Telegram Group Search
Forwarded from Tez_yordam_Samarqand_103
🩺 САМАРҚАНДДА “ЭНГ ЯХШИ ТЕЗ ТИББИЙ ЁРДАМ БРИГАДАСИ – 2025” КЎРИК-ТАНЛОВИ БЎЛИБ ЎТДИ 🏥

📍 2025 йил 16–17 октябрь кунлари Самарқанд шаҳрида жуда муҳим ва амалий аҳамиятга эга бўлган тадбир – “ЭНГ ЯХШИ ТЕЗ ТИББИЙ ЁРДАМ БРИГАДАСИ” номли вилоят кўрик-танлови бўлиб ўтди.

Ушбу танлов Республика тез тиббий ёрдам маркази Самарқанд вилояти филиали ташаббуси билан ташкил этилди. Вилоятнинг барча туман ва шаҳарларидаги тез тиббий ёрдам станциялари ҳамда шохобчаларидан врач ва фельдшерлар иштирок этишди. Улар ўз билим ва кўникмаларини намоён этиш мақсадида беллашишди.


👨‍⚕️👩‍⚕️ Танлов 2 асосий босқичда ўтказилди:

1️⃣ Назарий босқич — иштирокчилар махсус тайёрланган тест саволларига жавоб бериш орқали ўз билим савиясини синашди. Саволлар тез тиббий ёрдамда зарур бўлган билим ва клиник фикрлашни талаб қиладиган йўналишларни қамраб олди.

2️⃣ Амалий босқич — реал ҳаётий ҳолатларга яқинлаштирилган симуляция (вазиятли масалалар) орқали ўтказилди. Бунда иштирокчилар:

-тезкор равишда биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш,
-бемор ҳолатини баҳолаш,
-касаллик ёки жароҳат даражасини аниқлаш,
-шифохонага тўғри ва тез етказиш бўйича ўз амалий кўникмаларини намоён этишди.


🩹 Ҳар бир иштирокчи жамоавий ишлаш, тезкор қарор қабул қилиш, аҳолига сифатли ва самарали ёрдам кўрсатишдаги салоҳиятини намоён қилди.

🏅 Ғолиб ва фаол иштирокчилар танлов якунида диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланди. Шунингдек, энг яхши деб топилган бригадалар “Республика босқичи”да иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди.

📢 Нега бундай танловлар муҳим?
Бундай тадбирлар тез тиббий ёрдам соҳасида ишлаётган ходимларнинг билим ва маҳоратини ошириш, тезкор ҳолатларда самарали ишлашини таъминлаш, энг муҳими — аҳолига кўрсатиладиган ёрдамнинг сифатини янада яхшилашга хизмат қилади.

🔔 Агар сизга ушбу тадбир ҳақида тўлиқ видеорепортаж ёки интервьюлар ҳам қизиқ бўлса — каналимизда қолинг!

RASMIY|LIVE|SPORT|TV

📷Instagram I 😎Facebook I 🌐You tube I💬Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍13👏3🔥1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон касаба уюшмалари фаоллари ва фахрийлари билан учрашувдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на встрече с активом и ветеранами профессиональных союзов Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍6🔥2🙏2
103 рақамига битта қўнғироқ ва тез ёрдам йўлда. Ўзбекистондаги 3 мингга яқин тез ёрдам бригадаси йилига камида 13 млн чақирувга хизмат кўрсатади. Gazeta шифокорлар жамоаси билан бир кун бирга юриб, вазифаси одамлар ҳаётини сақлаб қолиш бўлган бу инсонлар меҳнати ортида нималар тургани билан танишди.

https://www.gazeta.uz/uz/2025/10/18/ambulance/

Telegram | Instagram | YouTube
15👍11👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialida “Eng yaxshi tez tibbiy yordam brigadasi - 2025” viloyat koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

Koʻrik tanlov toʻgʻrisida tafsilotlar videolavhada.

#tez_tibbiy_yordam #tanlov #Samarqand

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍31👌1
21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni


Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan yurtimizda keng nishonlanayotgan 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ona tilimiz – oʻzbek tili –millatimiz timsoli, mulki, ruhi, tarixi, oʻzligini koʻrsatuvchi bebaho boyligimizdir.

Bu bayramni yer yuzida oʻzbek tilini ona tili deya tan olgan barcha insonlar mamnuniyat bilan nishonlaydilar. Bugun tilimizni eʻzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi jamiyatdagi mavqeini yuksaltirishga kuchli eʻtibor qaratilmoqda.

Ushbu qutlugʻ kunda barchamizni ona tilimizni eʻzozlashga, uni har sohada, xususan, ilm, texnologiya va diplomatiya tillaridan biri sifatida rivojlantirishga oʻz hissamizni qoʻshishga chorlaymiz.

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

#tez_tibbiy_yordam #davlat_tili #muhim_sana #Uzbekistan

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
👍6👏32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
Tanishing!

Azamat Abduraxmonov — Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona filiali direktori oʻrinbosari.

Azamat Shuxratovichning tez tibbiy yordam sohasidagi faoliyati haqida videolavhada koʻring!

#tez_tibbiy_yordam #tanishish #Fergana

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4🔥21
🟦🟦🟦

Bugun Xorazm viloyatida “Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch hamda vositalarining aholini va hududlarni muhofaza qilishdagi harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi boshlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxoʻjayev, Xorazm viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshligʻi Joʻrabek Raximov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov oʻquv mashqidan koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar xususida toʻxtaldilar.

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlarida Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati filiallarining tez tibbiy yordam briagadalari faol qatnashmoqda.

#tez_tibbiy_yordam #FV #Xorazm

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5🙏1
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍43🎉2👏1
Forwarded from Tez_yordam_Samarqand_103
#MUNOSABAT

Tibbiyotda Nazorat — Hayotiy Zarurat


Bugun ayrim tarmoqlarda tibbiyot rahbarlarining tungi vaqtda tez yordam shoxobchalariga kelib nazorat õtkazgani “noqonuniy” degan iddaolar tarqalmoqda

103 xizmati kunu-tun uzluksiz faoliyat kõrsatadi Bemor kutib õtirmaydi kasallik kechayu kunduz yuzaga chiqadi Rahbarlarni tungi vaqtda shoxobchalarni kuzatishi – bu tartib-intizomni mustahkamlash xizmat sifatini oshirish muhimi inson hayotini asrashga qaratilgan

Tekshiruvlarning asosiy maqsadi Tez yordam chaqiruvlarga õz vaqtida chiqishini ta’minlash

Shifokor va navbatchilikdagi tayyorgarligini õrganish

Dori-darmon tibbiy anjomlar va mashinalarni doimiy tayyorligini nazorat qilish

Shuni unutmaslik kerakki nazorat — jazolash emas balki tartibni mustahkamlash vositasi Agar rahbarlar faqat ish kunining oxirida emas balki tun yarimida ham xodimlar faoliyatiga befarq bõlmasa bemorlar va butun jamiyat yutadi

Har bir qutqarilgan inson hayoti ortida shifokorlar mehnati bilan birga tizimning tôğri tashkil etilgani ham turadi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali matbuot xizmati

RASMIY|LIVE|SPORT|TV

📷Instagram I 😎Facebook I 🌐You tube I💬Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👌2🔥1
2025/10/23 02:20:36
Back to Top
HTML Embed Code: