Telegram Group Search
❗️Qirg‘izistonda urushga odam yollagan rossiyaliklar qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollanma askarlarni jalb qilgan “Rus uyi” xodimi va yana uch kishi hibsga olingani xabar qilinmoqda.

Bishkekning Pervomay tuman sudi matbuot xizmati matbuot xabarlarida ish bo‘yicha hibsga olingan ayblanuvchilar ism-shariflarining bosh harflarini ko‘rsatgan. Bundan tashqari, jinoyat ishi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MQM) tomonidan qo‘zg‘atilgani ma’lum.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, hibsga olinganlardan biri O‘sh shahridagi "Rus uyi" (Rossotrudnichestvo vakolatxonasi) xodimi Natalya Sekerina bo‘lgan. Unga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 416-moddasi 1-qismi (“Boshqa davlatlarning qurolli to‘qnashuvlarida foydalanish maqsadida yollanma askarlarni yollash, moliyalashtirish, moddiy ta’minlash, tayyorlash”) bilan ayblangan.

Batafsil

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
🔥10👍5👏2
🇺🇸 Gʻazoni bosib olish: Tramp Isroil orzusini ro‘yobga chiqarmoqchi

O‘nlab yillar Isroil liderlarining orzusi bo‘lgan g‘oyani AQSH prezidenti Tramp qo‘llab-quvvatlamoqda.
7-aprel kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan u inauguratsiya qilinganidan keyin ikkinchi marta uchrashdi.

Ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda Tramp Gʻazo haqidagi oldingi fikrlarini takrorlab, uni “ajoyib muhim ko‘chmas mulk bo‘lagi” deb atagan.

Tramp, shuningdek, falastinliklar Gʻazoni tark etishi va “boshqa mamlakatlarga ketishi” haqidagi taklifini takrorlab, go‘yo uning bu fikrlari “ko‘pchilikka yoqishi”ni iddao qilgan.

Bir necha kundan so‘ng, Gʻazoning 70% ga yaqini falastinliklar uchun "taqiqlangan hudud"ga aylantirildi. Isroil Mudofaa vaziri Israyel Kas “AQSH prezidentining Isroilning amalga oshirishga intilayotgan qarashlari asosida” harakat qilayotganini tasdiqlagan. U, shuningdek, Isroil yanada ko‘proq hududni “qo‘lga kiritish” niyatida ekanini ta’kidlab, ketishni istagan falastinliklarga “ixtiyoriy ravishda chiqish” huquqi berilishini aytdi.

Batafsil

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
😡24👎1🤣1
Lavrov Samarqanddagi yodgorlikda ruscha yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi

"Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo'yarkan, «Inglizlar qanday qilib bu yerga kelib qolishdi? Qarasam, inglizcha yozuv. Ruscha ko'rmayapman», — deya so‘ragan u ekskursovodga yuzlanib.

Batafsil 👉 https://vatandosh.tv/oz/news/111

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
😡48🤣13👎31
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👎7😡5🔥21
📍 Transport tizimlari transport vositalari uchun emas, balki insonlar uchun loyihalashtirilishi kerak – JSST

Butun dunyo bo‘ylab bolalar va yoshlar orasida o‘limning asosiy sababini taxmin qilishingiz kerak bo‘lsa, nima degan bo‘lardingiz? Bezgak yoki zotiljammi? O‘z joniga qasd qilish? Bular ham yuqori o‘rinlarda. Lekin koʻp yillardan beri dunyo aholisining oʻlimiga eng koʻp avtohalokatlar sabab boʻlmoqda.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/115

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
❗️“Men yashashni xohlayman”: Rossiya tomonida jang qilgan har besh tojikistonlikdan biri halok bo‘lgan

Ukrainaning "Men yashashni xohlayman" loyihasida Rossiya tomonida Ukrainadagi urushda qatnashish uchun yollangan Tojikiston fuqarolari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Loyihaning Telegram-kanalida e’lon qilingan ro‘yxatda 931 nafar tojikistonliklarning ismi-shariflari ko‘rsatilgan, ulardan 196 nafari o‘lganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Batafsil 👉- https://vatandosh.tv/oz/news/123

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
👍11
🧲 Didro effekti: “narsaparastlik kasalligi”

Jeyms Klirning “Atom odatlar” kitobida insonlarning tobora fikrlovchidan iste’molchiga aylanib borayotganligi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan:

Fransuz faylasufi Deni Didro deyarli butun umrini qashshoqlikda o‘tkazgan. Ammo 1765-yilda uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi.

O‘sha paytda Didro qizini turmushga berayotgan, ammo to‘y xarajatlari uchun yetarlicha puli yo‘q edi. Qashshoqligiga qaramasdan u o’z davrining mukammal bilimlar jamlanmasi – “Ensiklopediya”ning asoschilaridan biri sifatida nom qozongandi. Rossiya imperatritsasi Yekaterina II Didroning og‘ir moliyaviy ahvoli haqida eshitganidan so‘ng unga rahmi keladi va uning shaxsiy kutubxonasini sotib olishni taklif etadi. Yekaterinananing o‘zi ham kitobsevar bo‘lib, “Ensiklopediya” unga juda ham manzur bo‘lgan edi. U Didroning kutubxonasi uchun ming funt sterling berishini aytgan. Bu hozirgi kunda 150 ming dollarga to‘g‘ri keladi. Didro rozi bo‘ladi va birdan uning qo‘liga ham pul tegadi. U nafaqat qizining to‘yini o‘tkazadi, balki qizil barqutdan tikilgan shohona yopinchiq sotib oladi.

Yangi yopinchiq juda chiroyli bo‘lib, Didroning boshqa buyumlari orasida yaqqol ajralib turardi. Didro o‘zining nafis yopinchig‘ini boshqa narsalari bilan solishtirar ekan, ular orasida “hech qanday bog‘liqlik, oʻxshashlik yoki uyg‘unlik yo‘q”,- deb aytgan.

Didroda qolgan narsalarini ham o‘zgartirish talabi paydo bo’ldi. Eski gilamini Damashqdan olib kelingan yangisi bilan almashtirdi. Uyini qimmatbaho haykallar bilan bezatdi. Yangi ko‘zgu sotib olib, kamin tepasiga o‘rnatdi. Oshxona jihozlarini ham yangiladi. Somondan to‘qilgan kursisini tashlab yuborib, yangi, charm bilan qoplangan kursi xarid qildi. Xuddi domino donalariga o‘xshab har biri boshqasiga sabab bo‘ldi.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/127

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5
⚡️ Rog‘un GESI Markaziy Osiyoda cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi va yerlarning yemirilishini yanada kuchaytirishi mumkin - Jahon banki

Mavjud muammolar hal etilmasa, butun Markaziy Osiyoda ortga qaytarib bo‘lmaydigan ekologik va gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkinligi haqida tashkilot ogohlantirmoqda.

Jahon bankining Tekshiruv paneli O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolarining Tojikistondagi Rog‘un gidroelektrostantsiyasi (GES) loyihasi bilan bog‘liq xavflar haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqishga rozilik bildirdi. Jahon banki loyihaning 2014-yilgi ekologik va ijtimoiy ta’sir baholashlarini qayta ko‘rib chiqish uchun 350 million dollarlik kredit ajratgan.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/131

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
😡14👏3
🌐 O‘zbekistonlik yosh olim Orol dengizini yashil makonga aylantirish loyihasini ishlab chiqdi

Toshkent davlat agrar universiteti birinchi bosqich talabasi O‘rolboy Umurzoqov Orol dengizini yashil makonga aylantirishga qaratilgan “Ekobasket” loyihasini ishlab chiqdi.
“Loyiha nomini o‘zbekchaga tarjima qilsak, “biologik tuvak” degan ma’noni anglatadi. Bu loyihadan maqsad sho‘rlanib borayotgan Orol dengizini yashil makonga aylantirishdir. Loyihaning analoglari borligini hali eshitmaganman”, deydi yosh ixtirochi.


Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/135

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏5🔥3🤣1
Nuqtalar: Lavrov e’tirozi, Saidovning javobsiz qolgan quchog'i va elita tafakkuridagi o‘zga til – rus elchisi paydo qilgan bahsga chizgilar


Oxirgi vaqtlarda rossiyalik siyosatchi, siyosatshunos, tarixchi va umuman, rus jamiyati vakillarining O‘zbekiston hamda o‘zbekistonliklarga nisbatan tahdidli, haqoratli, kamsitishdan iborat chiqishlari ko‘payib bormoqda.

O‘z o‘rnida bu kabi chiqishlar o‘zbek jamiyatida ham kuchli norozilik, qalqish, siyosiy doira vakillarining esa tarmoqlar orqali bildiradigan javob chiqishlariga sabab bo‘lmoqda-ki, bu ikki davlat munosabatlarida o‘zaro asabiylik, keskinlikni oshirib borayotgandek.

Rossiyaliklarning bayonotlari va bu chiqishlarning ikki davlat munosabatlariga ta’siri masalasida bejiz so‘z boshlamadik. Sababi, shu yilning 22-23-aprel kunlari Samarqandda bo‘lgan va O‘zbekiston tomoni bilan muzokara o‘tkazgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rus tili haqida bildirgan e’tirozi hamda tadbirlar yakuni bo‘yicha OAVga bergan bayonoti bugun o‘zbek jamiyatida navbatdagi norozilik va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

“Nuqtalar”ning bu galgi soni rossiyaliklarning e’tiroz uyg’otuvchi chiqishlari, jumladan, Sergey Lavrov bayonoti, buning sabablari, shuningdek, o‘zbek elitasi vakillari tafakkuridagi o’zga til masalalariga bag’ishlandi.

Dastur mehmonlari taniqli qalamkash va muxolifatdagi faoliyati bilan yaxshi tanish, faol Dilorom Is’hoqova va siyosatshunos Farhod Tolipov bo‘ldi.

Videoni ko'rish 📹👉 https://youtu.be/Qi89bQRkk7k

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
🔥15👍432
Gulnora Karimovaning Shveysariyadan qaytarilgan pullari qaysi sohaga sarflanmoqda?

Kecha, 24 aprel kuni, Olmaliq shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gulnora Karimova tomonidan o‘g‘irlangan pullarning O‘zbekistonga qaytarilishi va uning qaysi sohalarga yo‘naltirilishiga oid maʼlumotlar berildi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov maʼlum qilishicha, bitim doirasida birinchi transh uchun 131 million dollar mablag‘ni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Batafsil - https://vatandosh.tv/uz/news/138

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Bishkekda yana bir rossiyalik qo‘lga olindi: bu Moskvada migrantlarning tahqirlanishiga bog‘liqmi?

Qirg‘izistonda rossiyalik urushga yollovchilarga “ov mavsumi” ochilgan o‘xshaydi. “Rus uyi”dagi hibsga olinishlardan so‘ng, kecha, 24-aprel kuni yana bir rossiyalik – siyosiy texnolog Viktor Vasilyev ham qo‘lga olindi. U ham Rossiya tomonida Ukrainadagi urushda qatnashish uchun askarlarni yollaganlikda gumonlanmoqda.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/143

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3👏2
Global IQ o‘lchovida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Turli sohalardagi global statistikani tahlil qiluvchi mustaqil Ranking Royals kompaniyasi bu safar global IQ ko'rsatkichlariga bag'ishlangan so'nggi tadqiqoti natijalarini e'lon qildi.

Shu yilning 1-yanvaridan buyon 100 ta davlatdan 1,39 million kishi ishtirok etgan test sinovlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo mamlakatlari aholisi eng yuqori IQ darajasiga ega: Xitoy o‘rtacha IQ darajasi 107,19 bilan yetakchilik qilmoqda, Janubiy Koreya — 106,43, Yaponiya — 106,40, Eron — 106,30, Singapur — 14, Rossiya — 1016. o‘rin. Dunyoda o'rtacha IQ 100 ni tashkil qiladi.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/147

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
Seysmik shaharlar: Markaziy Osiyo yirik zilzilaga tayyormi?

Mutaxasislar mintaqani har qanday zilzila holatiga tayyorlash uchun siyosiy iroda va mablag‘ juda muhimligini ta’kidlamoqda.

Yaqinda Myanmada sodir bo‘lgan 7,7 ball kuchidagi zilzila 3500 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi va hatto Bangkokdan 1000 kilometr uzoqda joylashgan binolarda ham shikastlanishlarni keltirib chiqardi. Bu hodisa seysmik faol hududlarda hayotning ko’p jihatdan xavfli ekanini koʻrsatadi.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/151

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
🔄 Iqlim o‘zgarishi kelajakda nogironligi bo‘lgan shaxslarga yanada ko’proq qiyinchiliklar paydo qiladi — tahlil

Iqlim o‘zgarishi NBSH uchun kelajakda yanada ko‘proq qiyinchiliklar keltirib chiqarishi kutilmoqda, chunki o‘zgarayotgan muhitga moslashish, daromad topish imkoniyatlari kamaygani sayin, ularning hayot sifati pasayishi ehtimoli yuqori.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/155

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 "Rossiyalik aroqxoʻr ham oʻzbekni kamsitmoqda" – Dilorom Is’hoqova

📺👉 Toʻliq video

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5😡4
rta daromad tuzogʻi: Nega Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish sekinlashmoqda?

Jahon banki tomonidan oʻrta daromadli (yaʼni, aholi jon boshiga YIM hajmi 1 136 dollardan 13 845 dollargacha tashkil etgan) mamlakatlarning imkoniyatlari va muammolari atroflicha tahlil qilingan “World Development Report 2024: The Middle-Income Trap” (WDR 2024) nomli navbatdagi hisobot chop etildi.

Batafsil - https://vatandosh.tv/oz/news/159

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
🔥7👍52
O‘zbekistonda eng ko'p qaysi mamlakat talabalari tahsil oladi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yil boshi bo’yicha O’zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.

Batafsil - https://vatandosh.tv/uz/news/162

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏1
“Biror davlatda qonun chiqarish bilan ish bitmagan, uning muqarrarligi bo‘lishi kerak” – xalqaro ekspert

Vatandosh TV tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan Intellektual klub yig‘ilishining navbatdagi soni O‘zbekistonda korrupsiya, uning sabab va oqibatlari, shuningdek, bu illatni kamaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurash va boshqaruv bo‘yicha xalqaro ekspert Qodir Quliyev O‘zbekistonda korrupsiya, uning ko‘lami hamda korrupsiyani kamaytirish uchun zarur choralar mavzusida taqdimot qildi. Quyida Quliyevning taqdimoti bilan matn shaklida tanishishingiz mumkin.

🌐 Batafsil - https://vatandosh.tv/uz/news/166

▶️ Video - https://youtu.be/Qi89bQRkk7k

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🔗 “…Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi”- Muhamad Yusuf zamondoshlari xotirasida

“Muhammad Yusuf haqida gap ketganda kim birov erka shoir, yana kim kuychi edi, yana kim nimadir deb ta’rif beradi va har kim bu borada o‘zicha haqdir” deb yozadi yozuvchi Sobir O‘nar o‘z esdaliklarida.

Ha, Muhammad Yusuf shaxsiyati va ijodi haqida aniq bir xulosaga kelish qiyin: balki haqiqiy ijodkor va uning ijodining eng asosiy belgisi ham shudir.

Bugun, 26-aprel shoir tavalludining 69 yilligi munosabati bilan shoirning zamondoshlari xotiralaridagi siymosiga nazar tashlaylik.

Batafsil - https://vatandosh.tv/uz/news/170

Web-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
2025/08/20 18:25:07
Back to Top
HTML Embed Code: