group-telegram.com/uzbairportsuz/7317
Last Update:
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxonasi ochildi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketish terminalida (ro‘yxatdan o‘tish zali) joylashgan “Qo‘noq” brendi ostidagi kapsula mehmonxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Endi, yo‘lovchilar o‘z parvozlariga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin steril bo‘lmagan hududda bemalol dam olishlari mumkin.
Mini-mehmonxonada oltita zamonaviy kapsula mavjud - to'rtta standart bir kishilik kapsula va ikkita oilaviy (ikki kishilik) kapsula.
Har bir kapsula individual yopiq joy bo'lib, ortopedik matras, choyshablar to'plami, qulay ortopedik matrasli krovat, individual shamollatish va yoritish tizimlari, rozetkalar va zaryadlash moslamalari uchun USB portlar bilan jihozlangan. Mehmonlarga qulaylik yaratish uchun shaxsiy seyf, oyna, kiyim ilgich va soatli ekran mavjud. Kapsula optimal mikroiqlimni saqlab turadi.
💸 Bir kishilik standart kapsula tariflari:
▫️ 4 soatgacha — 400 000 so'm
▫️ 6 soatgacha — 600 000 so'm
▫️ 8 soatgacha — 800 000 so'm.
💸 Ikki kishilik standart kapsula tariflari:
▫️ 4 soatgacha — 600 000 so'm
▫️ 6 soatgacha — 800 000 so'm
▫️ 10 soatgacha — 1 000 000 so'm.
Ushbu mini-mehmonxona kontseptsiyasi tranzit yo'lovchilar, shuningdek, boshqa viloyatlar yoki qo'shni davlatlardan parvozdan bir necha soat oldin kelgan yo'lovchilar uchun ajoyib yechimdir.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent aeroporti joʻnash terminalining steril hududida ham ikki yildan buyon “Qoʻnoq” brendi ostida mehmonxona faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Web-site | Facebook | Instagram | Telegram | X | IOS/Android
BY UZBEKISTAN AIRPORTS

Share with your friend now:
group-telegram.com/uzbairportsuz/7317