Tailanddan goʻyoki shirinliklar yuborilgan kuryerlik joʻnatmasining ichidan 490.5 gr. ogʻirlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi chiqdi.

Mazkur joʻnatmani olib ketishga kelgan 32 yoshli shaxs pochta boʻlimining oʻzida qoʻlga olindi. Tezkor tadbirda mazkur narkotik moddalarni ushbu shaxsdan Sergeli tumanida qabul qilib olayotgan 26 yoshli yana bir fuqaro ham qoʻlga olindi.

Yuqoridagi holatlarni birlashtirib turuvchi umumiylik shundaki - har ikkala holatda ham “gashish” giyohvandlik vositasini internetdagi narkodoʻkonlardan birining kuratori va hozirda Tailandda istiqomat qilayotgan 32 yoshli fuqaro tomonidan joʻnatilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Raqamlarga eʼtibor qaratilsa, “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari 2023-2025-yillar davomida aniqlangan 73 ta holatda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali 14 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari, 150 kg.dan ziyod psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni olib oʻtishga urinishlarga chek qoʻyishdi.

group-telegram.com/sambojxonauz/12206
Create:
Last Update:

BY Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/sambojxonauz/12206

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

"He has to start being more proactive and to find a real solution to this situation, not stay in standby without interfering. It's a very irresponsible position from the owner of Telegram," she said. These administrators had built substantial positions in these scrips prior to the circulation of recommendations and offloaded their positions subsequent to rise in price of these scrips, making significant profits at the expense of unsuspecting investors, Sebi noted. Perpetrators of these scams will create a public group on Telegram to promote these investment packages that are usually accompanied by fake testimonies and sometimes advertised as being Shariah-compliant. Interested investors will be asked to directly message the representatives to begin investing in the various investment packages offered. Although some channels have been removed, the curation process is considered opaque and insufficient by analysts. In the United States, Telegram's lower public profile has helped it mostly avoid high level scrutiny from Congress, but it has not gone unnoticed.
from us

Telegram Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
FROM American