Telegram Group Search
2025-yil 1-may kuni 40040 harbiy qism targ'ibot guruhi tomonidan Do'stlik tumani Baynalmilal jangchi faxriylari bilan hamkorlikda umumta'lim maktablarning boshlang’ich sinf o'quvchi yoshlari bilan "Armiya- vatanparvarlik va jasorat maktabi"shiori ostida, o’quvchilarning harbiy xizmat to’g’risida tasavvurlarini kengaytirish va qiziqishini oshirish maqsadida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma-rifiy tadbir o'tkazildi. Uchrashuvda Do'stlik tuman baynalmilal jangchi faxriylar kengashi raisi so'zga chiqib: o'quvchi yoshlarga tinchlik ulug ne’mat ekanligi, uni asrash uchun barchamiz ogoh va vatanparvar bo’lishimiz kerakligini aytib o’tdi.
https://www.group-telegram.com/uzaviators.com
1
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan tezkor o‘zgarishlar o‘qituvchilardan an’anaviy yondashuvlardan voz kechib, innovatsion va intensiv texnologiyalarni qo‘llashni talab qilmoqda. Ayniqsa, matematika kabi abstrakt va tizimli fanda talabalarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun zamonaviy metodlardan foydalanish zarur.
Anjumanda aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda intensiv va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi, talabalarning bilim olish jarayoniga ijobiy ta’siri va o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi o‘rni borasida ma’ruzalar qilindi. Anjumanda ishtirokchilar orasida bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Tadbir so‘ngida bir qator ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
https://www.group-telegram.com/uzaviators.com
1👍1👏1
#SHIJOAT VA G‘AYRAT — VATANGA SADOQAT MEZONI!

🇺🇿Qarshi shahrida joylashgan Harbiy aviatsiya institutida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining shahar bosqichi yuksak ruhda o‘tkazildi.

📌Musobaqa yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat, jismoniy chiniqish, harbiy tayyorgarlik va jamoaviylik ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Unda umumta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kollejlarning eng shijoatli va g‘ayratli o‘quvchilari ishtirok etishdi.

✈️Qurolli Kuchlarimizga xos harbiy harakatlar, yugurish, turnikda tortilish, belgilangan masofani tez va to‘g‘ri bosib o‘tish kabi sinovlar orqali ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va bardamligini namoyish etdilar.

📢Musobaqa yakunida eng faol va kuchli jamoalar g‘olib deb topilib, faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🚀Instagram 🌎Facebook
👍81
2025/08/23 20:45:38
Back to Top
HTML Embed Code: