group-telegram.com/Press_Official_103_uz/3294
Last Update:
Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Koreya Respublikasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʻminot vazirligi, Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi hamda ushbu jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuvda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov tomonidan mamlaktimizning tez tibbiy yordam xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Xususan, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qaror qabul qilinganligi, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil etilganligi, yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etilganligi, aholi tomonidan tez tibbiy yordam brigadalari chaqiruvlarini qabul qilishdan tortib, bevosita tibbiy yordam koʻrsatishgacha boʻlgan barcha jarayonlar, shuningdek, dori-darmonlar sarfi, dastlabki tashxis qoʻyish, shifoxonaga yotqizish va brigadalar tomonidan amalga oshirilgan jarayonlar raqamlashtirilganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi. Jumladan, loyiha ikki fazada amalga oshirilganligi, 2019-2023-yillar davomida davom etgan 1-fazada Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va KOFIH jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganligi, 2,8 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilganligi, Toshkent va Samarqand shaharlari bilan ikkita oʻquv simulyatsiya markazi tashkil etilganligi, jami 18 nafar instruktor (ToT) tayyorlanganligi, 4 mingga yaqin tez tibbiy yordam xizmati xodimlari oʻqitilganligi haqida hisobot berildi.
Ikkinchi fazaga kelsak, u ham boshlangan va faol fazada. 2024-2027-yillar davomida mamlakatimizning qolgan barcha hududlarida oʻquv-simulyatsiya markazlari tashkil etiladi.
2024 - 2025-yillarda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlari.
2025 - 2026-yillar: Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari.
2026 - 2027-yillar: Navoiy, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari.
2027-yil: Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlari.
Ikkinchi bosqich doirasida Toshkent va Samarqanddagi simulyatsiya markazlarida 2 mingga yaqin xodim oʻqitildi, 27 nafar instruktor va 8 ta hudud ToT yoʻnalishi boʻyicha Koreya Respublikasida oʻquv kurslarini tamomladi, shuningdek, 2025-yilda Koreya Respublikasida sogʻliqni saqlash siyosati yoʻnalishi boʻyicha 2 ta oʻquv dasturida vakillarimiz oʻqitildi.
Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy filiallari simulyatsiya uskunalari bilan jihozlanayotganligi toʻgʻrisida taʼkidlandi.
Koreya delegatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va erishilgan natijalar boʻyicha minnatdorlik bildirildi hamda loyihaning keyingi qadamlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
#tez_tibbiy_yordam #uchrashuv #KOFIH #Korea #Uzbekistan
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube










