#Jarayon
Yangiyoʻl tuman MMTB tasarrufidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyotchi psixologlar va logopedlar bilan hamkorlikda ʼʼRavon soʻzlashaylikʼʼ mavzusiga oid tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirga Toshkent viloyati MMTB psixologi N.Azimova tashrif buyurdi.
Maqsad:
🔹 maktab oʻquvchilari orasida nutqida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash va ularga toʻgʻri koʻrsatmalar berish.
🔹 oʻquvchilarning oʻz -oʻzini anglash;
🔹 oʻquvchilarning fiziologik, psixologik xarakteristikasini oʻrganish;
🔹tumanimizdagi barcha nutqida nuqsoni bor oʻquvchilarni kompleks davolash choralarini koʻrish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar bilan tanishish.
Tadbir tuman psixologlari hamda tuman logopedlarida ajoyib taassurotlar qoldirdi.
Ularga kerakli tushuncha va xulosalar berildi. Tadbir soʻngida bir guruh psixologlar va logopedlar ish faoliyatida erishayotgan yutuqlari uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Kanalga a’zo boʻlish 👈
✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu
Bir asrning yuzini qarshi olayotgan otaxon hamon tetik va bardam
— Urush boshlangan yillar 7 sinfida o‘qir edim, — deydi Nodir ota Mansurov. — Urush qiyinchiliklari tufayli oilaga suyanchiq bo‘lishga harakat qildim. Dalalarga chiqib mehnat bilan shug'ullandim. Ne-ne yetishmovchiliklar kamlik qilganday oilamizga og‘ir musibat keldi. Katta akam Turdiboy urushda halok bo‘lganligi haqida qora xat oldik. Keyin armiya safiga chaqirildim. Suronli janglarni esa 1944-yili Polsha tuprog‘ida boshdan kechirganman. Shu kunlarga yetib kelganimga shukr qilaman. Yana bir gap: Yangiyo'l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonida biriktirilgan Muhabbat ismli assistent ayol doim mendan xabar oladi. Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan eʼtibordan mamnunman. Tinchlikni qadriga yetish kerak.
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter

👍8
BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
Yangiyo‘l tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tuman prokuraturasi tashabbusi bilan bugun Xalqobod mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markazi binosida navbatdagi "Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 14 ta yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar 206 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
Bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida 60 dan ziyod fuqarolar ishtirok etishdi.
26 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Ishsiz fuqarolarning 18 tasi kasb-hunarga jalb qilindi. Tadbirda qatnashgan 16 nafar fuqarolarga bandlik yo‘nalishida o‘zini-o‘zi band qilish, tadbirkorlikni boshlash tartiblari to‘g‘risida kerakli maslahatlar berildi.
Kanalga a’zo boʻlish 👈
✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube|Web-site

"Inson qadri uchun - inson baxti uchun" degan olijanob g‘oya umumxalq bayramiga aylansin!
Yangiyo‘l tumanida bu yilgi Navro‘z shodiyonalarini "Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!" degan bosh g‘oyasi asosida umumxalq sayillarini tashkil etish maqsadida bugun tuman hokimi O.Ataullayev rahbarligida tumandagi barcha korxona va tashkilotlar mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalqobod mahallasida joylashgan tumanning markaziy o‘yingohida bo‘lgan muloqotda Bosh prokuratura xodimi M.Asadov hamda tuman prokurori F.Boboraximovlar ham ishtirok etishdi.
Rahbarlar tomonidan tumandagi har bir mahallaga, hududga bahoriy kayfiyat va o‘yg‘onish faslining nafasini olib kirish topshirig‘i berildi. Ya’ni obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, aholi tomorqalariga e’tibor qaratish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini tartibga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

👍4🔥1
Borliqning o‘yg‘onishi qadriyat va an’analarimizga chorlaydi
Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullayev bugun hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari bilan Xalqobod, Nurobod, Keskan, Registon, Dehqonobod, Ozod, G‘alaba, Samarqand, Said-ota, Obod va Qirariq mahalla hududlarini tanqidiy o‘rganib chiqdi.
Har bir hududning soha mas’uliga hamda mahalla raisiga obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, ona zaminga mehr va e’tibor qaratib qishloq xo‘jaligi hamda aholi tomorqalarini tartibga keltirib, ekinga tayyorlash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, daraxtlarni oqlash, uylaning fasad qismini bo‘yoqlash, vaqtincha ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash kabi bir qator vazifalar muddatlari ko‘rsatilgan holda belgilab berildi.
Tumandagi har bir mahallaning bugungi qiyofasini tanqidiy-tahliliy o‘rganish davom etadi.

👍6🔥1