Telegram Group Search
Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli sog‘liqni saqlash markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiallari faoliyati bilan tanishdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi, Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью самаркандских филиалов Центра цифрового здравоохранения и Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра кардиологии. На этом поездка главы государства в Самаркандскую область завершилась, Президент нашей страны вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #tibbiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍139👏5🎉2🙏2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Prezident Olimpiadasi oʻyinlarining ochilish marosimidagi nutqi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
7👍7👏3🎉2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿🇰🇷Maʼlumki, Respublika tez tibbiy yordam markazi Koreya Respublikasining Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi jamgʻarmasi (KOFIH) bilan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabida Koreya Respublikasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʻminot vazirligi, Koreya xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi hamda ushbu jamgʻarmaning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Respublika tez tibbiy yordam markazi tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov tomonidan mamlaktimizning tez tibbiy yordam xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi. Xususan, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qaror qabul qilinganligi, Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil etilganligi, yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etilganligi, aholi tomonidan tez tibbiy yordam brigadalari chaqiruvlarini qabul qilishdan tortib, bevosita tibbiy yordam koʻrsatishgacha boʻlgan barcha jarayonlar, shuningdek, dori-darmonlar sarfi, dastlabki tashxis qoʻyish, shifoxonaga yotqizish va brigadalar tomonidan amalga oshirilgan jarayonlar raqamlashtirilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berildi. Jumladan, loyiha ikki fazada amalga oshirilganligi, 2019-2023-yillar davomida davom etgan 1-fazada Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va KOFIH jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganligi, 2,8 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilganligi, Toshkent va Samarqand shaharlari bilan ikkita oʻquv simulyatsiya markazi tashkil etilganligi, jami 18 nafar instruktor (ToT) tayyorlanganligi, 4 mingga yaqin tez tibbiy yordam xizmati xodimlari oʻqitilganligi haqida hisobot berildi.

Ikkinchi fazaga kelsak, u ham boshlangan va faol fazada. 2024-2027-yillar davomida mamlakatimizning qolgan barcha hududlarida oʻquv-simulyatsiya markazlari tashkil etiladi.

2024 - 2025-yillarda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlari.
2025 - 2026-yillar: Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari.
2026 - 2027-yillar: Navoiy, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari.
2027-yil: Buxoro, Namangan, Xorazm viloyatlari.


Ikkinchi bosqich doirasida Toshkent va Samarqanddagi simulyatsiya markazlarida 2 mingga yaqin xodim oʻqitildi, 27 nafar instruktor va 8 ta hudud ToT yoʻnalishi boʻyicha Koreya Respublikasida oʻquv kurslarini tamomladi, shuningdek, 2025-yilda Koreya Respublikasida sogʻliqni saqlash siyosati yoʻnalishi boʻyicha 2 ta oʻquv dasturida vakillarimiz oʻqitildi.

Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari mintaqaviy filiallari simulyatsiya uskunalari bilan jihozlanayotganligi toʻgʻrisida taʼkidlandi.

Koreya delegatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va erishilgan natijalar boʻyicha minnatdorlik bildirildi hamda loyihaning keyingi qadamlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

#tez_tibbiy_yordam #uchrashuv #KOFIH #Korea #Uzbekistan

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍17👏2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra tez tibbiy yordam tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida tez tibbiy yordam sohasida 40 yillik mehnat stajiga ega "Shuhrat" medali sohibi Respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialining Uzun tumani boʻlimi haydovchisi Elamanov Kenja Gulbayevich faoliyati haqida videlavha.

#tez_tibbiy_yordam #mukofot #haydovchi

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1810🙏3👏2👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
🇺🇿 “Favqulodda qutqaruvchi” dasturining navbatdagi sonida sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati, tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan qilinadigan harakatlar, tezkorlik va sifat haqida soʻz yuritildi.

#tez_tibbiy_yordam #islohot

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125👏1🙏1
2025/12/12 20:38:05
Back to Top
HTML Embed Code: