Telegram Group Search
🟦🟦🟦

📌Bugun, 14-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Sog‘lom ona, sog‘lom bola tamoyili – ustuvor maqsadimiz” mavzusida talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, psixologlar hamda Fizika-matematika va Xorijiy filologiya fakultetlari talaba-qizlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajanova oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda sog‘lom munosabatlar o‘rnatish hamda ona va bola salomatligini asrash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, Viloyat kardiologiya markazining akusher-ginekologi B.Kutlimurotova talabalarga tibbiy ko‘riklarning ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va psixologik barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ma’lumot berdi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1🕊1
🟦🟦🟦🟦

⭐️ Kishi o'zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote

⭐️ Imkoniyat paydo bo'lmaydi. Uni o'zingiz yaratasiz.
Chris Grosser


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5💯3🔥2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺📺📺📺

Ilmga bag‘ishlangan umr
...

Xorazm telekanali "Portret" ko‘rsatuvining navbatdagi soni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining faxriy professori Xushnud Bobojanovning hayot yo‘li va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlandi.

➡️ Uzoq yillik ilmiy izlanishlari, ma’rifiy faoliyati hamda yoshlarga bergan beqiyos saboqlari orqali yurtimizda fanni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olim hayoti — yoshlarga ibrat, ziyolilarga esa g‘urur bag‘ishlaydi.

🟠Ko‘rsatuv davomida professor Bobojanovning ilmiy merosi, pedagogik faoliyati, shuningdek, uning Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari yoritildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🗞Bugun matbuot nashrlarida...

Kelajak mutaxassislari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar

“Hurriyat” gazetasining 2025-yil 15-oktabrdagi 40-sonida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b, pedagogika fanlari doktori, professor Sardor Xodjaniyazovning “Kelajak mutaxassislari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar” sarlavhasi ostidagi maqolasi chop etildi.

Maqolada Urganch davlat universitetida yoshlar sifatli ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar olib borishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritilgan. Xususan, yaqinda foydalanishga topshirilgan Axborot-resurs markazining interaktiv xizmatlari orqali talabalar uchun yaratilgan qulay muhit yoritib berilgan. Shuningdek, ta’lim tizimini raqamlashtirish, innovatsion loyihalarni rivojlantirish hamda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi universitet jamoasining tashabbuslari va yutuqlari haqida ham atroflicha fikr bildirgan.


Batafsil➡️ urdu.uz/user_files/user_4/Matbuot/yang12/Hurriyat%20%E2%84%96%2040-2025.pdf

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2👏1😍1
💐 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yilgi rezolyutsiyasiga muvofiq, 15-oktabr sanasi qishloq ayollarining hayoti, mehnati va huquqlariga e’tibor qaratiladigan kun sifatida nishonlanadi.


🌿Mazkur sana qishloq hududlarida yashovchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, mehnat faoliyati, huquqlari va farovonligini ta’minlash borasidagi dolzarb masalalarni yodga soladi.

🌾Fidokorona mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan barcha qishloq ayollarini bayram bilan tabriklaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
Forwarded from Edu.uz
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Urganch davlat universiteti “TalabaExpo–2025” koʻrgazmasiga mezbonlik qiladi

Ertaga, 16-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
✔️130 ga yaqin korxona va tashkilotlar 1300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan, amaliyot va stajirovkalar taqdim etadilar.
✔️Taqdimotlar va tadbirkorlik imkoniyatlari mavjud.

Ko‘rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling!

Manzil: Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
🟦🟦🟦🟦🟦

2025-yil 15-16 sentabr kunlari Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Qurilish va Arxitektura kafedralari tomonidan “Qurilish va arxitektura sohasidagi innovatsion g‘oyalar, integratsiya va tejamkorlik” mavzusida respublika miqyosida o'tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada chop etilgan maqolalar to‘plamini quyidagi havolalardan ko‘rishingiz mumkin.

➡️ 1-qism: https://innoworld.net/index.php/ispconference/issue/view/53

➡️ 2-qism: https://innoworld.net/index.php/ispconference/issue/view/54

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
🟦🟦🟦🟦🟦

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari muhokama markazida

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida 15–16 oktabr kunlariga mo'ljallangan “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'z ishini boshladi.

🟧Dastlab anjumanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, soha olimlari, mutaxassislar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyani universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov ochib berib, uning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

🟠Konferensiya mintaqaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy yondashuvlar hamda amaliy yechimlarni muhokama qilishga xizmat qiladi.

Konferensiya doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:

Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy jihatlari va istiqbolli yo‘nalishlari;
Ilm-fan va innovatsiyalar orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish;
Mintaqaning iqtisodiy o‘sishini tahlil qiluvchi ekonometrik modellarning ahamiyati;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
Xizmat ko‘rsatish sohasi va turizmni rivojlantirish orqali mintaqani yanada jozibador qilish.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

➡️UrDUda “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'z ishini boshladi (+video)

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
2025/10/20 07:57:05
Back to Top
HTML Embed Code: