Telegram Group Search
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

Kyungdong Universiteti delegatsiyasi Toshkent filialida

🇺🇿🇰🇷 Bugun, Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kyungdong University (KDU) delegatsiyasi "University of Business and Science"ning Toshkent filialiga rasman tashrif buyurdi.

Delegatsiyani UBS rektori Karimjon Boymirzayev hamda Kuzatuv kengashi a’zolari kutib oldi. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining amaliy bosqichlari, talabalar almashinuvi va innovatsion tashabbuslar yuzasidan fikr almashishdi.


🏢 Shuningdek, KDU vitse-prezidenti tashrif chog‘ida Toshkent filialining barcha sharoitlari, infratuzilmasi va zamonaviy o‘quv muhiti bilan yaqindan tanishdi.

Ma'lumot o'rnida,1-iyul kuni UBS va KDU o‘rtasida tibbiyot yo'nalishlari bo‘yicha qo‘shma dastur kelishuv memorandumi imzolangan.


🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS International rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

Tibbiyot yo'nalishi talabalari uchun xalqaro imkoniyatlar


University of Business and Science (UBS) va Kyungdong universiteti (KDU) o‘rtasida imzolangan kelishuv memorandumi ikki muassasa o‘rtasidagi strategik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu kelishuv asosida UBSda 2+2, 3+3, 2+3, 2+4 va 4+2 qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.


🏥 Tashrif chog‘ida UBS delegatsiyasi Kyungdong universitetining tibbiyot fakulteti yo‘nalishlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha KDU nafaqat Janubiy Koreyada, balki xalqaro miqyosda ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Mazkur memorandum UBS va KDU o‘rtasida tibbiy ta’lim bo‘yicha chuqur hamkorlikni mustahkamlab, ayniqsa tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi ilmiy va amaliy imkoniyatlar eshigini ochadi.

Abituriyentlar, siz ham tibbiyot yo'nalishiga qiziqsangiz bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!


🌐 qabul.ubsu.uz
☎️  +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430)

🏛 Sen shifokor bo‘la olasan!

Rasmiy sahifalarimiz:
👍 Telegram | 👍 Instagram

👍 Facebook | 👍 YouTube | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇲🇹 Malta, Medicine, and Noila’s Dream Come True

Education at UBS is more than just lectures and classrooms.

Noila Tulkinjonova, a medical student at UBS, completed her clinical internship in the Republic of Malta as part of a cooperation memorandum signed between our university and the International European University.


UBS continues to expand its international partnerships, offering students the chance to gain hands-on experience in the European medical system — while still studying.

                    🔴🔴🔴🔴

Malta, tibbiyot va Noilaning amalga oshgan orzulari

UBSda ta’lim — bu faqat auditoriya va ma’ruzalar emas.

UBS tibbiyot fakulteti talabasi Noila To‘lqinjonova klinik amaliyotni International European University bilan oliygohimiz o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida Malta davlatida o‘tab keldi.


UBS xalqaro hamkorlikni rivojlantirib, talabalarga taʼlim jarayonidayoq Yevropa tibbiyoti tizimida amaliy tajriba orttirish imkonini taqdim etadi.

🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS International rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

UBS professor-o‘qituvchilari Turkiyada malaka oshirdi


🔸 University of Business and Science delegatsiyasi Karabuk universitetida tashkil etilgan malaka oshirish darslarida ishtirok etdi. Ushbu ta’lim safarida ustozlarimiz ilg‘or pedagogik yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda o‘quv jarayonlarini boshqarish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

🔸 Dastur yakunida UBS professor-o‘qituvchilariga Karabuk universiteti tomonidan sertifikatlar topshirildi. Bu sertifikatlar ularning xalqaro tajribasini e’tirof etib, kelgusida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✔️Safar davomida xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, UBS vakillari global akademik maydonda o‘z o‘rinlarini yanada kuchaytirishga muhim qadam qo‘ydi.

🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS International rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🕊1
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

⚡️ UBS o‘qituvchilari xalqaro maydonda e'tirof etildi

University of Business and Science professor-o‘qituvchilari, Turkiyaning Karabuk universitetida malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Karabuk universiteti prorektori Prof. Dr. Hasan Solmaz
Sizlarni universitetimizda kutib olishdan mamnunmiz. Ushbu o‘zaro tashriflar akademik hamkorliklarimizni yanada rivojlantirishiga ishonamiz”, — deya ta’kidladi.


🔹 Mazkur amaliy tashrif Karabuk universiteti rasmiy saytida ham keng yoritildi. O‘qituvchilarimizning xalqaro tajriba orttirishi hamkorlik aloqalarining mustahkamlanayotganidan dalolatdir.

🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

🤤 UBS & Malta: nega aynan bu davlat?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) reytingiga ko‘ra, Malta sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha Yevropadagi eng ilg‘or top-5 davlatlar sirasiga kiradi.

Yevropa Ittifoqi a’zosi sifatida bu mamlakat tibbiyoti eng yuqori standartlar asosida yo‘lga qo‘yilib, davlat va xususiy klinikalar yagona protokollar asosida ishlaydi, xizmat sifati esa mustaqil ekspertlar tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.


Malta tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik — UBSning xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlashdagi strategik yondashuvining bir qismi.

Biz talabalarimiz Yevropa tajribasini ta’lim jarayonidayoq o‘zlashtirishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratamiz.

🌐 qabul.ubsu.uz
☎️ +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430)

🏛 Sen shifokor bo‘la olasan!

Rasmiy sahifalarimiz:
👍 Telegram | 👍 Instagram

👍 Facebook | 👍 YouTube | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

UBS ustozlari ilmiy izlanishda – bu safar Germaniya!

University of Business and Science'ning Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Sadikova Salima Germaniyaning nufuzli Johannes Gutenberg nomidagi Mainz Universitetida ilmiy-amaliy safarda.

🔺 Ustozimiz mazkur safar davomida o‘z ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari uchun manba va materiallar to‘plamoqda.

🔺 Amaliyot jarayonida u xorijiy tajriba, zamonaviy tadqiqot metodlari hamda ilmiy hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.


Bu tashabbus — nafaqat shaxsiy ilmiy o‘sish, balki UBS’ning xalqaro miqyosdagi ilmiy aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir.

🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS International rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍21🔥1🤩1
🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏

Yaponiya bilan hamkorlikda UBS professor-o‘qituvchilarining malakasi oshiriladi

🇺🇿🇯🇵Ayni kunlarda University of Business and Science (UBS) rahbariyati Yaponiyaning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ta’kidlash joizki, bu tashrif joriy yil iyun oyida Yaponiyada erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.

Xususan, UBS ta’sischisi Omon Sultonov va Kuzatuv kengashi raisi professor Elyorjon Jumayev boshchiligidagi delegatsiyamizni Tsukuba universitetining global aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti professor Osamu Oneda, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va Global aloqalar bo‘limi vakillari samimiy kutib olishdi.

Tsukuba universiteti rahbariyati tashrifni akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va institutlararo hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Shuningdek, 2025-yil kuzida UBS professor-o‘qituvchilarining ilk guruhi SPJES dasturi doirasida malaka oshirishi rejalashtirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ma'lumot o'rnida Tsukuba Universiteti, Yaponiya va xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega:
🔵 Dunyo reytingida (THE) TOP-350 talik ;
🔵 Universitet kattaligi bo‘yicha Yaponiyada 2-o‘rinda;
🔵 Yaponiyadagi 800 dan ortiq universitet orasida 6-o‘rinni egallagan.


🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS International rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
2025/08/20 18:20:25
Back to Top
HTML Embed Code: