Telegram Group Search
Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Самарканд для участия в церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО. По доброй традиции, поездка началась с посещения мавзолея Имама Бухари.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ImomBuxoriy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining xotirasi yod etildi.

Почтена память Первого Президента нашей страны.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Глава нашего государства провел встречу с Президентом Словакии Петером Пеллегрини.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Birozdan so‘ng Samarqand shahridagi Kongress markazida UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi boshlanadi. Umumsiyosiy munozaralarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.

Tadbirni jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining YouTube, Telegram va Facebookdagi rasmiy sahifalari orqali tomosha qiling.

Скоро в самаркандском Конгресс-центре начнется церемония открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО. В Общеполитических дебатах примет участие и выступит с речью Президент Шавкат Мирзиёев.

Следите за прямой трансляцией мероприятия на официальных страницах Пресс-службы Президента в YouTube, Telegram и Facebook.

The opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference will soon begin at the Samarkand Congress Center. President Shavkat Mirziyoyev will take part in the General Political Debate and give an address.

Follow the live broadcast of the event on the official pages of the President’s Press Service on YouTube, Telegram and Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the opening ceremony of the 43rd session of the UNESCO General Conference

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan YUNЕSKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ilgari surilgan tashabbuslar:

- YUNЕSKOning alohida ehtiyojli bolalar uchun Inklyuziv ta’limni rivojlantirish platformasini joriy etish;

- Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish;

- YUNЕSKO ishtirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish;

- Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish;

- 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb e’lon qilish;

- YUNЕSKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros bo‘yicha xalqaro institutni tashkil etish;

- Qadimiy Buxoroda hunarmandchilik bo‘yicha 2027-yili xalqaro kongress o’tkazish;

- Xotin-qizlar yetakchiligi bo‘yicha YUNЕSKO akademiyasini tashkil etish;

- Samarqandda xotin-qizlarning Ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini o‘tkazish;

- YUNЕSKOning Ekologik poytaxti” global tashabbusini ilgari surish;

- YUNЕSKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish;

- Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha Xiva shahrida xalqaro simpozium o‘tkazish;

- Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini o‘tkazish;

- YUNЕSKOning Media savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyasini ishlab chiqish;

- Islom madaniyati va ma’rifatini dunyoga tarannum etish orqali radikalizm va islomofobiyaga qarshi samarali kurashish.
Raqamli asr va taʼlim: “AI–School” tashabbusi

YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasida raqamli texnologiyalar va taʼlim sohasidagi islohotlar muhim mavzulardan biri boʻldi.

Prezident Sh.Mirziyoyev sunʼiy intellektni taʼlim tizimiga joriy etish orqali gumanizm va texnologiya uygʻunligini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

Bu yoʻnalishda “AI–School” tashabbusi hamda YUNESKO huzurida Inklyuziv taʼlim platformasini yaratish taklifi ilgari surildi.

“Jismoniy va ijtimoiy xususiyatlaridan qatʼi nazar, har bir bolaga taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarni yaratib berish juda muhimdir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida.

Bu tashabbuslar taʼlim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar yaratish va yangi intellektual muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ayollar liderligi akademiyasi — tenglik va taraqqiyot yoʻlida

Prezident Sh.Mirziyoyevning yana bir muhim tashabbusi — Xotin-qizlar yetakchiligi boʻyicha YUNESKO akademiyasini tashkil etish boʻldi.

Akademiyaning tashkil etilishi fan, madaniyat, taʼlim va boshqaruv sohalarida ayollarning salohiyatini oshirish, ularning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tashabbus doirasida Samarqandda barcha qitʼalarning mashhur tadqiqotchilari, sanʼat namoyandalari, pedagog va ixtirochi xotin-qizlarning Taʼlim, madaniyat va fan sohasidagi global forumini oʻtkazish taklif etildi.
Islom sivilizatsiyasi va maʼrifat: Oʻzbekiston tashabbusi xalqaro hamjamiyat eʼtiborida

Dunyoda dinlararo ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bagʻrikenglik, oʻzaro tushunish va totuvlik kabi umuminsoniy gʻoyalarni keng targʻib etish har qachongidan ham muhim.

Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan YUNESKOning Samarqand sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslaridan biri – islom madaniyati va maʼrifatini dunyoga tarannum etish orqali radikalizm va islomofobiyaga qarshi samarali kurashish boʻldi.


Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda amalga oshirilgan noyob loyihalar – Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband tadqiqot markazlari salohiyatidan birgalikda foydalanishga chaqirdi.
“Samarkand ruhi” – XXI asr gumanitar manifesti

Prezident Sh.Mirziyoyev Samarqandda boʻlib oʻtayotgan YUNESKO bosh konferensiyasi insonparvarlik tamoyillari asosida hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash, oʻzaro ishonch muhitini mustahkamlash, barqaror rivojlanish boʻyicha global hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam boʻlishiga ishonch bildirdi.

YUNESKOning boqiy anʼana va qadriyatlaridan kuch olayotgan “Samarqand ruhi” bizni umumiy taraqqiyot sari yanada birlashishga undaydi, deya taʼkidladi Sh.Mirziyoyev.
UNESCO Ecological Capital – madaniy merosning ekologik "himoyachisi"

Iqlim inqiroziga qarshi birgalikda samarali kurashish ham dolzarb masaladir.

Oʻrtacha haroratning sezilarli darajada koʻtarilishi, muzliklarning erishi, choʻllanish, tuproq qatlamlari yemirilishi, urbanizatsiya jarayonlari madaniy meros obyektlarining holatiga jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda.


YUNESKOning bosh konferensiyasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri – "YUNESKO ekologik poytaxti" (UNESCO Ecological Capital) dasturidir.

Ushbu tashabbus “yashil” dasturlarni samarali amalga oshirayotgan shaharlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.


Bundan tashqari, davlatimiz rahbari YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim oʻzgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish taklifini bildirildi.

Mazkur masala boʻyicha Xiva shahrida iqlim oʻzgarishi sharoitida madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro simpozium oʻtkazish taklif etildi.
YUNESKO sessiyasida dezinformatsiya xavfiga alohida eʼtibor qaratildi

Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasida YUNESKOning mediasavodxonlikni rivojlantirish boʻyicha global strategiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, yosh avlodning eng yaxshi ijodiy ishlari, multimedia gʻoyalarini oʻzaro almashish uchun Bolalar madaniy kontenti xalqaro festivalini oʻtkazish tashabbusi qayd etildi.

Virtual makonda noxolis axborotlarni tarqatish, jamoatchilik fikrini chalgʻitish, diskriminatsiyaga qarshi birgalikda samarali choralar koʻrish jiddiy zaruratga aylanmoqda, deya taʼkidladi Sh.Mirziyoyev.
Prezident Sh.Mirziyoyev YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda oʻtkazilishiga izoh berdi:

Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik gʻoyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand shahrida oʻtkazilayotganida chuqur ramziy maʼno bor.

Bu qadimiy kent azaldan bashariyatning buyuk kashfiyotlari beshigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yashnagan maskan boʻlgan.

Birgina misol. Ulugʻ hukmdor va alloma Mirzo Ulugʻbek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinchalik Kopernik va Kepler kabi mashhur olimlarning ilmiy kashfiyotlari ochilishiga xizmat qilgani tarixdan yaxshi maʼlum.

Uch ming yillik shonli oʻtmishga ega, Buyuk ipak yoʻlining durdonasi boʻlgan, millat va elatlarning tinchlik va doʻstlik makoni – muazzam Samarqandga xush kelibsizlar!
19-noyabr – Hujjatli meros xalqaro kuni sifatida belgilash taklif etildi

Prezident Sh.Mirziyoyev YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi doirasida Xalqaro raqamli meros institutini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Bunday noyob meros obyektlari bo‘lgan xalq og‘zaki ijodiyoti, qo‘lyozmalar, arxivlar va qimmatli tarixiy hujjatlar, madaniy ma’lumotlarni saqlash, ularning barcha uchun ochiqligini ta’minlash maqsadida yaratilgan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirishdan manfaatdormiz, dedi davlatimiz rahbari.


Ushbu institut arxivlar, qo‘lyozmalar va nodir kolleksiyalarni raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston yetakchisi qadimiy Buxoro hunarmandchilik bo‘yicha YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘ining a’zosi ekanligini ta’kidlab, ushbu shaharda 2027 yili mazkur yo‘nalishda xalqaro kongressni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
🗺O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida uyg‘unlik ko‘prigi bo‘lishga tayyor – Sh.Mirziyoyev

Geosiyosiy keskinlik va harbiy mojarolar ta’sirida sayyoramizdagi noyob yodgorliklar, muqaddas qadamjolar va bebaho madaniy meros katta ziyon ko‘rmoqda.

Davlatlar o‘rtasida bilim va texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalanish bo‘yicha tafovut ortib bormoqda.

Buning natijasida imkoniyatlar tengsizligi va qashshoqlik kuchaymoqda. Bunday murakkab vaziyat YUNESKOning asosiy vazifalarini to‘liq amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni har qachongidan ham ko‘proq birlashtirishni taqozo etmoqda.

Biz YUNESKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida uyg‘unlik ko‘prigi, barcha uchun ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo‘lishga hamisha tayyor, dedi o‘z nutqida davlatimiz rahbari.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 06:17:29
Back to Top
HTML Embed Code: