Telegram Group Search
🚗 Toshkent politexnika muzeyiga sayohat! 🏛️

🇺🇿 Joriy yilning 22-oktabr kuni Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tyutori Voxidova Nasiba rahbarligida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetining 1-kurs IB-85/25 va IB-86/25 guruh talabalari Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔍 Muzey ekspozitsiyasi asosan O‘zbekiston va jahon avtomobil texnologiyalari hamda ishlab chiqarish tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, talabalar bu yerda namoyish etilgan klassik avtomobillar va texnik yutuqlarni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Bunday tashriflar talabalar dunyoqarashini kengaytirib, texnologiyalarning rivojlanish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
🇺🇿 Joriy yilning 23-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakultetida 1-kurs talabalari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

📌 Tadbir davomida talabalarga qonunlarga rioya etishning ahamiyati, huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish va yot g‘oyalardan asrash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

👥 Uchrashuvda profilaktika inspektori Sultonov Akmal, psixolog Hoshimov Samandar
ishtirok etishdi.

Bunday uchrashuvlar talabalarda ogohlik, mas’uliyat hissi hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
🇺🇿 “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida davra suhbati

📅 2025-yil 22-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakulteti 2-kurs talabalari ishtirokida “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🎙 Davra suhbatini “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Yo.Ilxamova ochib berib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining tarixiy ahamiyati, bu qaror ota-bobolarimizning azaliy orzusi ushalganining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

🗣 Tadbir davomida tilimizni asrab-avaylash, uni rivojlantirish va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi alohida qayd etildi.
Til – millat ko‘zgusi, xalqning ma’naviy qiyofasi, tarixiy merosi va g‘ururining timsolidir.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
1
🗓️2025-yil 22-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti sun’iy intellekt yo‘nalishining 1-kurs talabalari bilan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy davra suhbati o‘tkazildi.

🖥 Tadbirda O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi direktori, Robotics Lab asoschisi Qodirov Zarif Zafarovich mehmon sifatida ishtirok etib, sun’iy intellektning kelajak texnologiyalaridagi o‘rni va zamonaviy mutaxassislar uchun ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bildirdi.

🎙 Shuningdek, kafedra mudiri B.Mo‘minov, dotsentlar M.Maxammadiyev, O.Bekmirzayev, G.Belalova, R.Nasimov hamda boshqa o‘qituvchilar sun’iy intellektning O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari va universitetdagi yutuqlar haqida so‘z yuritishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
2
2025/10/24 01:59:45
Back to Top
HTML Embed Code: