Bugun dunyoning yetakchi mamlakatlari bilimli, salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga alohida eʻtibor qaratmoqda. Bu bejiz emas. Zero, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar jarayonida jahon andozalari darajasida bilim olgan, zakovatli, har tomonlama barkamol milliy kadrlarga ehtiyoj sezadi. Bugun oliy taʻlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʻlim berish, hayotini yaxshilash, eng muhimi, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, "5 muhim tashabbus"ning to'rtinchisi "yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish" maqsadida Tillar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 3-sonli TTJda "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Unda talaba-qizlar kurslar kesimida o'zaro bellashdilar. Har tomonlama zukko qizlarimiz 4 guruh bo'lib yana bir bor intellektlarini sinovdan o'tkazishdi.
@navdu_navsu
❤34🔥9👍5🎉3🥰2👏2🤩2😍2💯1
Kitob — inson tafakkurining qanoti
Talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi talabalari va tyutorlari Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda 3-sonli TTJ da “Mutolaa” nomli kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Unda Ahmad Lutfiy Qozonchining “Qaynona” asari yuzasidan shartlar tuzildi. Tanlov qiziqarli, ibratli, talabalarnin kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaaga mehr uyg‘otish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga hamda yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitishga xizmat qildi.
@navdu_navsu
❤7👍1
#qonunchilik_yangiliklari
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.
Kasbiy ta’lim agentligi:
➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;
➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.
➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.
2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.
🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.
Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.
Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.
Kasbiy ta’lim agentligi:
➖ texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;
➖kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.
➖Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.
2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.
🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
BUGUN – ICHKI ISHLAR XODIMLARI KUNI!
Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, ofitserlar, serjant va safdorlar, shuningdek, soha faxriylari!
Sizlarni Navoiy davlat universiteti jamoasi hamda o‘z nomimdan, kasb bayramingiz — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Hurmatli soha fidoiylari!
Sizlarning yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlaringiz tahsinga loyiq. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va omonlik yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Muxiddin KALONOV,
Navoiy davlat universiteti rektori

Bugungi kunda yurtimizda ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish, ularning faoliyatini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish, xodimlarning shaxsiy va kasbiy salohiyatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida tizimning nufuzi yuksalib, xalq ishonchini qozonmoqda. Shuni faxr bilan ta’kidlash joizki, xalqimiz sizlarni — o‘z hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya etishdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan, Vatanga sadoqatli insonlar sifatida e’zozlaydi.
Sizlarning tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va matonatingiz tufayli mamlakatimizda osoyishtalik va barqarorlik mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning “Odamlar ichki ishlar organining har bir xodimida o‘z himoyachisini ko‘rishi kerak”, degan chuqur mazmunli so‘zlari sizlarning mashaqqatli, lekin sharafli faoliyatingizga dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hurmatli soha fidoiylari!
Sizlarning yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlaringiz tahsinga loyiq. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va omonlik yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Muxiddin KALONOV,
Navoiy davlat universiteti rektori
👍13❤5🔥1🎉1
#xushxabar
@navdu_navsu
Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi yoʻnalishi 2-kurs talabasi Atamurodova Gulnigor Abdumurod qizi Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Millatlar mozaikasi” xalqaro festivalida faol ishtirok etdi.
Natijada talabamizning ilmiy-ijodiy faoliyati va xalqaro miqyosdagi tashabbuslari e’tirof etilib, Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishonini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan “ijodkor va iqtidorli yoshlar” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
@navdu_navsu
❤3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Talaba Ekspo-2025" ko`rgazmasi
🗓 23.10.2025
⏰ 18:00
📍Navoiy viloyati
✅ joyida_informatsion
🌐 joyida_informatsion_rasmiy
🗓 23.10.2025
⏰ 18:00
📍Navoiy viloyati
✅ joyida_informatsion
🌐 joyida_informatsion_rasmiy
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
12:00 25.10.2025
Navoiy ijodining yangicha ilmiy talqinlari
#Navoiy
muxbir: Shiringul Asoyeva
https://www.group-telegram.com/zamon_lavhalar
Navoiy ijodining yangicha ilmiy talqinlari
#Navoiy
muxbir: Shiringul Asoyeva
https://www.group-telegram.com/zamon_lavhalar
❤7👍2👏1