#life
Zakovatda jamoaga chaqirishdi. Bormoqchi edik, keyin vaqtimizni hisoblasak, bizga noqulay bo'larkan, bormaydigan bo'ldik...Bir paytlar yaxshi edi - erinmay hafta o'rtasida trenirovkalarga ham yig'ilardik.
O'zimcha Toshkentga qaytganda karyera qilishni niyat qilgandim. Lekin full-time ishlash, ertalabdan kechgacha ishda bo'lish o'zimga ham, hubbyjonga ham yoqmayapti:
- Ishlamasang o'zim senga oylik to'layman. To'liq stavka ishlasang, oylik to'lamayman, chunki kun bo'yi ishda bo'lasan, uyga charchab kelasan, kayfiyating rasvo bo'ladi.
Bu paytda tanishlar:
- Palon tashkilotda ishlasang, tez ko'tarilasan, oyligi ham yaxshi.
- Bankda ishla, bankda.
- Majlis qilmaydigan, shanba-yakshanba ishga chaqirmaydigan, jamoadagi muhit zo'r joy chiqsa ishlayman, bo'lmasa frilanserlik ham yetadi.
- Boyib ketdingmi shunchalik?
- Yo'q, yashashga vaqt qolishi kerak-ku. I just want to enjoy my lifeπ
Vaqtimni qizg'anadigan bo'libman..

π₯60β€32π8π6
#life
Kenwood oshxona mashinasi oldim. Nutribullet aerogril oldim. LG mikroto'lqinli pech oldim. KΓ€rcher changyutgich oldim. DeLonghi qahva mashinasi oldim. Professional blender va vafli pishirgich oldim. Endi uyda professional darajada tortlar va turfa xil ovqatlar pishirish mumkin.
Baxtim to'kis bo'lishi uchun idish yuvadigan mashina kamlik qilyapti. Lekin unga uyimda joy yo'q. Yo kattaroq uy olinguncha qo'lda yuvishim yoki gaz plita va rakovinani torroq yangisiga almashtirib, o'rtasiga amallab idish yuvadigan mashinani sig'dirishim kerakπ₯² Lekin bunday variant qimmatga tushib ketarkan.
Katta oshxonang bo'lsa, hamma texnikalaring ishlatiladigan joyiga shundoq-shundoq o'rnashsa...deb xayol suryapman. Xuddi kuniga 3 mahal ovqat qiladigan odamdekπ
P.S. Katta oshxonam bo'lganida baribir Termomiks olaman.

π66β€28π€©16
#fikr
Onlayn do'konlardan foydalanib, qilgan xulosam: asaxiy g'irt rasvo marketga aylanibdi. Mijozni maksimal darajada kiydirishga urinadigan bozorchiga o'xshaydi.
Men buyurtma qilgan mahsulot modeli omborida qolmagani uchun boshqa modelni yuborishgan. Men model boshqaligini kuryer ketgach bilib qoldim. Telefon qilib qaytarib olib ketishni so'radim. Kuryer bez bo'lib o'zing tekshirib olmading, deb o'zimni aybdor qilmoqchi bo'ldi.
Keyin operatori telefon qilib ular yuborgan model yaxshiroqligiga ishontirmoqchi bo'ldi (yaxshiroqmasligini bilaman, shunchaki, ularning saytida narxi men tanlagan modeldan salgina qimmatroq). Endi uch kundan beri qaytarib olib ketisholmayapti. Pulim ham, tabiiyki, kuryer mahsulotni olib ketgach qaytarilarkan. Arzon narsamas ($450)π₯² Pulim qaytmaguncha boshqa ololmayman.
Xullas, xizmat sifati - "gavno". Kiydirgich kompaniyaga aylanibdi, mavjud bozor bilan taqqoslaganda narxlari ham raqobatbardosh emas. Avvallari taqqoslaganda narx va ishonchlilik mutanosibligi sababidan shulardan olardim. Qaytib yaqinlashmayman bu kiydirgichlargaπ₯²

π’45π±18π10π€―7π7β€2π₯°1
#fikr
Aytgancha, ko'pgina oshxona texnikalarini Texnomartdan oldim. Do'konga borib tanlasangiz, naqdga olayotgan odamga ko'rsatilgan narxdan 20% chegirma qilarkan, shunda men olgan mahsulotlar narxi boshqa bozordagilardan ancha arzonga tushdi. Menimcha, bo'lib to'lashga olayotganlar uchun qo'yilgan ustamasi tufayli naqdga chegirma bo'lsa kerak. Bu meni taxminim.
Konsultantlari erinmasdan so'ragan narsamni tushuntirib, turli modellarni taqqoslab berdi. Keyin o'sha kunni o'zida uygacha yetkazib berishdi. Lotereyasi ham bor ekan, qo'shimcha chegirma yoki sovg'a chiqishi mumkin ekan, menga kola chiqdiπ Bunaqa narsalarda omadim kelmaydi hech.
Kenwoodni onlayn tanlagan modelimni emas boshqasini olgan ekanman (do'konga borganda modelni aniq eslolmaganim sabab). Kechki payt borib almashtirib berishni so'radim. Shundoq joyida hal qilishdi. Hech kim kiydirishga harakat ham qilmadi. Chegirmalarni ham o'zlari aytdi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, bunaqa raqobat sharoitida asaxiy o'z rasvogarchiligi bilan o'zining boshiga yetadi tez orada.

β€65π€£25π₯13π10
#thoughts
Novza metrodagi kvartira bo'yicha olxga ijara e'loni bergandim. Kuzatuvlarim:
- Odamlar e'lonni to'liq o'qimasdan telefon qilarkan. Yozib qo'yilgan ma'lumotni umuman o'qimaydi.
- Telegramdan kim, qancha muddatga turishini yoz, deyilgan. Yozganlarni ahvoli: stiker-salom va ovozli xabar yuboradi.
Men ham shunga yarasha ovozli xabarlarni eshitib ham ko'rmadim, telefon qilganlarga javob bermadim. Faqat e'lonni o'qib, so'ralgan narsani yozganlarga manzil jo'natdim. Hech bo'lmasa o'qilgan matnni tushunish va muloqot ko'nikmasi mavjud odam uyingda turgani yaxshiroq-da baribirπ

π95π25π₯21β€3
#baby_language
Kechasi salqin bo'layotgani uchun monstrchaning ustiga yengil choyshab yopib qo'ygandim. Ertalabgacha beliga o'ralib ketibdi. Uyg'onib:
- I'm a sushi roll! - deydi qiqirlab.
Sal turib zalga chiqqach:
- I'm a hungry sushi roll, super hungry sushi roll! (Qorni och sushiman, juda och sushiman), - deb qo'shiq to'qiyaptiπ

π103β€8
#mood
Mening yarim yillik investitsiyamπ
Kimga yosh, ko'zlari chaqnab turgan grafik dizayner shogird kerak bo'lsa, botga yozinglar. Mehnatkash bola, tez o'rganadi.
Onlayn marketlar yoki instagramga banner va rasmlarni qayta ishlash, tayyorlashda yordam kerak bo'lsa ham yozinglar. Bola shuncha o'qiganga yarasha tajriba to'plasin endi.

π55β€26π10
#mood
Toshkent baribir mazza shahar. Turfa xil taomlar, uydan bir qadamda novvoyxona, derazam tagida daraxtlar, fitnes va raqs to'garaklari, ko'chada miya o'zingga o'xshamagan odamlarni ko'rib charchamasligi (inson o'zidan ancha farqli chehralarni ko'rganda ongostida tahdid his qiladi), yarim tungacha ishlaydigan do'konlar...Eng yoqimlisi "Uydaman" degan hisβΊοΈ

β€115π19π€―14π₯1π’1
#mindset
Opam haligacha qorong'idan, bir o'zi uxlashdan qo'rqarkanπ Ketishidan oldin menga:
- Bir o'zing aniq qo'rqmaysanmi ishqilib?
- Nimadan qo'rqaman? Tavba.
Kechki payt kelgan singlim:
- Qo'rqmasdan hamma joyni ochib o'tiribsizmi? Hatto ayam ham eshik-peshiklarni qulflab yotadi-ey.
- Uxlaganim yo'q hali, nimadan qo'rqaman? Ochiq turaversin, pichoq, qaychi-paychi olib yotamiz yonimizgaπ
Chindan o'g'ri-po'g'ri tushish ehtimolini o'ylab ko'rib, o'zimga o'zim:
Birdan yonimga oshpichoqni (kunda ustida go'sht chopadigan katta pichoq) olib kelib qo'yganim ma'quldir, balki...
Qo'rqinchli odamman, shekilli, kimdir kelsa ham chopishga qo'lim qaltiramasa kerakπ
P.S. Chunki miyam bunday vaziyatda oldimda odam turganini o'ylamaydi, faqat bir narsaga diqqat qiladi-da: "ΠΠ°, ΠΏΠΎΠ»ΡΡΠ°ΠΉ ΠΏΠΎ Π·Π°ΡΠ»ΡΠ³Π°ΠΌ, ΡΠ²ΠΎΠΎΠΎΠΎ.....ΡΡ!" Nohaqlikka chidamaslik hissi nihoyatda kuchli menda.

π58β€10π±8
Lekin kelinlik uyimda (u yer ham katta hovli) yolgΚ»iz qolishga qoΚ»rqaman. Chunki uy qabristonga yaqinπΆβπ«
Shunga qaraganda tiriklardan qoΚ»rqmaskanman.

π62β€7π€5
#mindset
Qishloqda bir 20 yoshli qizcha:
- Opa, sizni ham mashinangiz bormi?
- Yo'q, haydashni bilmayman hali.
- Singlingizda bor ekan-ku, singlingiz boy ekan, a?
Hmm...qanday tushuntirsam ekan? Baribir tushunmaydi deb indamadim.
Jamiyatimiz odamni chindan kiygan kiyimi, mashinasi, uyiga qarab baholaydi hali ham. Bu shkalada o'lchasa biz er-xotin g'irt bomjlarmizπ

π87π€£28β€12π₯6
Menimcha, vijdon odamda yo bo'ladi yoki yo'q. Vijdonsizlik darajalari mavjud bo'lmasa kerak.
π₯25π8β€3
#life
Butun tanasi ko'karib, ko'zi ochilmay qolgan 20 yosh qizni reanimatsiyadan olib chiqishdi. Juda kambag'al bo'lsa kerak, deyarli ovqat olishmayapti, hech kim ko'rgani kelmayapti. Faqat onasi yonida, u ham qandaydir bemehrroqmi - qizi yotgan krovatda yotibdi, sal noto'g'ri harakat qilsa jerkib beryapti.
Nima bo'lganini so'rasak, qizning o'zi qayerdandir yomon yiqildim, dedi. Onasi esa shunchaki "Haa, boshi og'rib qolibdi-da", deydi. Tirsaklar shilingan, oyoq, bellari, yuzi ko'karib yotibdi...Kaltaklanganiga shubha uyg'onsa, vrachlar IIBni chaqirsa kerak, chindan yiqilgandir, deb yaxshi gumondaman.
Qizig'i, 20 yoshli qiz telefon ishlatishni bilmaskan...

π’67π17π€―7β€5
#life
O'zi umuman shunaqa joylarda har xil qatlam vakillarini ko'rasan kishi. 1-yanvardan tuman markaziy kasalxonasida xizmatlar pullik bo'libdi: UZI, EKG, vrach ko'rigi va hokazolarga 15 000-20 000 to'lab kirilarkan.
Bir yosh er-xotin 1-2 oylik mittigina chaqaloq ko'tarib keldi. Kassada UZIga 20 ming to'lashni so'rashdi. Er esa to'lashdan bosh tortib, qayerdan bunaqa qoida chiqqanini surishtirdi. Kamida yarim soatcha turdi, keyin baribir to'lab kirdi. Keyin bilsam, ham ichkarida, ham kassaga to'lagisi kelmabdi.
Balki shu 20 ming ham ular uchun katta xarajatdir..

π’54β€6
Bitta amaki esa koridorda menga narkoz qilinglar deb janjal qilib yotibdi. Hamshira esa shovqin solmaslikni, u so'rayotgan amaliyot viloyat kasalxonasida qilinishini tushuntirolmay halak.
Hamma o'z dardida, amaki narkoz qayg'usidaπ

π45π€―4β€2
#fikr
Aytgancha, davlat kasalxonasiga ishim tushib, turli bo'limlardagi (reanimatsiya, xirurgiya, terapiya) vrachlar ham, hamshiralar ham o'z ishini bilib bajarishiga guvoh bo'ldim. Chindan bilimli, jonkuyar vrachlar ko'p.
O'zbekistonda shifokorlarga nafrat sochib, puling bo'lmasa qo'y yog'i surtib qo'yadi, deyishlariga qo'shilmayman. Bizda tibbiyot chindan hamyonbop. Eng qashshoq odam ham kasalxonaga borib davo topa oladi.
Yevropada sug'urtang bo'lmasa, kasalxonada yotgan har kuning uchun minglab yevro to'laysan. Bitta tuzukli vrach ko'rigi 150-300 yevro turadi (Venada). Chunki xizmatlar narxi juda baland.
Shuning uchun o'zbek shifokorlarni heyt qilmang, ular kam oylikka ham odamlarni qutqarib yuribdi. Mavjud bo'lishi kerak bo'lgan dori-ukollar yo'qligi sabab kasalning yaqinlariga sotib oldirishni esa shifokorlar hal qilmaydi, menimcha. Bunga tizimdagi byudjetni kistasiga urganlar sababchi.
Shaxsan o'zim orttirgan pulimdan nimaga ehson qilishni xohlashimni endi anglab yetdim. Tuman kasalxonalariga kerakli apparatlar, vrachlar xonasi va palatalarga konditsionerlar sotib olib berishni niyat qildim. Yiliga 1 dona konditsioner qo'yib berilsa ham qancha odamga foydasi tegadi. Korrupsiya, bularni davlat qilishi kerakligi va boshqalar umuman alohida masala.

β€67π25π’12π4π₯1
#life
Yoshi 50 dan oshgan taksi haydovchisi telefonda xotiniga (ekranda "Xotun" yozuvi chiqdi) gapiryapti:
- To'rtta magazingayam kirdim, hech qaysida yo'q non.
- Falonchinikiga ham kirdizmi?
- Ha, hammasidan so'rab chiqtim. Yo'q qara non.
- Voy o'lay, endi nima qilaman?
- He, ochdan o'lmaysaaan, bir kun oq non yeb tursang.
Qishloqlarda ham parhez qilishni boshlashgani yaxshi yangilik. Ellikdan oshgan chol kampiri uchun parhez non izlashi esa haqiqiy romantikaπ₯Ή

π95β€39π12π₯10π4
#life
Palatada ayam bilan yotgan buvijonga 21 yosh nabirasi qarayapti. Unashtirilgan ekan. Yigitim telefon olib berdi, buncha pul berdi, quloqchin olib berdi, unday qildi, bunday qildi...maqtangani-maqtangan.
Propaganda ta'sirida "Nega mening "yigitim" olib bermayapti", deb kartamni tekshirsam, hali pulim ko'p ekanπ
Qishloq odamlarining hayoti qiziq, shahar bilan tafovut juda katta. Masalan, falonchi 250 ming tashladi, pistonchi 500 ming berib ketdi, deb faxrlanib qo'yishadi. Shaharda bitta kechki ovqatga ketib qoladigan summalar..
Qandaydir sodda, qaysidir ma'noda etikadan xabari yo'q odamlar.
- Nechanchi yilsiz, opa? Erga tegganmisiz? Nechta bolangiz bor? Umuman yoshingizga ko'rinishingiz to'g'ri kelmaydi-ku. Aldamayapsizmi, yuzingizda ajin yo'q-ku umuman, mening 2000-yilgi yangalarim ena xotin bo'lib ketgan, ko'zlarini atrofi shunday ajin..
Asosiy ma'lumotlarni olgach, tafsilotlariga ko'chadi:
- Opa, oyligiz qancha? Noutbukizni qanchaga olgansiz? Karischalarga o'xshaysiz, karis tilini ham bilasizmi? Shunney yaxshi ekansiz-ey...Umuman bo'yanmaysizmi?
Bidir-bidir bo'lsa ham yaxshi qizcha ekanβΊοΈ

π114β€16π€―5
#thoughts
O'zbekistonga kelganimdan beri atrofda hamma taqvodan gapiradi. Lekin mahramingni uzoq yo'ldan olib kelish yoki kutib olishga kelganda taqvo bir chetda ko'z yumib turadi, shekilli...bekinmachoq o'ynab.
Qiziq odamlar ko'p ekan shunaqa. Sekin kuzatsang, so'zi amaliga to'g'ri kelmay qoladi.

π₯35π17π’16
#thoughts
Yana bir qiziq narsa: kasalxonada bemorlar bir-birida "duo borligi", "yuragi tushgani" va boshqalarni aniqlab, "davolashga" urinishlar bo'larkan. Qo'shni palatada yotgan bir qushnoch momo boshqa palatadagi momoning o'ng tomondagini yuragini solganini ko'rdim-daπ
Tomog'idagi "duo"ni olish uchun esa kuchliroq amal qilish kerak ekan. Sal turib ayam u qushnoch momoni tanib qoldi: "E, o'lsin. Yoshligida qo'shmachi xotin edi, raqqosa qizlarni pullab yurardi. Endi qushnoch bo'lib olibdi-da".
Meni miyam: aaaaaa, shukr qil, bu yurak solish amalini shifokorlar qilmayapti-ku har holdaπ

π€£65π17π1