Telegram Group Search
Forwarded from Edu.uz
Prezident diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuv tayyorlashni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirish hamda mamlakatlar iqtisodiyoti barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator amaliy takliflar bilan chiqdi.

Jumladan, davlatimiz rahbari:

O‘zbekiston Toshkent shahrida “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida MDH innovatsion sanoat forumini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi;

Raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida ko‘p tomonlama amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi;

Diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida MDH Yoshlar forumini o‘tkazib, Yoshlar innovatsiya laboratoriyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍51🏆1
#Hikmatli_so‘zlar

💥“Kasbimiz – inson hayotini saqlash va yaxshilash, bu – eng oliy va sharafli vazifa.”

📉Florence Nightingale

❗️Ma‘lumot o‘rnida: Florence Nightingale Britaniyalik ijtimoiy faol va sog‘liqni saqlash sohasining yirik islohotchisidir. U “Hamshiralarning onasi” sifatida tanilgan.
U sog‘liqni saqlash tizimida gigiena va sanitariya qoidalarini joriy etgan, bu esa kasalliklarning kamayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Shuning uchun, ko‘p hollarda sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida fidoyilik va insonparvarlik ramzi sifatida uning nomi tilga olinadi.

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Doktorantura_hujjat_topshirish
#Videorolik
#Foydali_manba

💻Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish bo'yicha videorolik

📥Hujjat topshirish uchun sayt havolasi: https://daraja.ilmiy.uz

Eslatma‼️
Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga qabul qabul har yili 4 marta: sentyabrdan oktyabrgacha(ba'zida noyabrgacha), yanvardan fevralgacha, apreldan maygacha, iyuldan avgustgacha bo'lib o'tadi(Sanalar o'zgarishi mumkin)

Stajyor-tadqiqotchilik, Tayanch doktorantura(PhD), Doktorantura(DSc) ga har yili 1 marta: 5-oktyabrdan, 5-noyabrgacha(Sanalar o'zgarishi mumkin) bo'lib o'tadi


📥Hujjatlarga namunalar: https://www.group-telegram.com/researchwork_official/36

❗️Talabgorlardan quyidagilarni talab etish MAN ETILADI: https://www.group-telegram.com/doktorantlarofficial/4702

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
📕 “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” tanlovi final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

🏛 Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tanlovning saralash bosqichi mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi hamda Saralash komissiyasi qaroriga ko‘ra 11 nafar ishtirokchi tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etildi.

Finalda ishtirok etadigan talabalar:
↪️Khan Shah Rukh Ahmad (Pokiston) – ADTI talabasi;
↪️Khan Huriya (Hindiston) – BuxDTI talabasi;
↪️Shen Xintong (Xitoy) – ToshDOTAU talabasi;
↪️Vang Chao Yuan (Xitoy) – TATU talabasi;
↪️Xue Jingtai (Xitoy) – TDIU talabasi;
↪️Toya Kobayashi (Yaponiya) – TDSHU talabasi;
↪️Priyadarshi Apoorva (Hindiston) – SamDTU talabasi;
↪️Sadaan Muhammad Shuaib (Hindiston) – TDTU Termiz filiali talabasi;
↪️Abdul Haseeb Khon (Pokiston) – UrDTI talabasi;
↪️Saxvich A’lam (Hindiston) – TDTibU talabasi;
↪️Kazimova Sabina (Rossiya) – ToshKXU talabasi.


Eslatib o‘tamiz, ushbu tanlovda faqatgina ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan, ammo o‘zbek tilini qalbdan sevuvchi xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning final bosqichi 14-15-oktabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etiladi.

🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – I darajali diplom va BHMning 40 barobari;
🥈2-o‘rin – II darajali diplom va BHMning 30 barobari;
🥉3-o‘rin – III darajali diplom va BHMning 20 barobari miqdorida pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🎙 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi ijodiy va ma’naviy tadbir — “Mushoira Quiz” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi! 🌿📚

Bu tadbirda talabalar o‘zlarining adabiyotga bo‘lgan mehrlari, she’riyatni his etish mahorati hamda bilim va tafakkur salohiyatini namoyish etdilar. 🖋

Mushoira va intellektual savol-javob uyg‘unligida kechgan ushbu tadbir tomoshabinlarga iliq kayfiyat, ishtirokchilarga esa o‘z iqtidorini namoyon etish imkonini berdi. 🌸

📖 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy so‘zga hurmat tuyg‘usini shakllantirish hamda ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

🏆 G‘olib jamoalar:
🥇 1-o‘rin — “Yuksalish” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Medicus” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Ziyo Med” jamoasi

Tadbirni “Mushoira klubi” koordinatori M.Rustamova tashkillashtirdi.

💫 Bunday tashabbuslar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitadi, ularni yurt ravnaqi uchun ma’rifat yo‘lida faol bo‘lishga undaydi.

👀Bizni kuzating


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
2025/10/11 11:20:39
Back to Top
HTML Embed Code: