Telegram Group Search
⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universiteti ilimpazları tárepinen dinozavr súekleri tabıldı

🔘Búgingi kúnde mámleketimizde geologiya tarawına ayrıqsha itibar qaratılmaqta. Tábiyiy resurslardı úyreniw, jer qatlamlarınıń tariyxın tallaw hám geologiyalıq miyrastı saqlaw jolında ilimiy izleniwler barǵan sayın keńeyip barmaqta. Usı maqsette Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde de geologiya baǵdarında nátiyjeli ilimiy izlenisler alıp barılmaqta.

🔘Usı tiykarda, 12-oktyabr kúni Sultan Ways taw dizbekleriniń Xojakól taw aldı aymaǵında universitettiń "Tábiyiy geografiya hám gidrometeorologiya" kafedrasınıń professor-oqıtıwshıları, Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyiniń direktorı Axmetjan Axmetshaevlar qatnasıwında dala-izertlew jumısları ámelge asırıldı. Izertlewler dawamında bor dáwirine (shama menen 65-75 million jıl aldın) tiyisli bolgan dinozavr súyekleri tabıldı.

🔘Maǵlıwmatlarǵa bola, tabılmalar 3 metr tereńlikte shurf qazıw procesinde anıqlanǵan bolıp, dáslepki boljawlarǵa bola, olar aymaǵımızdı jasaǵan iri ot-shóp jewshi dinozavrlarǵa tiyisli bolıwı múmkin. Tabılǵan úlgiler arasında omırtqa, ayaq hám qabırǵa súekleriniń taslanǵan qaldıqları bar. Bul qaldıqlar arnawlı laboratoriyada tereń úyreniw hám tallaw ushın alındı.

🔘Usı alıp barılǵan jumıslar haqqında búgin universitettiń "Tábiyiy geografiya hám gidrometeorologiya" kafedrasınıń professor-oqıtıwshıları, Ózbekstan mámleketlik geologiya muzeyiniń direktorı A.Axmetshaevlar universitettiń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov penen sáwbetlesti. Sáwbetlesiw barısında bul tabılma tek ǵana Qaraqalpaqstan emes, al pútkil Ózbekstan aymaǵınıń geologiyalıq hám paleontologiyalıq tariyxın úyreniwde áhmiyetli ilimiy dárek bolatuǵının aytıp, bunday tabılmalar jas geolog hám geograf qánigeler ushın ámeliy tájiriybe mektebi wazıypasın atqarıp atırǵanın da atap ótti.

🔘Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti geologiyalıq izertlewler baǵdarında alıp barıp atırǵan bunday izlenisler, jas qánigelerdiń qatnasıwındaǵı dala ámeliyatları hám xalıqaralıq ilimiy birge islesiwler arqalı, mámleketimizdiń geologiya hám paleontologiya tarawınıń jáne de rawajlanıwına múnásip úles qosıp kelmekte.

➡️Tolıq oqıw

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qoraqalpoq davlat universiteti olimlari tomonidan dinozavr suyaklari topildi

🔘Bugungi kunda mamlakatimizda geologiya sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tabiiy resurslarni o‘rganish, yer qatlamlari tarixini tahlil qilish va geologik merosni asrash yo‘lida ilmiy izlanishlar tobora kengayib bormoqda. Shu maqsadda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham geologiya yo‘nalishida samarali ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

🔘Shu asosda, 12-oktyabr kuni Sulton Vays tog‘ tizmalarining Xo‘jako‘l tog‘oldi hududida universitetning "Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori Axmetjan Axmetshaevlar ishtirokida dala-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida bo‘r davriga (taxminan 65-75 million yil oldin) mansub bo‘lgan dinozavr suyaklari topildi.

🔘Ma’lumotlarga ko‘ra, topilmalar 3 metr chuqurlikda shurf qazish jarayonida aniqlangan bo‘lib, dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular hududimizda yashagan yirik o‘txo‘r dinozavrlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Topilgan namunalar orasida umurtqa, oyoq va qovurg‘a suyaklarining tashlangan qoldiqlari bor. Bu qoldiqlar maxsus laboratoriyada chuqur o‘rganish va tahlil uchun olindi.

🔘Ushbu olib borilgan ishlar haqida bugun universitetning "Tabiiy geografiya va gidrometeorologiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston davlat geologiya muzeyi direktori A.Axmetshaevlar universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ushbu topilma nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekiston hududining geologik va paleontologik tarixini o‘rganishda muhim ilmiy manba bo‘lishini aytib, bunday topilmalar yosh geolog va geograf mutaxassislar uchun amaliy tajriba maktabi vazifasini o‘tayotganini ham ta’kidladi.

🔘Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti geologik tadqiqotlar yo‘nalishida olib borayotgan bunday izlanishlar, yosh mutaxassislar ishtirokidagi dala amaliyotlari va xalqaro ilmiy hamkorliklar orqali, mamlakatimizning geologiya va paleontologiya sohasining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Xalıqaralıq qızlar kúni" keńnen belgilendi

🤔Búgin, 13-oktyabr kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde hayal-qızlar keńesi tárepinen 11-oktyabr - "Xalıqaralıq qızlar kúni" múnásibeti menen "Dúnyanı tınıshlıq hám jaqsılıqqa ilhamlandıramız!" súreni astında bayram ilajı bolıp ótti. Ilajda professor-oqıtıwshılar, belsendi studentler hám qızlardıń ata-anaları qatnastı. Ilajdı universitet rektorı wazıypasın waqıtsha atqarıwshısı O.Duysenbaev ashıp berip, bársheni "Xalıqaralıq qızlar kúni" menen qızǵın qutlıqladı. Ol óziniń shıǵıp sóylegen sózinde mámleketimizde hayal-qızlardıń huqıqları menen máplerin qorǵaw, olardıń bilim alıwı, miynet etiwi, jámiyetlik turmısta belsene qatnasıwı ushın jaratılǵan keń imkaniyatlar haqqında aytıp ótti. Sonday-aq, universitette qızlardıń belsendiligin arttırıw, olardı ilim, mádeniyat hám sport tarawlarında qollap-quwatlaw baǵdarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslardı ayrıqsha atap ótti.

🤔Bunnan soń, Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalar ministrligi Innovaciyalıq rawajlanıw bóliminiń bas qánigesi, hayal-qızlar máseleleri boyınsha ministrdiń keńesgóyi M.Bekimbetova, universitet rektor másláháchisi I.Seytnazarovalar shıǵıp sóylep, mámleket kóleminde qızlardıń potencialın júzege shıǵarıw baǵdarında alıp barılıp atırǵan reformalar haqqında, sonday-aq, hayal-qızlar keńesiniń jumısı, qábiletli qızlar erisip atırǵan jetiskenlikler hám universitette hayal-qızlarǵa jaratılǵan sharayatlar haqqında aytıp, jıynalǵanlardı bayram menen qutlıqladı. Ilaj dawamında óz perzentlerin tálim-tárbiya procesinde belsene qollap-quwatlap kiyatırǵan bir topar qızlardıń ata-analarına universitet rektoratı tárepinen minnetdarshılıq xatları hám estelik sawǵaları tapsırıldı. Bayram ilajı universitet talantlı jasları tárepinen tayarlanǵan ráńbáreń koncert baǵdarlaması menen dawam etti.

➡️Tolıq oqıw

⚡️Qoraqalpoq davlat universitetida "Xalqaro qizlar kuni" keng nishonlandi

🤔Bugun, 13-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida xotin-qizlar kengashi tomonidan 11-oktyabr - "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va qizlarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi O.Duysenbayev ochib berib, barchani "Xalqaro qizlar kuni" bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, universitetda qizlarning faolligini oshirish, ularni ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qayd etdi.

🤔Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish bo‘limi bosh mutaxassisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi M.Bekimbetova, universitet rektor maslahatchisi I.Seytnazarovalar so‘zga chiqib, mamlakat miqyosida qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida, shuningdek, xotin-qizlar kengashi faoliyati, iqtidorli qizlar erishayotgan yutuqlar va universitetda ayollarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida o‘z farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayonida faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan bir guruh qizlarning ota-onalariga universitet rektorati tomonidan minnatdorchilik xatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbiri universitet iqtidorli yoshlari tomonidan tayyorlangan rang-barang konsert dasturi bilan davom etdi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/17 15:12:24
Back to Top
HTML Embed Code: