group-telegram.com/sirdaryo_vbb/24641
Create:
Last Update:
Last Update:
Sirdaryolik 5 nafar engil atlet o‘smir Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Joriy yilning 18–19 avgust kunlari Toshkent shahridagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida o‘smirlar o‘rtasida “Asian Youth Games 2025” (Osiyo o‘smirlar o‘yinlari) uchun saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan iqtidorli yosh sportchilar qatnashishdi.
Saralash musobaqasida Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilgan besh nafar sportchi yuqori natijalar qayd etib, nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida Angelina Ishmuratova 1,60 metr, Doniyor Xolmamatov va Maruf Mahkambaevlar 1,95 metr natija bilan g‘oliblar safidan joy olishdi. Yadro uloqtirish bahslarida Doston Abdimutalov 16,78 metr natija ko‘rsatgan bo‘lsa, uch hatlab sakrash bo‘yicha Shahzodbek Xolmuradov 14,23 metr bilan yuqori o‘rinni egalladi.
Endilikda mazkur sportchilar 2025 yil 22–31 oktabr kunlari Bahraynning Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan “3rd Asian Youth Games” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadilar.
Bu yutuq Sirdaryo viloyatida yoshlar sportiga qaratilgan e’tibor va samarali tayyorgarlik jarayonlarining amaldagi ijobiy natijasidir.
BY Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/sirdaryo_vbb/24641