Telegram Group Search
🇺🇿Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdi

Bugun Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzurida tashkil etilgan “Ayollar tadbirkorligi tahlili laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida laboratoriyaning ayollar tadbirkorligini o‘rganish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro moliyaviy manbalarni jalb etish borasidagi faoliyati batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi, mahalliy banklar, moliya institutlari va iqtisodiyot sohasidagi olimlarni laboratoriya ishlariga keng jalb etish, ayollar biznesini ilmiy tahlil asosida rivojlantirish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mazkur tashrif laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va ularning jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish borasida muhim ahamiyatga kasb etadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
#Eko_zakovat

🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eko-zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ–184-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” hamda Vazirlikning 2025-yil 28-iyuldagi 273-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Eko-zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, atrof-muhitga e’tibor va mas’uliyatni oshirish, “Yangi daraxt — yangi nafas” g‘oyasini keng targ‘ib etishdan iboratdir.


“Eko-zakovat” o‘yini davomida talabalar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda chiqindisiz hayot tarzini shakllantirishga doir savollarga javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
2025/10/24 11:32:31
Back to Top
HTML Embed Code: