Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.


Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍1🔥1
#yetakchi_tajribasi

🔥 Termizning Laylosi – yetakchilar a’losi

Laylo Mengtoʻrayeva – Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Bogʻzor” mahallasi yoshlar yetakchisi. “Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi” tanlovining “Yoshlarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” yoʻnalishi gʻolibi.


Laylo mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini samarali tashkil etish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirdi:

💫 Sogʻlom turmush tarzi. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholini qamrab olish maqsadida yugurish va velosport klublarini ochilgan.

💫 Ijodiy tadbirlar. Yoshlar uchun rassomchilik, qoʻl san’ati, adabiyot va musiqa kabi ijodiy yoʻnalishlarda toʻgaraklar ochilgan.

💫 Ta’limiy va rivojlantiruvchi loyihalar. Laylo mahalladagi biznesga ishtiyoqi bor yoshlar uchun shaharning eng oldi tadbirkorlari bilan uchrashuvlar, zavod va korxonalarga sayohatlar tashkil etmoqda.

Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/termizning-laylosi

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
🔥7👎21👍1
⚡️Endilikda taʼlim kreditini my.gov.uz orqali olish mumkin

Qonunchilikka koʻra, endilikda taʼlim kreditlari:

faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi;
birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda taʼlim krediti:

OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;
professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
🔥2👍1
#vakansiya

⚡️“Yoshlar ovozi” gazetasi ishga taklif qiladi

Siz tasvirchilik (operator) va montaj ishlarini qila olasizmi? Unda biz sizni kutyapmiz.

Nomzod oldidagi vazifalar:
Tasvirga olish;
montaj;
Instagram va You Tubega tayyor kontentlarni yuklash;

Nomzodni nimalar kutmoqda:
Yosh va pozitiv jamoa;
shahar markazidagi ofis;
kelishuv asosidagi maosh;

Taklifimiz sizga ma’qulmi? Unda o‘zingiz haqingizda ma’lumotlarni @yoshlarovozigazetasibot ga yuboring.

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍42🔥2👏1
#mahorat_maktabi

⚡️ “Mahorat maktabi” loyihasining ikkinchi mavsumi boshlanmoqda

Xabaringiz bor, “Yoshlar ovozi” jamoasi “Mahorat maktabi” loyihasining birinchi mavsumini yakunlagan edi. Aksariyat bitiruvchilarimiz bugun o‘z ish o‘rniga ega. Tez orada loyihaning 2-mavsumi uchun saralash boshlanadi.

Mahorat darslari 2 oy davomida o‘z sohasining mutaxassislari tomonidan o‘tiladi. Ushbu darslarda siz zamonaviy jurnalistika talablari bo‘lgan:

▪️tahliliy, tanqidiy maqolalar yozish;
▪️mavzu tanlash, faktlar bilan ishlash;
▪️axborot olish;
▪️tahrir;
▪️fotografiya;
▪️notiqlik san'ati
▪️video olish va montaj kabi eng muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Aytgancha, darslarimiz mutlaqo bepul! Yakunda maxsus sertifikatlar kutib turibdi.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshlarovozigazetasibot manziliga murojaat qiling

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
5👍5
#tahlil

💸 Toshkentning qaysi tumanlarida ijara narxi eng arzon?

Avgust oyida poytaxtda ijara narxining oshishi kuzatilib, bunga yangi o‘quv yilining boshlanishi taʼsir ko‘rsatdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan 1,9 foizga oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon narxlar:

▪️Sergeli – 1 xonali - 285 AQSh dollari, 2 xonali – 348 AQSh dollari, 3 xonali – 387 AQSh dollari,
▪️Olmazor – 1 xonali – 301 AQSh dollari, 2 xonali – 359 AQSh dollari, 3 xonali – 414 AQSh dollari tumanlarida taklif etilgan.


Eng qimmat narxlar:

▪️ Mirobod – 1 xonali – 350 AQSh dollari, 2 xonali – 445 AQSh dollari, 3 xonali – 550 AQSh dollari, 4 xonali – 736 AQSh dollari)
▪️Yakkasaroy – 1 xonali – 349 AQSh dollari, 2 xonali – 455 AQSh dollari, 3 xonali – 585 AQSh dollari, 4 xonali – 603 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.


Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/ijara-mavsumi

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
😢2👍1👎1
#tahlil

📈 Iqtisodiy gender notenglik: sabab va oqibatlar

O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligi pastligi asosan ularning uy-ro‘zg‘or ishlari va bola parvarishi bilan to‘liq band ekanligiga bog‘liq.

Masalan, O‘zbekiston ayollari 22 foiz vaqtini uy ishlari va bola parvarishiga sarflaydi, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil qiladi. Uy yumushlari o‘zbek ayolining yuqori lavozimlarga ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/iqtisodiy-gender-

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍5💯1
#bepul_obuna

🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining 11-sentabrdagi 36-sonini taqdim etamiz:

🔸“Kelajak kasblari” Xorazm yoshlari misolida

🔸Vatanparvarlik tarbiyasida madaniy merosning o‘rni katta

🔸Yoshlar bandligi: muammo va yechimlar

🔸Talaba! Ijara shartnomasi tuzishda muammo bormi?

🔸 “Mog‘ullarga qarshi kurashgan men edim!”


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍3👏3
⁉️Talabalar kontraktini qachongacha to‘lashi kerak?

2024/2025 o‘quv yilida kontraktning:

▪️25 foizini – birinchi kurslar 2024-yil 15-sentabrgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari 2024-yil 1oktabrgacha;

▪️50 foizini – 2025-yil 1-yanvargacha;

▪️75 foizini – 2025-yil 1-martgacha;

▪️100 foizini – 2025-yil 1-maygacha to‘lashi kerak.

Mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍6
‼️Yoshlar bandligi: muammo va yechimlar

Agar hozirgi kunda yoshlarning muammolariga lozim darajada eʼtibor qaratilmasa, ishsizlik, taʼlimning past sifati va iqtisodiy hamda tadbirkorlik bilimlarining yetishmovchiligi kabi muammolarning keng tarqalishi ehtimoli yuqori.


2022-yil yakunida ishlamaydigan, o‘qimaydigan va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmagan yoshlar ulushi 29,9 foizni (2021-yilda — 29,3 foiz) tashkil etgan. Bu mamlakatimizda demografik dividenddan samarali foydalanmaslik muammosi mavjudligini korsatmoqda.

Yosh ayollar oziga tengdosh erkaklarga qaraganda qiyinroq ahvolda: ular orasida ish bilan band bolganlar soni umumiy aholiga nisbatan ancha past. 2022-yil maʼlumotlariga kora, dunyoda 27,4 foiz yosh ayollar ish bilan taʼminlangan, yosh erkaklarda esa bu korsatkich 40,3 foizni tashkil etgan. Yosh erkaklarning ish topish imkoniyati yosh ayollarga qaraganda deyarli bir yarim baravar yuqori.

Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/muammo-va-yechimlar

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
😢4👍1🔥1👌1
#foydali

⁉️Talaba! Ijara shartnomasi tuzishda muammo bormi?

Yotoqxonaga joylasha olmagan talabalarning yagona ilinji – ijara uy. Ammo narxlarni hammaning ham cho‘ntagi ko‘taravermaydi. Shu bois ko‘pchilik talabalar ijara haqining bir qismi davlat tomonidan qoplanishi uchun harakatni boshlaydi. Bu jarayonda asosiy talab qilinadigan narsa esa ijara shartnomasidir.

Agar shartnoma bo‘lsa, Toshkent shahrida ijarada turuvchi kunduzgi ta’limda o‘qiydigan talabalarga BHMning bir barobarigacha, qolgan hududlarda esa yarim barobarigacha miqdorda pul to‘lab beriladi.

Ammo ijara shartnomasini tuzish, hisobga qo‘yishni ko‘pchilik tushunmaydi, aksar ijaraga beruvchilar esa daromad solig‘idan qochib shartnoma tuzishni istamaydi. Quyida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish, narxi hamda ijaraga beruvchilar uchun foydalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.


Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/ijara-shartnomasi

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍4
#bepul_obuna

🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining 18-sentabrdagi 37-sonini taqdim etamiz:


🔸Nazorat ham, so‘rov ham qattiq bo‘ladi

🔸O‘zbekistonda tadbirkorlar ijtimoiy javogarlikni his qiladimi?

🔸Mahalla yettiligi: yoshlar ko‘proq kimga suyanmoqda?

🔸Ayolga jisman tiriklikning o‘zi yetarli emas


🔸(Kreditga) iPhone 16 olamizmi?


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍21🔥1👌1
⚡️Ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Bugun soat 9:00 dan boshlab ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun qabul ochildi. Subsidiya uchun ariza beruvchining, agar birgalikda ariza berilayotgan bo‘lsa u va turmush o‘rtog‘ining yoki yaqin qarindoshlarining daromadlari belgilangan chegarada bo‘lishi kerak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming so‘m);
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.

O‘zbekistonliklarga subsidiya asosida ipoteka krediti Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 330 mln, Toshkent shahrida esa 420 mln so‘mgacha beriladi.


Ariza my.gov.uz portalidagi Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati orqali amalga oshirilib, 19 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍2
#yetakchi_tajribasi

📚 “Top 100”: Kitobxon yetakchi


Mohinur Boboqulova – Shahrisabz shahridagi “Zargarlik” mahallasi yoshlar yetakchisi. Uning yetakchilik qobiliyati birinchi navbatda mahalladagi yoshlar o‘rtasida xatlov o‘tkazish bilan namoyon bo‘ldi.


Yetakchi yoshlar orasida kitobxonlikni bir necha yo‘nalishda targʻib qilishga alohida e’tibor qaratgan.

Shaxsiy namuna. Birinchi navbatda, yoshlar yetakchisi har oyda kamida bitta kitob o‘qib, bu haqda mahalla yoshlariga tavsiyalar beradi, o‘qigan kitoblari yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.

Kitobxonlik kechalari va davra suhbatlari. Bu tadbirlarda yoshlar o‘z o‘qigan kitoblari haqida gapirib berishadi, ularda ko‘tarilgan mavzularni muhokama qilishadi.

Kitobga qiziqishni oshirish. “Bir oyda eng ko‘p kitob o‘qigan yosh” kabi musobaqalar tashkil etiladi. G‘oliblar rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/kitobxon-yetakchi

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍21🔥1
#diqqat

⚡️“Mahorat maktabi”da ishtirok etishni xohlaysizmi?


Ayni vaqtgacha maktabda qatnashish uchun talabgorlar soni 100 nafardan oshdi. Navbatdagi bosqich esa kasting!

25-sentabr, chorshanba kuni o‘tkaziladigan suhbat orqali jurnalistika, montaj va operatorlikka qiziquvchi yoshlarni saralab olamiz.


Suhbat o‘tkaziladigan manzil: Yoshlar ijod saroyi
Boshlanish vaqti: 9:00 va 14:00

O‘zingiz bilan birga pasport va ijodiy ishlaringizdan namunalarni olib kelishni ham unutmang!

Bizning manzil:
https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
👍52
#achchiqtosh

😎 (Kreditga) Iphone 16 olamizmi?

Ishoning, “iPhone 16” chiqar ekan, hammadan birinchi olishim kerak degan vasvasa bilan yashayotganlarni bilaman. Lekin cho‘ntagida sariq chaqa ham yo‘q, gapirganning foydasi ham yo‘q. U hech kimni eshitmaydi va baribir oxiri kredit oladi. Kredit bermasayam, bir ilojini topadi.

Nihoyat iPhone olinadi. Keling, aniq hisob-kitob qilib ko‘ramiz. Masalan, agar o‘rta hisobda 13 million so‘m turadigan iPhone sotib olish uchun 3 yilga rejalashtirilgan kredit olinsa va yillik foiz stavkasi 30% bo‘lsa, kreditning har oylik to‘lovi taxminan 615 000 so‘m bo‘ladi. Ha, bu boshida arzimagan puldek ko‘rinadi.

Umumiy hisob-kitobga keladigan bo‘lsak, 3 yil davomida jami to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 22 140 000 so‘m bo‘ladi. Bu telefonning dastlabki narxidan 9 140 000 so‘mga ko‘proqdir.


Batafsil: https://yoshlarovozi.com.uz/oz/news/iphone-16

Bizning manzil: https://www.group-telegram.com/yoshlarovozi.com
🔥4😁4👍2
2025/08/20 19:05:14
Back to Top
HTML Embed Code: