Telegram Group Search
#ozodalik_oyligi

Yangiyo‘l tumani Ahil mahallasidagi ko‘p qavatli uylarni tozalik va ozodalik oyligi doirasida tartibga keltirish, obodonlashtirish, chiqindilardan holi hududga aylantirish, uyning fasad qismini bo‘yoqlash, mavjud muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish
👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2👎1👏1
#ragʼbat

Yangiyo‘l tumani Nurobod mahallasida hududni tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha hashar ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur sa’y-harakatlarda faol ishtirok etayotgan fuqarolar homiylar tomonidan rag‘batlantirilib, ularga go‘sht mahsulotlari tarqatilmoqda.

Shuningdek, mahalliy tashabbuskor tadbirkorlar ham obodonlashtirish ishlarida homiylik ko‘rsatib, o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍6😁2
Sog‘lom turmush va sport haftaligi – Yangiyo‘lda!

💁‍♀ Yangiyo‘l tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan sportning shaxmat va shashka, futbol, voleybol hamda basketbol turlari bo‘yicha mahallalarda musobaqalar tashkil etilmoqda.

Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro do‘stona muhitda bellashmoqda.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍3
Suv resurslarini tejash va samarali boshqarish maqsadida irrigatsiya tarmoqlari yaxshilanmoqda

Yangiyo‘l tumani suv yetkazib berish xizmati balansida jami 28 ta irrigatsiya kanali o‘tgan bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 170,5 kilometrni tashkil qiladi.

2025–2026 yillar kuz-qish mavsumi uchun tasdiqlangan ta’mirlash va tiklash dasturi doirasida 28 kilometr kanalni maxsus texnikalar yordamida tozalash ishlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, dastur asosida 8 ta gidrotexnik inshoot va 11 ta gidropostni ta’mirlash ishlari ham amalga oshiriladi.

Ayni kunlarda OL-4 kichik jo‘n kanalida 5,7 kilometr uzunlikdagi tozalash ishlari to‘liq yakunlandi.

Shu bilan birga, R-16 kanalida PK 70+00 dan 100+00 qismigacha bo‘lgan masofada loyqalarni tozalash va suv oqimini yaxshilash ishlari jadal davom etmoqda.

Bu ishlar suv resurslaridan samarali foydalanish, dehqon va fermer xo‘jaliklarining sug‘orish mavsumida muammosiz ish faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2
“O‘zbekiston va jahon” mavzusidagi “Kelajak soatlari” yoshlarda vatanparvarlik va ochiqfikrlilikni shakllantiradi

Bugun Yangiyo‘l tumanidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “O‘zbekiston va jahon” mavzusiga bag‘ishlangan "Kelajak soatlari" darslari tashkil etildi.

O‘zbekiston o‘zining boy tarixi, madaniyati va an’analari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallamoqda.

Xalqaro do‘stlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda mamlakatimizning faol ishtiroki bugungi kunda dunyo miqyosida e’tirof etilmoqda.

O‘zbekiston va jahon” mavzusi orqali yoshlarimiz nafaqat chet tillarini o‘rganish va global raqobatbardoshlikka tayyorlanish, balki o‘z ona tili, milliy qadriyatlar va o‘zbek xalqining boy tarixini hurmat qilish muhimligini angladilar.

O‘zbekiston – jahon bilan hamnafas, ammo o‘z ildizlariga sadoqatli mamlakat.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
2025/10/27 13:50:16
Back to Top
HTML Embed Code: