Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/inspector_uz/-75753-75754-75755-75756-75757-75758-75753-): Failed to open stream: No space left on device in /var/www/group-telegram/post.php on line 50 INSPECTOR_UZ | Telegram Webview: inspector_uz/75754 -
📌Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlandi
2025 yilning 16–17 oktabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahridaKoreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) tomonidan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida “12-Koreya kriminologiya va adliya instituti xalqaro forumi (KICJIF)” bo‘lib o‘tdi.
🎥Tadbirda zamonaviy jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, sohada zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish imkoniyatlari muhokama etildi.
🔎Forumda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC), Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatlarning oldini olish va jazoni ijro etish bo‘yicha Osiyo va Qit’a instituti (UNAFEI), Tayland Adliya instituti (TIJ), Mongoliya Milliy huquq instituti, Koreya Adliya vazirligi, Koreya Milliy politsiya agentligi (INTERPOL Milliy markaziy byurosi), Xitoyning Jenmin universiteti, Xitoy Siyosiy fanlar va huquq universiteti, Pekin Normal universiteti, Koreya Jinoyat-protsessual huquq assotsiatsiyasi va Kyongbuk milliy universiteti kabi nufuzli tashkilotlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ham faol ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i nutq so‘zlab, o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro ilmiy-tadqiqotlar hamda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir yakunida xalqaro tashkilotlar vakillariga O‘zbekistondagi jinoyatchilikning oldini olish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi. Birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, Kriminologiya tadqiqot instituti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatlarning oldini olish va jinoiy odil sudlov dasturi institutlari tarmog‘iga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
✅Forum doirasida Koreya kriminologiya va adliya instituti (KICJ) prezidenti Jong Wong Seyok bilan “O‘zbekiston va Koreya kriminologiyasini qiyosiy tadqiq etish” nomli ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. ✅@INSPECTOR_UZ👈🏪QONUN HUJJATLARI

'Wild West' These administrators had built substantial positions in these scrips prior to the circulation of recommendations and offloaded their positions subsequent to rise in price of these scrips, making significant profits at the expense of unsuspecting investors, Sebi noted. On Feb. 27, however, he admitted from his Russian-language account that "Telegram channels are increasingly becoming a source of unverified information related to Ukrainian events." These entities are reportedly operating nine Telegram channels with more than five million subscribers to whom they were making recommendations on selected listed scrips. Such recommendations induced the investors to deal in the said scrips, thereby creating artificial volume and price rise. Although some channels have been removed, the curation process is considered opaque and insufficient by analysts.
from ar