Telegram Group Search
Bolaligimdan issiqqa chidamsizman. Hovlida yashaganlar biladi, yozda quyosh botishi bilan supaga suv sepilib avval yer sovutiladi, indan keyin gilam to'shaladi, indan keyin pashshaxona tutiladi. Bolaligimda dadam bilan mart-aprel oylaridanoq tashqarida yotardim. Oktabrgacha davom etardi bu. Jazirama yoz kechalarida esa pashshaxonani suvga botirib, siqib keyin tutardik. Tabiiy konditsioner bo'lardi. Hozir ham issiqqa chidamsizman. Yonimdagi u bu kim sovuqqotayotgan havoda men isib ketayotgan bo'lishim ham mumkin. İssiqda miyam g'ijimlanayotgandek his qilaman, asabiy yuraman.

Bolalikda qishda dadam pechkasi yo'q xonada yotardi. Men ham o'sha yerda yotgim kelardi, onam esa shamollaysan deb ruxsat bermas edi. İssiq havoda bo'g'ilayotgandek zo'rg'a uxlardim.

Bu yoz Turkiya uchun sezilarli issiq keldi. Men yashayotgan joyning 70 foizi o'rmonlik hudud. Yillardir yozda bu yerda bunaqangi o'rmon yong'ini bo'lmagan. Bu yil esa ming gektarlab o'rmon yondi. Hozir ham yonyapti.

Rasmda esa konditsioneri yo'q kambag'al oilaga tushib qolganidan afsusda yashaydigan Leo. Deraza ochilishi bilan poposini sovutish uchun deraza tagiga yotib oladi. Mol egasiga o'xshamasa harom o'ladi, deganlari rost.

Siz issiqda qanday jon saqlayapsiz?
Uzun yol otobüs ikramiyelerinde soğuk içecekler varken "Çay lütfen!" diyorsan muhtemelen 30'unu aşmışsındır. Anlarsın beni.

Bir de kavurucu yaz sıcağında
Yaşlanıyoruz dostum.
"Milliy Sertifikat"ning turk tilidan imtihon sanalari aniq bo'ldi.

2025-yil yakuniga qadar 4 marta imtihon olinadi.

1-imtihon: 13 va 14-sentabr kunlari

2-imtihon: 18 va 19-oktabr kunlari

3-imtihon: 15 va 16-noyabr kunlari

4-imtihon: 13 va 14-dekabr kunlari.

Bu imtihonlarga kira olishingiz uchun har imtihon sanasiga 15 kun qolgungacha ro'yxatdan o'tib bo'lgan bo'lishingiz kerak.

İmtihon to'lovi esa 1-yarim yillikka nisbatan 50 ming so'm ko'tarilib 556 ming so'm  etib belgilandi.

my.gov.uz manzilidan ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

----------------------------
TYS imtihoniga esa ro'yxatga olish davom etyapti. Bu imtihonga kirish istagida bo'lganlar 22-avgustgacha sinav.yee.org.tr manzili orqali ro'yxatdan o'tishi kerak. İmtihon 21-sentabrda bo'lib o'tadi. TYSning keyingi imtihoni shu bilan 2026-yil yanvar oyida bo'lib o'tadi

İkki imtihonning ham natijalari 1 oy muddatda chiqadi.

@sherzoddavlatov
Uyga Turkiyani aylangani va qizini ko'rgani qaynona onamiz kelgan. Sarvinozni kanalida tinchlik bo'lib qolgani sababi shu. Shogird gidlik bilan ovvora.

Qaynona onamiz bir qishloqdoshi uyiga kelgan ko'cha mushigini ostonada eshik bilan qisib o'ldirib "zabur"ga otishini aytib qoldi. Shunchaki nima deyishni bilolmadim.

Bolaligimdan bilamanki, onamni mushugi bo'lgan. Hozir ham "Ukol qilib" o'limdan olib qolgan mushugi bor. Balki shundandir, mushukka boshqacha mehrim bor. Mushukni yoqtirmagan, uyida mushuk boqishni xohlamaydigan, yoki jirkanadiganlarni, yumshoqroq qilib aytganda ruhiyatini tushunmayman. Allergiyasi borlarga e'tirozim yo''q. Qisqasi, mushuklarni asrang! Yaxshi hayvon. Hech bo'lmasa ko'chada ko'rsangiz yoki uyingizga kelsa tepmang yoki urmang!

Agar mehringiz jo'shib ketsa, hech bo'lmasa ko'chada bir idishga suv qo'ying, shunisiga ham rahmat! Mushuklar bilan hamnafaslarni esa izohlarda mushugini rasmi, ismi va qiziq odatini yozib qoldirishini iltimos qilardim! Erinmang!

Yuqoridagi rasmda esa, Turkiy Davlatlarda mushuklarning qanday nomlanishi berilgan.

@sherzoddavlatov
Hozir Turkiyada xususiy universitetlar yaxshigina soqqa qilyapti. Qanday, deysizmi? Tushuntiray.

Tahminan 2023-yilgacha xorijdan keluvchilar Turkiyada xususiy universitetda o'qishni o'ylab ham ko'rmas edi. Yaqin bir-ikki yillikda esa Turkiya hukumatining migrantarga siyosati tubdan o'zgardi. Tartibsiz migratsiya cho'qqiga chiqdi. Natijada Turkiya Migratsiya boshqarmasi va İchki İshlar Vazirligi Turkiyaga ishlash uchun kelgan xorijliklarning(xususan, Osiyo va O'rta Sharq mamlakaridan kelganlarning) Turkiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi uchun qilgan arizalarini rad qila boshladi.

Natijada odamlar Turkiyada qonuniy yurish uchun usullar qidirar ekan talaba vizasini olish eng oson yo'l bo'lib ko'rina boshladi. İmtihonsiz, bosh og'riqlarsiz talaba bo'lib olib ishlab yurish uchun xususiy universitetlarga yo'nala boshlashdi. Nega davlat universitetlariga emas, xususiyga, desangiz — davlat universitetlari qabulda yo imtihon oladi yoki tayyorlanishi qiyinroq bo'lgan hujjatlar so'rashadi(atayin emas, kitobiga ko'ra shunday). Yagana o'y-hayoli ishlab pul topish bo'lgan Eshmat bunaqa xujjatli ishlarga tushunmaydi, yoki bosh og'ritib o'tirgisi kelmaydi. Xususiy universitetlar esa, ayniqsa darajasi past bo'lgan, yoki borligi ham bilinmaydigan xususiy universitetlar esa bunaqa hujjatbozliklarga qarab o'tirmaydi. Binosini yonidan o'tib ketayotib yo'l so'rasangiz yarim soatda "Bizni talabamiz bo'ldingiz. Mana shartnoma" deb sizga yo'l ko'rsatib yuboradigan bunaqa universitetlar uchun talaba pul manbayidir. Barmoq bilan sanaguliklaridan tashqari.

Hozirgi vaqtda internetda faqat o'zbek segmentda emas, turkman, qozoq, qirg'iz, O'rta Sharq mamlagatlari segmentlarida firmalar reklamani bosishyapti, o'qishga kirgizib qo'yishdan tashqari ish ham topib beramiz, deyishyapti(balki buni ham eplayotgandir).

Bu yo'lni biror yomon tomoni bormi? Ha!

Hozir aksar xususiy universitetlar o'quvchini qabul qilishdan oldin "depozit" olishyapti. Yaqinda bir qizimiz yozib qoldi. Bir firma orqali hujjatini topshiribdi. Magistraturaga. Firma haqiqatda o'qishga kirgizgan va xususiy universitet bir xat bergan. Qabul xati(Kabul Mektubu) emas u. Firma qizimizga "Mana qabul qilindingiz. Faqat bir hafta ichida 3900 dollar universitetga to'lashingiz kerak. Bu ikki yillik kontrakt to'lovingiz. Boshqa kontrakt to'lamaysiz." degan. O'sha xatni ko'rdim. Xatda o'sha summa kontrakt summasi deb yozilmagan, "depozit" deb yozilgan. Ya'ni, garov puli. Bu pul to'langandan keyin qabul xati chiqarib berilishi aytilgan.

O'sha universitetni rasmiy saytiga kirib yillik kontrakt narxiga qaradim.. Bir yillik to'lov o'sha 3900 dollar atrofida. Bu holat juda shubhali. Birinchidan, firma "Bu summa ikki yillik kontraktingiz. Boshqa pul to'lamaysiz" deb turganida universitet tomonidan chiqarib berilayotgan xatda "depozit" deb yozilayotgani.  İkkinchidan, u summa haqiqatda kontrakt summasi bo'lsa, deb qabul qilsak, universitet rasmiy saytidagi summa farqli chiqayotgani shubhali. Yana kamiga o'sha summadan universitet firmaga pul chiqarib ham berishi kerak.

Yana bir tomoni bor. Yuqoridagilarni hammasi to'g'ri va muammo yo'q, deb qabul qildik ham deylik. Aynan, faqat viza olish uchun universitetga kirgan, lekin ishlab yurgan Eshmat universitetga davomiy borishiga ishonasizmi? Shaxsan ishonmayman. Bir-ikki haftada bir ham borolmaydi ma'lum muddatdan keyin. Bu holatda nima bo'ladi? Eshmat Turkiyada uch oy haftada 7 kun 10 soatlab ishlagan uch oylik maoshini to'plab universitet va firmaga to'laydi. Yelkasidan tog' ag'darilib halol mehnat qilib ishlab yuradi. İD(kimlik) kartasini oladi. Oradan bir necha oy o'tganidan keyin ishdan qaytayotganida politsiya to'xtatadi. Eshmat qo'rqmasdan cho'ntagidan İD kartasini chiqarib ko'rsatadi. Politsiya tekshiradi. Tizimda "İD karta bekor qilingan" degan yozuv chiqadi. Eshmatga qarab "Kimliğin iptal olmuş kardeşim. 10 gün içerisinde Türkiye'den çıkman lazım. Çıkmadan ikinci kere kontrole yakalanacaksan gönderme kampına götürürüz" deydi.
Chunki, Eshmat o'qishga bormay yurgani uchun universitet o'qishini bekor qiladi. Ba'zan bundan Eshmatlarni xabari ham bo'lmaydi. Universitet ham risk olishni xohlamaydi. Ko'chada biror pichoqbozlik bo'lib Eshmat yoki unga o'xshaganlar bu ishga aralshgan bo'lsa, "Politsiya universitetga borib "Falonchi xorijlik sizni talabangiz ekan. Darsga kelyaptimi o'zi? Kelmayotgan bo'lsa nega u o'quvchini ushlab o'tiribsilar universitet ro'yxatida, pichoqbozlik qilishi uchunni? deydi. Tahminiy ssenariy shunaqa . Keyin Eshmat universitetdan pulini ham ololmaydi. Hali kontrakt uchun to'lagan pulini ishlab topib ulgurmasidan Turkiyadan deport bo'lib ketadi.

Bu holatda firmalarga e'tirozim yo'q. Universitet har bitta o'quvchidan sizga haq chiqarib berishini ham bilaman. Halolingiz bo'lsin. Bu ishni noni qanchalik qattiqligini yaxshi bilaman. 6 yildir shu ishni ichidaman. Faqat bitta iltimosim bor sizlardan. Kanalda ko'pgina firmalardan kuzatuvchilar bor. Bilaman. Sizdan iltimosim, iltimos, demay tavsiya deyaqolaylik — o'quvchini o'qishga kirgandan keyingi harajatlarini universitetdan aniq qilib so'rab oling, o'quvchiga to'liq va to'g'ri tushuncha bering. Aytmasangiz ham tushuntiramiz, desangiz sizga bir bo'lgan bir.voqeani aytay. Yana bir o'quvchi yozyapti. Huddi shu sistemada o'qishga kirgan. Yo'nalishining ta'lim tili 100 foiz ingliz tilida. Sertifikatiz bormi, bo'lmasa "padkursda" o'qiysiz, dedim. Firma "Bakalavr yo'nalishingizni ingliz tilida tugatibsiz, GPAngiz ham yuqori ekan. Sertifikat so'rashmasa kerak" deb aytgandi, deb qoldi. So'ramaydi emas, so'rashmasa kerak, debdi. Bu degani uni o'zi ham bilmaydi. Vey! Xususiy universitetda "padkurs" o'qish qanchaligini bilasizmi? Yana ingliz tili. İshtonizgacha yechib oladi.

Shunaqa holatda 3900 dollarni ertaga borib bankdan to'lov qilaman deb turgan qizimizni qaytardim. Boyni bolasi bo'lsa "Boyga balo urarmidi?" deb bosh qotirmasdim. Lekin o'sha pulni kredit chiqarib olgan. 28 foizlik!

Gaplarim shu. Qisqa yozaman degandim. Har doimgidek yana uzayib ketdi.

Yuqoridagi gapimga e'tirozi bo'lgan yoki biror fikri bo'lgan firmalar bo'lsa izohga yo menga yozing! @sherdav_aloqa

Yuqoridagi holatni boshidan o'tkazgan yoki shuni ichida bo'lgan o'quvchilar, sizlar ham izohda yozing. Fikrlashaylik.

@sherzoddavlatov
Telegram Premiumda bo'lsam ham yuqoridagi mavzu bitta postga sig'madi. Erinchoqlik qilmay o'qing! Uzun bo'lib ketdi. Nima qilay, aytiladigan gap ko'p.

İstanbuldan qaytayapman. 6 soatlik yo'l bor edi. Shu mavzuni yozib qo'yay dedim.
Bir shisha suv mahalladagi do'konda 1 so'm, restoranda 10 so'm, aeroportda 100 so'mligini bilsak kerak.

Ehtiyoj va qulaylik doim o'ta zarur vaqtlarda qimmatga tushadi bizga.

Boya bir o'quvchimizni Turkiyadagi universitetga qayd qildirdim. Turk tilini bilmagani va qo'lida ham sertifikati bo'lmagani uchun majburan universitet qoshidagi turk tili kursiga yozdirdik. Bo'lmasa qayd bo'la olmas edi.

Faqat A1 darajani o'zigagina sal kam 300 dollar to'ladik.

O'zim bu narxni o'n baravar kamiga o'rgatayotganim ko'z oldimga keldi.

Ehtiyoj va qulaylik doim qimmat turadi. Ayniqsa shoshilinch vaqtda.
Shu aniq:

İnternet, video-blogerlik 21-asr avlodini nutq, o'zbek tili borasida ancha "tarbiyaladi" va bunda davom etmoqda. Hech bo'lmaganda salmoqli darajada ruscha, "parazit" so'zlardan voz kechishga xizmat qilmoqda. Juda ko'p jabhalarda jamiyat "ko'zi" nazorat va tizgin omili ekanligini anglayapmiz.
Nihoyat toshdan sado chiqdi.

Türkiye Bursları qo'mitasi natijalarni to'liq ochiqlanganini e'lon qildi
Forwarded from Sarvinozdan chizgilar
Ótgan kuni Leobek yangi sarguzashtni boshdan ótkazdi. Bir xonaning derazasidan narigi xonaga ulangan balkonimizga sakrab ótmoqchi bólib, pastga tushib ketibdi...

Butun yoz ikkala xonani deraza-eshiklarini ochib qóyardik tunda. Salqin bólsin deb. Leo ulardan sakramasin deb, uni oshxonada qoldirardik.

Onam bilan ukam Leoga rahm qilib, ózlari uxlaydigan xonaga kirgizishibdi. U esa yarim kechasi 4 larda derazaga yaqin turgan stoldan parvozini amalga oshiribdi... Va balkonning chetiga qónolmabdi.

Yaxshiyamki pastda — birinchi qavatning tepasida batut effektini hosil qiladigan elastik tom bor edi. Shunga tushgan. Har xil usullarni qilib tepaga chiqarolmadik, pastga ham tushirolmadik Leoni.

Davomi👇
Forwarded from Sarvinozdan chizgilar
Keyin turmush o'rtog'im favqulodda yordam xizmatini chaqirdi. Yong'in o'chirish mashinasiga óxshagan katta ulovda ón minut ichida ikki kishi yetib kelishdi. Erim ular olib kelgan narvondan chiqib Leoni amallab tomdan tushirdi. Men shoshib qafas olib tushishni unutibman, Leoni uyga kirgizishda ishlatish uchun. Haligi ikki xodim mashinadan qafas chiqarib uzatishdi... Qoyil qoldim😁

Leoga hech narsa qilmagan ekan, xursand bóldik.

PS. Mushuklarga ishonmang, baribir bir kun sakrashadi derazadan. Og'ir jarohatlar olishi mumkin. Mushukka hech narsa qilmaydi, deb óylamang.
Men "fokus"ni shu tomonga qaratmoqchiman. Shu kunlarda men yashayotgan hudud o'rmon yong'inlari sabab favqulodda hudud sifatida e'lon qilingan. Bu degani, FVV hodimlari 24/7 faol holatda degani. Ya'ni, mashina va xodimlar maydonda bo'lishi kerak. Tortina-tortina tun yarmida telefon qildim, 911 ga. Chunki mushugimiz tushgan joyga borish uchun narvon yo'q edi. 3-qavatdan birinchi qavatni kafe tomiga tushib ketdi. Yarim kechasi soat 4 da qo'shnilardan kimni turg'izib "Narvon bormi, mushigimiz tushib ketdi-da!" deysiz?

Qisqasi, 7 daqiqada favqulodda vaziyatlar keldi. Narvonini berdi. Tomga chiqib dardisarni oldim. Pastga tushursam qo'rqqanidan qo'llarimizni tirnab biror joyga ketib qolardi. Ayolim ham shoshilib mushuk qutisini olib tushmabdi. FVV xodimi, kutib tur deb "pajarni" mashinasidan mushuk qutisini olib berdi. Ularni tun yarmida kelishi ham mayli, mashinasida mushuk qutisi olib yurgani ko'ngilni yoritib yubordi. O'lay agar, "respect" devordim. Ko'rinmaz shlapamni chiqardim.
Turkiyada har bir million kishidan 98 i avtohalokatda o'lyapti.

Haydovchilik guvohnomasi bo'lmagan, psixologik muammosi bo'lgan yoki mast holatda mashina boshqarayotganlarni turklar "yürüyen katil" deydi, ya'ni, "harakatlanib ketayotgan qotil".

Yuqoridagi statistikada Turkiyaning har viloyatida 2024-yilda o'lim bilan yakunlangan avtohalokatlar soni har bir million kishiga nisbatan berilgan. Eng yuqori ko'rsatgich esa Burdur, Erzincan va Çankirida qayd etilgan.

Odatda rivojlangan, gavjum viloyat va shaharlarda transport hodisalari ko'p bo'lsa-da bu hodisalar kamdan kam holatlarda o'lim bilan yakunlanadi. Chunki, odam ko'p joyda haydovchilar ongli ravishda sekin yuradi va nazorat ham kuchli bo'ladi. Hududi keng va aholisi kam joylarda mashinalar tez yurishadi. Tezlik yuqori joyda o'lim ham ortadi. Masalan, xaritada İstanbul hudida o'lim bilan yakunlangan hodisa 20, Burdurda esa 207 taligini ko'rish mumkin. Vaholanki, İstanbulning aholisi 16 millionga yaqin, Burdurning aholisi esa 273 ming xolos. İstanbul aholisi Burdur aholisidan sal kam 60 karra ko'p.

Yo'llarda ehtiyot bo'ling! O'zingiz va yaqinlaringizni asrang!

@sherzoddavlatov
Hali "kaka"sining rangi nimaning belgisi ekanligini bilmaydigan, 16-18 yosh orasidagi qiz va yigitlarga kirill alifbosida o'zbek tilida yozishishni kim uqtiryapti?

Aniqroq so'raydigan bo'lsam, zet(Gen Z) avlod nega hali ham ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek tilida gaplashish uchun kirill alifbosidan foydalanmoqda?
Chet elga chiqayotgan yigit-qizlarimiz diqqatiga! Xorijga chiqqanizdan keyin sizning ismingiz Muxammad emas, Mukhammad; Zuxra emas, Zukhra, Axror emas, Akhror...

Chet elga chiqqandan keyin hujjatlaringiz bilan bog'liq muammolar chiqishini xohlamasangiz xorijga chiqish pasportingizni yaxshi "tanib oling". Xorijda İD kartangiz o'z "kuch"ini yo'qotadi.
Turkcha muloqotlarda etik doirasida ishlatilishi shart va kerak bo'lmagan ma'lum guruhli so'zlar bor. Misol uchun, tanimagan bir tengdosh yoki sizdan yoshi kattalarga senlab murojaat qilish etik bo'lmaydi(qarshingizdagi ham sizni yaqin olib og'ir qabul qilmasa senlashingiz mumkin albatta). Darslarda ham doim aytganimdek, turklar o'ziga yaqin olganlarni senlashadi. Oila, do'st kabilarni. Yoki choy ustidagi o'ziga yaqin olgan suhbatdoshlarini.

Yoki, "nasıl" degan so'zning ishlatilishi bor. Agar biror kishining gapirgan gapini tushunmasangiz, takrorlab yuborishini so'ragan ma'noda "nasıl" deb javob qaytarish mumkin. Lekin, suhbatlarda bu so'zni ishlatish, qarshingizdagi kishini pisand qilmagandek, yoki past ko'rgandek javob qaytarish tonida bo'ladi. Bunaqa anglashilish aytilishdagi ovoz toniga ham bog'liq albatta. Buning o'rniga "-Kusura bakmayın, anlayamadım" ko'rinishida javob berish ham mumkin. Telefonda gaplashayotgan bo'lsangiz "-Tam anlayamadım" yoki "Tam duyamadım" ko'rinishida ham javob qaytarishingiz mumkin.

Kecha İstanbulda mehmonxona bron qilish uchun bir menhmonxonga telefon qildim. İstambulda ko'p mehmonxonalarda arap millatli xorijliklar resepsion bo'limida o'tirishadi. Balki ko'pi inglizchani bilgani uchundir. Turkiyadagi xorijliklar yoki xorijlik talabalarda ma'lum muddatdan keyin turkcha gaplashish "qitmirligi" boshlanadi. Ba'zan xorijlik ekanligini bildirmaslik uchun qisqa javoblar berish, yoki shevada bir-ikkita so'z qo'llash, k ni q deb talaffuz qilishlar kabi. (Menda ham bo'lgan. Boshimdan o'tgani uchun ham bilaman) Yuqorida sizga aytganim "nasıl" so'zi ham shularga kiradi. Telefonni ko'targan yigit arapligini birdan sezdim. Aksentidan taniyman. 4 yil araplar bilan o'qidim. Ming turk tilini chochvorgani bilan aksenti sezdiradi arapligini.

Qisqasi vaziyatni tushuntirib uzun-uzun gapirdim. Kelgan javob esa "-Nasıl?" bo'ldi. Miyam bir qizidi. Bu yerda bu so'z "Men yaxshi tushunaman-da, sen tushuntirolmayapsan" degan signalni beradigan ohangda yangradi. Keyin, turkchani yaxshi bilmasligini sezib dona-dona, qo'shma gaplarsiz, sodda-sodda gaplar tuzib tushuntira boshladim. Bir butun nonni parcha-parcha qilib cbaynab bergandek. 2 daqiqada hal bo'lishi mumkin bo'lgan suhbat 5 daqiqaga cho'zildi. Oxiri WhatsApp raqamingni ber yozaman deb qutildim.

Tilni o'rganishning muhim bosqichlari — uning madaniy va etik tomonlarini ham o'rganish. Qayerda qaysi so'zni ishlatish yoki ishlatmaslik, qanday ohangda aytish yoki aytmaslik. Qaysi vaziyatda qaysi qolibni ishlatish kabi.

@sherzoddavlatov
Turkiyada bakalavr, magistratura va doktoranturada o'qish niyatida bo'lganlar diqqatiga!

Ayni damda davlat universitetlarida qabul davom etmoqda. Yillik kontrakt narxlari o'rtacha 800-1500 dollar atrofida. İkkiga bo'lib to'lab o'qishingiz mumkin.

Murojaat uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
2025/08/23 19:55:47
Back to Top
HTML Embed Code: