🎉 Milliylik, an’ana va oila qadri – bir sahnada!13-iyun kuni Yashnobod tumanida
“Milliy-Yashnobod” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir shodiyona tarzida o‘tdi!
🇺🇿🎉📌Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti hovlisi bugun to‘yxonadek bezatildi:
🔸 Hunarmandlar mahorati,
🔸 Milliy liboslar defilesi,
🔸 Raqslar, qo‘shiqlar va tantanali chiqishlar — hammasi oilaviy muhitda bo‘lib o‘tdi.
🧵 Tadbir doirasida
“Kashtalar jilosi” nomli milliy kashtachilik ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda yurtimizning turli hududlariga xos naqshlar, bezaklar va ayollarning nozik didi o‘z aksini topdi.
🎙 Folklor jamoalardan tortib, maktab yoshlarigacha sahnada o‘z iste’dodini namoyon etdi. Xorazmcha raqslardan tortib, “Ey nozanin” kabi qo‘shiqlar tinglovchilar qalbidan joy oldi.
👥 Tadbirda Toshkent shahar va Yashnobod tumani hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga samimiy tilaklar va fikr-mulohazalarini bildirdi.
🥋 Sportbop tuhfa sifatida esa tadbir “O‘zbek jang san’ati” namoyishi bilan yakunlandi.
📸 Mehr, an’ana va yuksak kayfiyat uyg‘unlashgan bu tadbir har bir qatnashchi xotirasida iliq hislar qoldirdi.
🤩 Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati 📱 Facebook 📱 Youtube📱 Instagram 📱 Website