Telegram Group Search
🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasida o‘zbekistonlik eksportyorlar hamda koreyalik importyorlar ishtirokida B2B formatida uchrashuv tashkil etildi.

👫 Tadbirda Koreyaning 50 ga yaqin yirik oziq-ovqat kompaniyalari rahbarlari qatnashdi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quritilgan va konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari namoyish etildi.

🛍 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari ishtirokchilarga O‘zbekiston oziq-ovqat bozorining salohiyati, zamonaviy qadoqlarda ishlab chiqarilayotgan hamda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida taqdimot o‘tkazdilar.

📹 Shuningdek, O‘zbekiston–Koreya qishloq xo‘jaligi sohasidagi savdo ko‘rsatkichlari va hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston eksportyorlari tomonidan tayyorlangan video taqdimoti mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

🤝 Uchrashuvda “KOEIA”Koreya onlayn eksport-import assotsiatsiyasi raisi Cho Donxvi hamda “Coupang” onlayn platformasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish huquqiga ega “3H Korea” distribyutorlik kompaniyasi vakillari so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida O‘zbekiston mahsulotlariga yuqori baho berib, kelgusida hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdilar.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yuqori sifatga ega va tabiiyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, quritilgan mevalar, konservalangan mahsulotlar hamda zamonaviy qadoqlarda taqdim etilayotgan oziq-ovqat turlari Koreya bozori uchun juda mos, — deydi “KOEIA” raisi Cho Donxvi.


🗣️ Biz, ushbu mahsulotlarni Koreya iste’molchilariga yetkazishda hamkorlikka tayyormiz. Kelgusida distribyutorlar, onlayn savdo platformalari va savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekiston mahsulotlari Koreyada keng tarqalishi mumkin. Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi 🗣️

✔️ Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida savdo sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekiston mahsulotlarining Koreya bozoriga chiqishini yanada rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🔰 karantin.uz ✈️ Telegram📱Facebook 📱Instagram
📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺 Rossiya davlatidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o'rtacha narxlari

🔝 Markaziy eksport shtabi eksportchilarimizni  qo'llab-quvvatlashga tayyor!

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun: +998 (71) 202-77-78 (1582)

🔰 karantin.uz ✈️ Telegram
📱Facebook 📱Instagram
📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇰🇷 Janubiy Koreyadagi “Lotte Mart Zettaplex” yirik savdo markazida ilk bor "O‘zbekiston mahsulotlari" savdo yarmarkasini ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyaning eng mashhur va gavjum savdo nuqtalaridan biri — Lotte Mart Zettaplex (Seoul Station) savdo markazida O‘zbekiston milliy mahsulotlari uchun alohida savdo rastasi rasman ish boshladi.

🏪 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan ochilgan savdo rastasi Janubiy Koreya poytaxtidagi eng yirik va faol savdo nuqtalaridan birida joylashgan. Kundalik minglab mahalliy va xorijiy xaridorlar keladigan mazkur markazda savdo yarmarkani ochilshi o‘zbek mahsulotlarini keng ommaga tanitishda katta samara beradi.

👫 Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Favqulloda va Muxtor Elchisi Alisher Abdusalomov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakillari, ikki davlat tadbirkorlari ishtirok etdi. Savdo markaziga tashrif buyurgan xaridorlar o‘zbek mahsulotlariga katta qiziqish bildirdilar.

Bugun ilk bor O‘zbekiston mahsulotlarini ko‘rib, juda qiziqishim orti,-deydi savdo markazning eksport import masalalar bo‘yicha departament direktori Ej Shin. -Ayniqsa, quritilgan mevalar va tabiiy sharbatlar yuqori sifatda ekanligi, qadog‘i ham maqul keldi. Bu mahsulotlar Koreya bozorida o‘z o‘rnini topishi aniq, chunki bu yerda tabiiy mahsulotlarga talab katta.

🙌 Qayd etildiki, mazkur yarmarka doimiy faoliyat ko‘rsatadi va kelgusida uning hajmi hamda mahsulot turlari kengaytirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ikki mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistika va elektron savdo platformalari orqali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

🔰 karantin.uz ✈️ Telegram📱Facebook 📱Instagram
📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/08/28 22:09:09
Back to Top
HTML Embed Code: