Telegram Group Search
O‘zbek nonlari dunyoning eng yaxshi 50 xil nonlari qatoriga kiritildi

Sayyohlar uchun ma’lumot beruvchi CNN Travel portali dunyodagi eng yaxshi 50 xil nonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda o‘zbek noni ham ushbu ro‘yxatdan joy oldi.

18-oktabr kuni e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, gul va naqshlar bilan bezatiladigan, an’anaviy tandirlarda yopiladigan o‘zbek noni nafaqat ta’mi, balki tayyorlanish usuli va ko‘rinishi bilan ham ajralib turadi. O‘zbekistonda non hududga qarab turlicha bo‘lishi, Toshkentdan to Samarqandgacha, har bir viloyatning noni o‘ziga xos shakl, mazasi bilan farqlanishi ta’kidlangan.

Ro‘yxatda dunyoning eng yaxshi nonlari qatoriga Armaniston lavashi, Italiyaning fokachchiyasi, Fransiya bagetlari, Gurjistonning xachapurisi, ruslarning karavayi va Yaponiyaning melonpani ham kiritilgan.

📍 Sirdaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Ushbu sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus videorolik va virtual boshlovchi (suxandon) tayyorlandi.

Mazkur tashabbus ona tilimiz – O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning boy va betakror imkoniyatlarini targ‘ib etish hamda zamonaviy texnologiyalar orqali keng ommaga yetkazish maqsadida amalga oshirildi.

Shu bilan birga, endilikda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi qonunchilik targ‘ibotida yangicha yondashuv asosida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa aholi o‘rtasida huquqiy axborot tarqatish va targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Ona tilimiz – g‘ururimiz, faxrimiz!

📍 Sirdaryo
21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

📍 Sirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni

Ona tilimiz jilosi o‘zga millat vakillari ta'rifida.

Yangi Sirdaryo gazetasi

📍 Sirdaryo
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 21-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:14 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentrda sezilish kuchi: 3 ball.
(Afg‘oniston, Badaxshon)

▶️ O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

▪️Surxondaryo viloyatida 3 ball, 349 km.
▪️Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 438 km.
▪️Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 489 km.
▪️Andijon viloyatida 2-3 ball, 492 km.
▪️Jizzax viloyatida 2-3 ball, 493 km.
▪️Samarqand viloyatida 2-3 ball, 505 km.
▪️Namangan viloyatida 2-3 ball, 505 km.
▪️Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 536 km.
▪️Toshkent shahrida 2 ball, 556 km.

📍 Sirdaryo
#Live

Ayni damda Guliston shahrining Bo‘ston mahallasi hududida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda

📍 Sirdaryo
💼 #Tayinlov

Bahodir Rafqatov - Sardoba tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

B.Rafqatov tayinlovga qadar Sardoba tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ichki yo'llar bo'limi uchastka boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

📍 Sirdaryo
❗️#Diqqat

Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va ularni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida boshqarma majlislar zalida «Sayyor qabul» bo'lib o'tadi.

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati

📍 Sirdaryo
Sirdaryoda reyd tadbirlari davom etmoqda

Joriy yil 15-oktabr kunidan buyon viloyatimiz hududi bo‘ylab «Tozalik oyligi» doirasida Sirdaryo viloyati Ekologiya  boshqarmasi davlat inspektorlari, Ichki ishlar hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

22-oktabr kungi Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlarida 50 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 50 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda 28 million 372 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

📍 Sirdaryo
Adliya rahbari bilan yuzma-yuz: Qonun, hayot va kelajak haqida

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Uchinchi mintaqaviy hudud 8-son tergov hibsxonasida «Rahbar va yoshlar» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ishtirok etib, hibsxona xodimlari va yosh mahkumlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

👉 Batafsil

📍 Sirdaryo
❗️#Diqqat

Guliston shahrida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


Guliston shahrining «Bo’ston» MFY hududidan o‘tgan d-300 mmli ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib boriladi. Shu sababli, 2025-yil 23-oktabr kuni soat 13:00 dan 16:00 ga qadar Guliston shahrining barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi.

«Shu vaqt mobaynida aholi maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadi», - «Sirdaryo suv ta’minoti» AJ axborot xizmati.

📍 Sirdaryo
O‘zbekiston aholisi 38 million nafardan oshdi

2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 38 million 69,1 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida:

▪️tug‘ilganlar soni — 664,6 ming nafar;
▪️vafot etganlar soni — 132,2 ming nafar;
▪️tabiiy o‘sish — 532,4 ming nafarni tashkil etdi.

Shu davrda mamlakatga 1133 nafar kishi ko‘chib kelgan bo‘lsa, 7585 nafar kishi xorijga ko‘chib ketgan. Qayd etilgan nikohlar soni — 177,0 mingta, ajralishlar soni — 35,4 mingtani tashkil etdi.

📍 Sirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, me’yordan ortiq ifloslangan suv uchun sanoat korxonalari kompensatsiya to‘lovi to‘lashi shart!


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab kompensatsiya to‘lovlari 20 barobarga oshirildi.

Sanoat rivojlanishi — bu albatta taraqqiyot, lekin ekologik mas’uliyatsizlik halokatdir!

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati

📍 Sirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 «Brifing» ko'rsatuvi

Kamoliddin Umrzoqov,
Sirdaryo viloyati o'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Guliston shahri bo'limi davlat inspektori

📍 Sirdaryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Eslatma: To‘xtash ta’qiqlangan va to‘xtab turish ta’qiqlangan yo‘l belgilari ta’sir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.

📍 Sirdaryo
❗️ 9 oyda 116 mingta Cobalt ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida turli rusumdagi 326 364 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28,6 ming taga yoki 9,6 foizga oshgan.

➡️ Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:

▪️Cobalt – 116 008 ta;
▪️Damas – 67 879 ta;
▪️Tracker – 34 179 ta;
▪️Onix – 22 598 ta;
▪️KIA – 19 633 ta;
▪️Chery – 6 882 ta;
▪️Haval – 6 245 ta;
▪️BYD – 13 730 ta;
▪️Tank 500 – 47 ta;
▪️Maxsus yengil avtomobillar - 39 163 ta.

📍 Sirdaryo
Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda obyektning nomi davlat tilida bo‘lishi kerak. Shuningdek, bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydoni atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham o‘zbek tilida bo‘lishi talab etiladi.

👉 https://kun.uz/05909630

Kun.uz rasmiy kanali
#Bilasizmi

«Kambag‘al oilalar reyestri»dagi ota-onalar farzandlari xususiy bog‘chaga borganda, to‘lovning 40 foiz qismi davlat tomonidan qoplanadi.

📍 Sirdaryo
Oqoltin tumani bu yil ham viloyatda birinchilar qatori paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi

Tumanda joriy mavsumda 13 ming 500 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirilib, qabul punktlariga 61 ming 50 tonnadan ortiq paxta topshirildi. Natijada shartnomaviy reja 100,5 foizga bajarildi.

Ahamiyatli jihati shundaki, joriy mavsumda yetishtirilgan hosilning 84 foizga yaqini zamonaviy terim agregatlari yordamida yig‘ib olindi. Buning uchun fermer xo‘jaliklari va klasterlar balansidagi 60 dan ortiq paxta terish kombayni safarbar etildi.

📍 Sirdaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Guliston shahrining Ibratli mahallasida banan daraxti parvarishlanmoqda

📍 Sirdaryo
2025/10/24 19:12:49
Back to Top
HTML Embed Code: