#jahon_kimyo_sanoati_xabarlari
2034-yilga kelib polimer emulsiyalari jahon bozori 60 milliard dollarga yetishi mumkin
✅ 2024-yilda polimer emulsiyalari jahon bozorining hajmi 31 milliard dollarni tashkil etdi. 2034-yilga kelib u 60 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda. 2025-yildan 2034-yilgacha boʻlgan davrda bozor har yili oʻrtacha 6,73% oʻsishi mumkin. Bu haqda PR agentligi oʻzining soʻnggi hisobotida maʼlum qildi.
✅ 2024-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi global bozorda 35% ulush bilan yetakchi pozitsiyalarni egalladi. Bu miqdor pul ifodasida 10,8 milliard dollarni tashkil etib, 2034-yilga kelib 21 milliard dollarga yetishi mumkin. Bunda davrda mintaqaning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 6,88% ni tashkil etadi.
✅ Prognoz davri mobaynida eng tez oʻsadigan bozor — Shimoliy Amerika boʻlishi kutilmoqda. Oʻtgan yili mazkur mintaqaning bozordagi ulushi 31% ni tashkil qilgan. Yevropa 26%, Lotin Amerikasi 5%, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari esa 3% ulushga ega boʻlgan.
✅ Avvalroq 2034-yilga kelib jahon pigment dispersiyalari bozori 41,28 milliard dollargacha oʻsishi mumkinligi xabar qilingan edi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
2034-yilga kelib polimer emulsiyalari jahon bozori 60 milliard dollarga yetishi mumkin
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025
“Oʻzkimyosanoat” AJ “InnoWeek-2025” haftaligida oʻzining ilgʻor innovatsion mahsulotlarini namoyish etmoqda
😃 Toshkent shahridagi “SAEX Uzbekistan” koʻrgazma majmuasida VIII Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek-2025” oʻz ishini boshladi. “Chegarasiz gʻoyalar” shiori ostida oʻtkazilayotgan mazkur tadbir mamlakatimizda innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilgʻor texnologiya va innovatsiyalarni keng joriy etish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsion salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Innovatsion haftalik sohaning yetakchi vakillari, hamkor tashkilotlar, xalqaro ekspertlar hamda investorlar oʻrtasida tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.
😀 “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va tarmoq korxonalari ham “InnoWeek-2025” doirasida oʻzlarining zamonaviy, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etmoqdalar.
🤣 Jumladan, togʻ-kon sanoati uchun moʻljallangan qoʻrgʻoshin nitrat, rux nitrat, natriy tetraboray, shuningdek, laboratoriya tahlillari uchun ishlatiladigan natriy atsetat, Mor tuzi va Nessler reaktivi kabi mahsulotlar ishtirokchilar va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.
⚙️ Umuman, “InnoWeek-2025” haftaligida 400 ga yaqin innovatsion loyiha va ishlanma namoyish etilmoqda. Tadbir innovatsiya sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish va amaliyotga joriy etishda muhim qadam hisoblanadi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
“Oʻzkimyosanoat” AJ “InnoWeek-2025” haftaligida oʻzining ilgʻor innovatsion mahsulotlarini namoyish etmoqda
Innovatsion haftalik sohaning yetakchi vakillari, hamkor tashkilotlar, xalqaro ekspertlar hamda investorlar oʻrtasida tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kimyo_sanoati_mahsulotlari #savdo #birja
🤣 O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoati mahsulotlarining savdo yakunlari
📆 10.10.2025-yil
***
🤣 Итоги торгов продукцией химической промышленности на Узбекской республиканской товарно-сырьевой бирже
📆 10.10.2025 год
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
📆 10.10.2025-yil
***
📆 10.10.2025 год
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dayjest
📆 “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari hafta ichida
⚫️ “Oʻzkimyosanoat” AJ "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etdi.
⚫️ Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki rezidentlarining mahsulotlari Chexiyadagi yetakchi "MSV" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida namoyish etildi.
⚫️ BRIFING: 2025-yil 9 oyi davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida Davlat xaridlari doirasida tuzilgan 2518 ta shartnomaning barchasiga korrupsiyaga qarshi kurashish talablari kiritildi.
⚫️ “Maxam-Chirchiq”AJ da “Kimyoviy avariyalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
⚫️ Xitoyning “Beijing Jinshengyuan New Energy Technology” kompaniyasi vakillari “Navoiyazot”AJda bo‘lishdi.
⚫️ “Oʻzkimyosanoat” AJ “InnoWeek-2025” haftaligida oʻzining ilgʻor innovatsion mahsulotlarini namoyish etdi.
⚫️ “Navoiyazot”AJning tuzilmalari tarkibiga kiruvchi sanitar drujina xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
⚫️ “Yong‘indan ogohlik” oyligi doirasida bugun “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Tog‘-kon majmuasi xodimlari va mas’ullar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbek ayolining aqlu zakosi – ilm, taʼlim va innovatsiya sari!
🔷 Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Taʼlim, ilm va innovatsiyaga bagʻishlangan – Oʻzbek ayolining aqlu zakosi” nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
🔷 Unda institut rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
🔷 Tadbir avvalida tashrif buyurgan mehmonlar institut olimalari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
🔷 Shundan soʻng mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy va maʼnaviy faolligini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatiga toʻxtalib oʻtildi.
🔷 Yakunda ilm-fan va innovatsiya yoʻnalishida faol ishtirok etayotgan eng faol olimalar hamda iqtidorli talaba qizlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube
Mazkur tadbirning maqsadi ayollar va qizlarning taʼlim, fan, innovatsiya sohalaridagi oʻrni va hissasini eʼtirof etish, yosh avlod qizlarini ilm va maʼrifat sari ilhomlantirish, ularning yetakchilik salohiyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AMMOFOS-MAXAM AJ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suprefos – samaradorligi yuqori o‘g‘it
Suprefos — neytral, xlorsiz, konsentratsiyalangan, murakkab azot-fosforli o‘g‘it bo‘lib, pretsipitat ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari asosida yaratilgan.
Tarkibi:
10–13% — azot (N)
24–27% — fosfor (P)
20–25% — oltingugurt (S)
Ushbu o‘g‘it qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yuqori hosildorlik va sifat kafolatlaydi.
Aloqa uchun:
+998 (78) 150-58-14
+998 (78) 150-41-41
📧 Email: [email protected]
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati
📱veb-sayt 📱 Telegram 📱
📱Instagram
Suprefos — neytral, xlorsiz, konsentratsiyalangan, murakkab azot-fosforli o‘g‘it bo‘lib, pretsipitat ammoniy sulfat va ammoniy fosfatlari asosida yaratilgan.
Tarkibi:
10–13% — azot (N)
24–27% — fosfor (P)
20–25% — oltingugurt (S)
Ushbu o‘g‘it qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun yuqori hosildorlik va sifat kafolatlaydi.
Aloqa uchun:
+998 (78) 150-58-14
+998 (78) 150-41-41
📧 Email: [email protected]
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati
📱veb-sayt 📱 Telegram 📱
#kimyo_sanoati_mahsulotlari #savdo #birja
🤣 O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoati mahsulotlarining savdo yakunlari
📆 13.10.2025-yil
***
🤣 Итоги торгов продукцией химической промышленности на Узбекской республиканской товарно-сырьевой бирже
📆 13.10.2025 год
😄 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐
📆 13.10.2025-yil
***
📆 13.10.2025 год
——————————————————————————————
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM