Telegram Group Search
🟦🟦🟦
Zarafshonda tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi ishga tushirildi

Kecha Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida yangi zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyasi ishga tushirilib, aholimizga tez tibbiy yordam xizmatini yanada sifatli koʻrsatish borasida bir qadam tashlanganligini taʼkidlashimiz mumkin.

Mazkur bino 10 ta xona hamda barcha infratuzilmadan iborat boʻlib, ikki milliard soʻmga qurildi. Stansiyada 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat olib boradi.

Ochilish tadbirida Zarafshon shahar hokimi Rahmanov Nazirbek Israilovich, Navoiy viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi vakillari, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori oʻrinbosari Dalibayev Nozimjon Zakirjonovich ishtirok etib, stansiya xodimlari va masʼullariga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlarni tiladi.

Binoning ochilish marosimi koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

#tez_tibbiy_yordam #islohot #yangi_bino #Navoiy #Zarafshon

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍193👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 октябр – Ўзбекистонда “Устоз ва мураббийлар куни” сифатида нишонланади.

Бу кун — бутун умрини илм, маърифат ва тарбияга бағишлаган устоз ва мураббийларнинг меҳнатини эъзозлаш, уларга ҳурмат ва миннатдорлик изҳор этиш куни ҳисобланади.

Каналга уланиш:
👉 https://www.group-telegram.com/ferganamedia
9👍8👏3🎉2🔥1👌1
🟦🟦🟦
Qadrli Ustoz va murabbiylar!

Sizlarni Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan umumxalq bayrami 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bu kun biz ustoz va murabbiylarimizga taʻzim bajo keltiramiz, ularning oldidagi burchimizni yana bir bor eslaymiz. Ustozga hurmat – ilmga hurmat, ustozga minnatdorlik – Vatanga minnatdorlik demakdir.


Siz, azizlarni qutlugʻ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tez_tibbiy_yordam #tabrik #Ustoz #Murabbiy

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏85🔥1🙏1
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
8👍3🔥1
УСТОЗ ВА МУРАББИЙЛАР КУНИ ФАРҒОНА ВИЛОЯТИ ТЕЗ ЁРДАМ МАРКАЗИДА НИШОНЛАНДИ

Республика тез тиббий ёрдам маркази Фарғона вилояти филиалида “Устоз ва мураббийлар куни” нишонланди.

1-октябрь  “Устоз ва мураббийлар куни” муносабати билан соҳада узоқ йиллар самарали меҳнат қилиб, тизимдаги ёш шифокорларга устоз ва мураббийлик қилган фидойи ходимлар муносиб тақдирланди....
Batafsil...

@ferganamedia
👍95🔥1👏1🙏1👌1
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali hamshiralari bilim va malakalarini oshirish maqsadida bir oy davomida feldsherlik yoʻnalishida pullik malaka oshirgani, biroq oylik maoshlariga 15 foiz ustama qoʻshilmagani haqida xabar tarqaldi.


Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filialida Prezidentimizning 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻrta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, shuningdek, hududiy stansiyalarda tez tibbiy yordam xizmatidagi hamshiralik ishini xalqaro andozalarga mos ravishda tashkil etish borasida zamonaviy tizim yaratilgan.

Ushbu qaror hamda tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Urganch filialida “Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish”, “Tez tibbiy yordam dispetcheri”, “Ruhiy kasalliklar va narkologiyada hamshiralik ishi”, “Tez tibbiy yordam tizimida aholiga feldsher (paramedic) xizmati koʻrsatish” boʻyicha 144 soatlik kredit malaka oshirish kurslari va “Anestezist-hamshira” mutaxassisligi boʻyicha 288 soatlik va 216 soatlik ixtisoslik kurslari tashkil qilingan.

Amaldagi hujjatlarda144 soatlik kredit malaka oshirish kurslarida malaka oshirgan va malaka oshirishi rejalashtirilgan xodimlarga hech qanday ustama toʻlanishi nazarda tutilmagan. Faqat ish oʻrni va oʻrtacha ish haqi saqlanishi belgilangan.

Malaka oshirgan xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 477-son qaroriga asosan attestatsiya topshirib, toifa olgan taqdirda, ularga qoʻshimcha ustama toʻlanishi mumkin.

#tez_tibbiy_yordam #rasmiy_munosabat #Xorazm

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
👍112👏1🙏1
Forwarded from Bosh prokuratura
Бош прокурор ўринбосари И.Адхамов раҳбарлигидаги ишчи гуруҳ аъзолари Сурхондарё вилояти Термиз шаҳрида аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш ва сифатли тиббий хизматлар кўрсатилишини таъминлаш бўйича олиб борилаётган ишлар билан танишди.

Ишчи гуруҳ аъзоларига Термиз шаҳридаги тиббиёт кластери ва Тез тиббий ёрдам Сурхондарё вилоят филиали фаолияти, соҳадаги рақамлаштириш, беморларга сифатли тиббий ёрдам кўрсатиш, шунингдек соҳада қўлланилаётган замонавий техника ва тиббий ускуналар таништирилди.

Асосий эътибор эҳтиёжманд оилаларга кўрсатилаётган кафолатланган тиббий хизматлар кўлами ва сифатига қаратилди ҳамда бу борада масъулларга тегишли кўрсатмалар берилди.

Ўрганиш ишлари давом этмоқда.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Sayt |Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
👍106👏2🙏1
🟦🟦🟦
🔄Nurobodda tez yordam avtomashinasida chaqaloq dunyoga keldi!

🗓 Joriy yilning 5-oktabr kuni Nurobod tuman Tez tibbiy yordam stansiyasi "Oqsoy" shahobchasiga chaqiruv kelib tushdi. Shoshilinch holatda yoʻlga chiqqan tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv joyida homilador bemorga yordam koʻrsatar ekan, tugʻruq jarayoni boshlanganini aniqlashdi.

👨🏻‍⚕️🧑🏻‍⚕️ Brigada tarkibida: shifokor Ergashev Ilxom, feldsher Rahimova Zulfira va haydovchi Sattarov Sattorlar oʻz vaqtidagi va yuksak darajadagi harakati tufayli chaqaloq tez tibbiy yordam avtomashinasida sogʻ-salomat dunyoga keldi!

Tugʻruq muvaffaqiyatli va xavfsiz oʻtkazilib, ona va chaqaloq tuman markazidagi tugʻruq boʻlimiga yetkazildi. Hozirda ona va bola sogʻ-salomat, ahvollari yaxshi, shifokorlar nazoratida.

Tez yordam jamoasi – nafaqat tibbiy xizmat, balki vaqt bilan kurash, inson hayotini asrab qolish, ogʻir va shoshilinch sharoitda toʻgʻri qaror qabul qilish salohiyatiga ega haqiqiy qahramonlardir.

Ular shifoxona sharoitida emas, balki harakatdagi yordam mashinasida tugʻruqni qabul qilib, yana bir hayotni dunyoga keltirishdi. Bu – katta masʼuliyat, yuksak kasbiy mahorat va insonparvarlik namunasidir.

🏥 Tez tibbiy yordam brigadasi aʼzolariga minnatdorchilik bildiriladi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali


#tez_tibbiy_yordam #chaqaloq #Samarqand

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍339👏8
Joriy yilning 4-oktabrda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon viloyati filialining Xonabod shahar boʻlimi binosi kapital taʼmirdan keyin ishga tushirish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Andijon viloyati xokimi Sh. Q. Abduraxmonov, Andijon viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Sh.O. Mamajonov hamda RTTYOMAVF direktori A.M. Mamadiyev va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etib, xodimlar bilan suhbatlashdilar, yangi bosqichdagi ish faoliyatida katta yutuqlar tiladilar.

Boʻlim Xonabod shahar tibbiyot birlashmasi binosi tarkibida faoliyat yuritib, bevosita tez tibbiy yordam uchun mahalliy davlat hokimiyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratildi, mebel va boshqa jihozlar bilan toʻliq taʼminlandi.


Hozirgi kunda Boʻlimda 3 ta tez tibbiy yordam brigadasi faoliyat koʻrsatmoqda, bulardan 2 ta umumiy ixtisoslashtirilgan va 1 ta feldsherlik brigadalaridir. Jami 48 000 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.


Ushbu yangilanishlar, avvalo, aholiga sifatli va tezkor tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

#tez_tibbiy_yordam #islohot #bino #Andijon

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
👍7113👏2🔥1🙏1
2025/10/19 21:00:42
Back to Top
HTML Embed Code: