Telegram Group Search
Restoran, kafe, choyxona umuman ovqatlanish markazlariga eng ko'p qancha pul sarf qilgansiz?

Javobingizni izohlarda qoldiring
#Message

Urunishlarning soni qanchaligi yoki necha marta yiqilganingiz muhum emas. Eng muhumi hamma sizni sindi deb o'ylagan vaqtda o'zingizda kuch topib qayta oyoqqa tura olishingizda. Unutmang tunning eng qorong'u payti tong otishiga bir necha daqiqa qolganida bo'ladi. Siz intilgan maqsadingizga haqiqatda munosib ekanligingizga hech qachon hatto bir soniyaga shubha qilmang. Sizga ishonmaganlarga bir jilmayib oq yo'l tilang. Robbimning adolatiga bandasi chiday olmaydi, har doim uning rahmatidan umid qiling! avvalo o'zingiz uchun adolatli bo'ling. Chindan istagan inson xarakatga tushadi, xarakatda emasmisiz - demak nimadir xato! O'ylang, nimaga siz aynan shu yerda, shu holatda va shunday insonlar davrasidasiz. Savollar ko'payishi javoblarni izlab topilishiga turtki bo'ladi. Anglang, kimsiz, qayerga qarab ketayapsiz va nimalarga intilyapsiz. Hozirgi ahvolingizdan kelib chiqib butun umringiz uchun xulosa chiqarmang. Tushuning, bu dunyoda hamma narsa o'zgaruvchan. Odamlar, xolatlar, munosabatlar barcha barchasi o'zgaradi. O'zgarish qay tomonga bo'lishi o'z qo'lingizda. Dadil bo'ling!

@Subxon_Ali
Hayot ham ba'zida o'zining qizil chroqlarini senga yoqib qo'yadi. Va sen oldingdagilarni kuzatishdan boshqa hech nima qilolmay qolasan...
Turli xil masalalarga turli xil rakurslardan qarash mumkin!
Inson hissiyotlariga emas aqliga tayanib qilgan qarorlarida ishonchsizlik bo'lishi mumkin, ammo keyin pushaymonlik va anduhlar bo'lmaydi.

© AlManarx
Rejalashtir

- Eng osonidan boshla

Bir kunda inson miyyasida deyarli 10 minga yaqin o'y va fikrlar aylanadi. Ular orasida shu darajada keraksiz va chiqindi ma'lumotlar ko'pki, inson ba'zida asosiy qilishi kerak bo'lgan vazifalarini ham unutib qo'yadi. Bunday holatda rejalashtirish va belgilangan vazifalarni bajarishni eng osonlaridan boshlash samara beradi. Sizga malol kelmaydigan va qisqa fursatda qila oladigan 3 ta asosiy vazifangizni belgilab oling. Keyin esa, ularni bajarish uchun o'zingizga vaqt belgilang. Boshlanishiga 3 ta vazifa sizning bor yo'g'i 1 soat vaqtingizni olsa ham yetarli. Bu nafsingizga xush yoqadi.

- Boshqalarga taqlidan qilma
Sizni ilhomlantirgan ish boshqalarning muvaffaqiyatidan kelib chiqib boshlanayotgan bo'lsa, darhol to'xtang. Siz eng avvalo o'z shaxsiyatingizni qurish ustida ishlayapsiz. Boshqalarning shaxsiyatiga tan berish bilan muvaffaqiyatga erishish qiyin. Sizdagi potensial kuch boshqalarnikidan ko'ra past yoki ustun emas, shunchaki sizning o'z yo'nalishingiz va ustunroq yo zaifroq jihatlaringiz bo'lishi mumkin.

- Doimiylik
Har bir o'zingiz uchun belgilagan vazifa toki sizda odat tusiga kirmagunicha, o'zingizga yanada qiyin yoki sizga malol keladigan boshqa vazifalarni qo'shmang. Toki dastlabki vazifa siz uchun odatiy holga kelmagunicha. Har kungi qilinadigan vazifalaringiz sizga odatda muammo tug'dirmaydi to'g'rimi? Shunday ekan har bir yangi vazifani shu holatga olib kelib keyin yana yangi maqsad va vazifalarga o'tsangiz bo'ladi.

@Subxon_Ali
Hamma uzoq yashashni xohlaydi, ammo hech kim qarishni xohlamaydi

Benjamin Franklin - Almanax
Ba'zida 2 qadam oldinga tashlash uchun 1 qadam ortga chekinib turishga to'g'ri keladi.

Qulay fursatni kutish, fursatni boy bermaslik kabi juda muhum!
Ba'zi insonlar bu dunyoga buyuk bo'lish uchun kelishadi, boshqalar esa yashab qolish uchun...
Bir kun kelib bu kunlarni ham qachonlardir deb eslashadi. Ba'zilarni qachonlardir, boshqalarni esa kimdir. O'ylab ko'r sen shu davr eslangandagi bir zarramisan yoki noming bilan eslanadigan bir davr...
"Yigitning omadi bilan o'ynashmang" bu gapni qachondir omadi kelishiga ishonib yotgan dagasalar o'ylab topgan. Omadning kaliti - tinib-tinchimaslik va doimiy harakat.
Bu she'r aynan hozirgi holat uchun yozilgandek.

Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Niyati bo‘lakcha, amali mavhum.
Bu eldan Buxoriy chiqishi mumkin,
Lekin g‘ariblikda yashashga mahkum.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi asrorlarini.
Mashrabni osadi va orqasidan
Yig‘lab o‘qib yurar ash’orlarini.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Botini chirkinlik, zohiri sodda –
O‘tkan kunlarini yozgan o‘g‘lini
Bilmay otib qo‘yar Yunusobodda.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Timsoh ko‘z yoshidan bitmish lug‘ati.
Ibn Sinoni-yu Ulug‘begini
O‘zi tug‘adi va o‘zi bo‘g‘adi.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Tushunib bo‘lmaydi sira ham, aytsam.
Bir jarlik ko‘raman yo‘l oxirida,
Oldinga yur, deydi orqaga qaytsam.
Gʻalati elat bu, g‘alati el bu,
Buyuklik sharafdir, biroq o‘y surmang.
Tag‘in, dardlarini eshitayin deb
Boburni sira ham uyg‘ota ko‘rmang!!!

©️ Xayrulla Hamidov
Tinimsiz harakat qil, yana va yana urunib koʻr. Urunishlaring soni 10, 100 yoki 10.000 dan oshiqmi buning ahamiyati yoʻq. Unutma sen to'xtamaguningcha barchasi davom etadi. Sen buni uddalasang odamlar seni muvaffaqiyatingni ko'rishadi. Uddalay olmasang, barchasi sen uchun tajriba bo'lib qoladi. Unutma, muvaffaqiyatga erishganingdan so'ng barcha qilgan xatolaring insonlar uchun kulgili emas, dohiyona tarjiba bo'lib ko'rinadi.

©️ Tomas Edison
📘 Dunyoni o'zgartirganlar
Бундай миллат ўлимга маҳкум аслида!

* Бизга ҳаво ҳам ҳаром!
«Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром»
Аҳмад деган киши Бурсада чашма қурдирди ва “«Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром», деб ëздириб қўйди.
Аҳмадни тутиб, қозининг ëнига олиб келишди.
– Нега фитна чиқараяпсан? Аҳолиси мусулмон бўлган давлатда сен савоб учун чашма қурдирибсан, лекин чашмадан сув ичишни мусулмонларга таъқиқлаб қўйибсан. Эсинг жойидами? Нега бундай қилдинг? Қатлинг вожибдир, – деди қози.
– Сабабини фақатгина Султонимга айтаман, – деди Аҳмад.
Воқеа Султонга етиб борибди. Аҳмадни саройга келтиришди. Султоннинг жаҳли чиқди, аммо Аҳмад қилган ишнинг сабабини билгиси келди.
– Бу нимаси, чашма қурдирасан, ҳам «Ҳаммага ҳалол, мусулмонга ҳаром», деб ëздирасан?
– Далилим бор, аммо исбот талаб қилади, – деди Аҳмад.
– Агар сен айтаëтган далил қувватли бўлмаса-чи?
– Агар ундай бўлса, бошимни олишсин!
– Хўш?
– Султоним, яҳудийларнинг исталган бир ибодатхонасидан дуч келган раввинни ҳеч қандай тушунтиришларсиз олиб келишсин! Бир ҳафта қамоқда сақланг. Нималар бўлишини кўринг!
Аҳмаднинг айтганини қилишди. Камчилик бўлган яҳудийлар бирлашиб, «Нима бўлаяпти? Бу қандай зулм? Раввин учун биз кафилмиз. Нима қилиш керак бўлса, айтинглар, қиламиз. Унинг айби йўқ. Керак бўлса, пул тўлаймиз», деб чиқишди. Ҳатто қўшни давлатлардан элчилар келди, мактуб устига мактуб.
Бир ҳафтадан кейин Аҳмад:
– Султоним, энди раввинни қўйиб юбораверинг, - деди.
Раввин қўйиб юборишди, яҳудийлар хурсанд. Султонга ҳар қаердан ташаккурномалар, совғалар.
– Айни шу ишни ҳар қандай черковдан битта роҳибни олиб келиб қилинг! – деди Аҳмад.
Бир роҳибни ушлаб келишди. Роҳиб билан ҳам шундай ҳолат: талаблар, норозиликлар, бу нима зулм, дейишлар.
Бир ҳафтадан кейин роҳиб қўйиб юборилди. Хурсандчилик, султонга ташаккурнома ва совғалар.
– Султоним, пойтахт аҳли энг яхши кўрадиган олимни минбардан олиб келишсин, – деди Аҳмад.
Аҳмаднинг айтганини қилишди. Энг катта марказий масжиднинг имомини айни Жума хутбасининг ўртасида олиб кетишди. Бирор киши чиқиб, «Нима бўлаяпти? Нима қилаяпсизлар? Ҳеч бўлмаса, хутбани тугатгунча кутиб турсангизлар бўлмайдими?» деган гапни айтмади.
Орадан бир ҳафта ўтди. Имом қаерда, аҳволи нима бўлди, деб ҳеч ким келмади. Ҳамма хурсанд. Бунинг устига одамлар орасида қўлга олинган имом ҳақида миш-мишлар тарқаб кетди:
– Биз унинг аслида кимлигини билмасдан, имом деб юрган эканмиз.
– Ким билсин, қандай гуноҳ қилди экан, бу имом?
– Э, воҳ, шунча пайт билмасдан, орқасида намоз ўқиб юрган эканмиз.
Бўлиб ўтган воқеалардан Султон ҳам хабардор. У Аҳмаддан сўради:
– Хўш, нима қиламиз энди?
– Имомни қўйиб юборамиз ва ундан узр сўраймиз.
– Тўғри айтасан, – деди султон.
Имом қўйиб юборилди. Аҳмад Султонга қараб деди:
– Эй, Султоним, ўзингиз айтинг, бундай мусулмонларга сув ҳалол бўладими?
Султон аччиқ табассум қилиб, деди:
– Буларга нафақат сен қурдирган чашманинг суви, ҳатто, ҳаво ҳам ҳаром!
***
– Султоним, бир кишини рост сўзни айтгани учун 15 сутка зиндонга ташласалар-у, бутун бошли миллатдан бир киши "Ҳой, нима қилаяпсанлар?!" демаса, у миллатнинг ҳукми нима бўлади? – деб сўради Аҳмад ривоят тамом бўлгандан сўнг.
– Унақа миллат ўлимга маҳкум! – деди Султон. – Ундай миллат кўп ўтмай ер юзидан миллат сифатида йўқ бўлиб кетади!
БИЗГА ҲАВО ҲАМ ҲАРОМ!
Ё шундай эмасми, сиз нима дейсиз?

Soyadagilarga ham ulashing ❗️
📌 https://www.group-telegram.com/Soyadagi
Orzular orzuligicha qolmaydi.
Ishonch
Mehnat
Sabr
Forwarded from Hamroh books nashriyoti
Hamroh books nashryotidan ilk badiiy asar

📘 Manzili noma'lum
Erishish mumkin bo'lgan narsalar uchun kurashiladi. Kurashishga ishtiyoq yoʻqmi, demak u narsa senga kerak emas. O'zingni qiynama va o'z yo'lingni top!
Bitmaydigan ishlar bitadi
Orzular ushaladi
Xatolar to'g'rlanadi
Ayblar kechiriladi
Yurak urib tursa bas.
2025/07/06 06:43:51
Back to Top
HTML Embed Code: