Telegram Group Search
Forwarded from KEZ consulting agency
🌾🇩🇪 Germaniyada QISHLOQ XO‘JALIGI yo‘nalishida FERİENJOB!

Yozgi ta’tilni foydali o‘tkazib, Yevropada ishlab ko‘rmoqchimisiz?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 💼

👨‍🌾 Ish yo‘nalishlari:
• Meva va sabzavot terish (olma, qulupnay, bodring va boshqalar)
• Issiqxonalarda ishlash
• Fermer xo‘jaliklarida yordamchi ishlar

💶 Ish haqi:
• Minimal soatlik stavka — 13.9 €
Dam olish kunlari 2 baravar maosh to‘lanadi 🔥

📆 Ish muddati: 2–3 oy
🏡 Turar joy: Ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi
💬 Til bilish talab qilinmaydi! (til bilmaganlar ham qatnashishi mumkin )



🌍 Bu imkoniyat orqali siz:
Yevropada tajriba orttirasiz
Nemis madaniyati bilan tanishasiz
Tilni amaliy o‘rganasiz
Yozgi ta’tilni foydali va daromadli o‘tkazasiz



📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

https://forms.gle/8CsDqKR3VsCFudg97

────────────
☎️ Murojaat uchun:
📱 +998 33 012 17 12

📩 Telegram: @kez_consulting
🌏 Instagram: @kez.uz

🔖 KEZ bilan dunyo kez!
1🔥1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🎉 Tug‘ilgan kuningiz muborak, hurmatli Nasimov Baxtiyor Vasievich!

TTYSI Yoshlar ittifoqi jamoasi Sizni chin qalbimizdan samimiy tabriklaydi!

Hurmatli Baxtiyor Vasievich, yoshlarga bo‘lgan e’tiboringiz, doimiy g‘amxo‘rligingiz va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirayotgan tashabbuslaringiz biz uchun katta ilhom manbaidir. Sizning oqilona rahbarligingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli institutimizda yoshlar faolligi, ijobiy muhit va jamoaviy ruh yanada yuksalmoqda.

Sizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy farovonlik va kelgusidagi faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Har bir yangi kuningiz quvonch, faxr va ilhom manbai bo‘lsin!
Hurmat bilan — TTYSI yoshlari.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥Respublika g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

🧊 Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi. 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari…
🟦🟦🟦🟦🟦

Ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar tanlov nizomi asosida hujjatlarni tayyorlab, hujjatlar to‘plamini tegishli fakultet dekanatiga 15-noyabrga qadar topshirishlari so‘raladi.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, E’LON!
“KIBERSPORT MUSOBAQASI”


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Kibersport musobaqasi” o‘tkaziladi!

Musobaqa DOTA 2 yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi!

Ushbu musobaqa e’tiborli o‘yinchilar, tezkor fikrlovchilar va jamoaviy ruhni namoyon etuvchi kibersport ixlosmandlari uchun ajoyib imkoniyatdir!

Musobaqada qatnashish niyatida bo’lganlar o’zining 5 kishilik jamoasiga ega bo’lishi shart!

Sana: 10-noyabr
Vaqt: 14:00
Joy: 2-bino, 222-xona

Eng faol va mahoratli jamoalar g‘olib sifatida taqdirlanadi!
Sizni kuch, tezlik va strategiya sinovlari kutmoqda!

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart!
👉 @MMMtop1gg orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🎮 TTYSIda yangi “Kibersport klubi” tashkil etildi!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida zamonaviy raqamli o‘yinlar va intellektual musobaqalar yo‘nalishida faoliyat yurituvchi “Kibersport klubi” o‘z ishini boshladi.

Mazkur klub talabalarning texnologiyaga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, strategik fikrlash, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Klubga Mirjalilov Mohirjon Mirsobit o‘g‘li rahbar etib tayinlandi.
Uning boshchiligida institutda kibersport musobaqalari, treninglar va mahorat darslari muntazam tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🇺🇿 TTYSI Yoshlar ittifoqi talabalarning yangi tashabbuslarini har doim qo‘llab-quvvatlaydi!

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1👏1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🧠 “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida TTYSI Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu turda institutning turli fakultetlaridan 13 ta jamoa faol ishtirok etdi. O‘yin davomida talabalar o‘zining bilimi, mantiqiy fikrlash qobiliyati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etishdi.

📊 Bugungi tur natijalariga ko‘ra, turnir jadvalining yetakchilari:
1️⃣ Popcorn
2️⃣ Authority
3️⃣ Newcomers

“Zakovat” o‘yini nafaqat intellektual bellashuv, balki bilim, do‘stlik va fikr almashuv maydoniga aylanmoqda.
Yoshlar o‘rtasidagi bunday musobaqalar esa ularning tafakkurini charxlab, yangi g‘oyalarga ilhom baxsh etadi!

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
#bepul_kurslar

🗣 BEPUL TIL KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda “POLYGLOT” o‘quv markazi hamkorligida 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun bepul rus va ingliz tili kurslariga qabul e’lon qilinadi!

📌 Bu imkoniyat orqali:
🟢 Til o‘rganishdagi eng samarali metodikalar bilan tanishasiz;
🟢 Tajribali o‘qituvchilardan saboq olasiz;
🟢 O‘zingizga ishonch va yangi imkoniyatlar eshigini ochasiz!


Qabul davom etmoqda! Joylar soni cheklangan — shoshiling!
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 20 008 25 95

📍 Manzil: Toshkent shahar Yoshlar markazi, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4
🔍 Mo‘ljal: Beruniy metro bekati

✏️ Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🎓 Oktabr — “Oy talabasi” Xumoroy Malikova!

Faolligi, tashabbuskorligi va ijobiy qarashlari bilan ajralib turgan Xumoroy Malikova TTYSI Yoshlar ittifoqi tomonidan “Oy talabasi” sifatida e’tirof etildi!

Xumoroy o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi hamda o‘ziga xos yetakchilik fazilatlari bilan institut talabalari orasida ibrat bo‘lib kelmoqda.

Bu e’tirof – uning mehnatsevarligi va tashabbuskorlik ruhiga bildirilgan munosib bahodir.

💐 Xumoroyni chin yurakdan tabriklaymiz!
Har bir talaba o‘z yo‘lida shunday yuksakliklarga erishsin!

Rasmiy sahifalarimiz👇

🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥31🥰1👏1🕊1🏆1
Forwarded from Yasha🌿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌳 “Yasha” ekologik realiti shousining birinchi mavsumini @renessanstv telekanalida tomosha qiling!

Loyiha Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi


📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

📝TELEGRAM | 💻INSTAGRAM
📝FACEBOOK | 🎞YOU TUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 “Tabiatdan texnologiyagacha” — Ziyo Forumda yangi davr qarashlari!

📅 Joriy yilning 6-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar ittifoqi jamoasi faollari “Ziyo Forum” yoshlar markazida o‘tkazilgan bionika va texnologiyalar mavzusidagi uchrashuvda faol ishtirok etishdi.

🎙 Tadbir davomida professor Nazarov Anvar Aripovich hamda Oyshaxon Qodirova tabiatdan ilhomlanib yaratilayotgan texnologik yechimlar va ekologik yondashuvlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

🎥 Shuningdek, “Tabiatdagi mukammallikdan texnologiyagacha” nomli video namoyish etildi.
🧩 “Bionik rebus” o‘yini orqali esa ishtirokchilar texnologik g‘oyalarni topish, ilmiy fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Yoshlar uchun ilhom, bilim va yangi g‘oyalar manbai bo‘lgan ushbu forumda ishtirok etgan barcha talabalarimizni tabriklaymiz!
🌿 «От природы к технологиям» — новые взгляды на Ziyo Forum!

📅 6 ноября активисты Союза молодежи Ташкентского института текстильной и легкой промышленности приняли активное участие во встрече на тему бионики и технологий, прошедшей в молодежном центре «Ziyo Forum».

🎙 Во время мероприятия профессор Назаров Анвар Арипович и Ойшахон Кодирова рассказали о технологических решениях, вдохновлённых природой, и о важности экологического подхода в современной науке.

🎥 Также был представлен видеоролик «От совершенства природы к технологиям».
🧩 В интерактивной игре «Бионический ребус» участники искали технологические идеи, развивали научное мышление и творческий подход.

Поздравляем всех студентов, принявших участие в этом форуме — источнике вдохновения, знаний и новых идей для молодежи!

Rasmiy sahifalarimiz👇
🌐Telegram 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/11/07 02:56:44
Back to Top
HTML Embed Code: