🟥🟥🟥🟩🟩🟩🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar
@kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib,
26-avgustga qadar 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴“Asrni qaritgan kun” (Chingiz Aytmatov);
🔴“Ular 10 ta edi” (Agata Kristi);
🔴“Diyonat” (Odil Yoqubov).
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43";
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128);
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64);
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32".
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64);
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32".
🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!