group-telegram.com/vovopapcom/101
Last Update:
Dasturlashda menga yoqadigan ishlardan biri bu kod o’chirish. Bugun 1850ta qator kod o’chirgani katta pull request yaratdim 😇
Aslida eng zo’r kod bu yozilmagan kod. Chunki qancha readable yoki qancha robust qilib yozilmasin, kod baribir kod. Uni maintain qilish kerak. Shuning uchun har bir qo’shilayotgan kodni review paytida “shu bizga kerakmi?” degan savol ostiga tashlanadi.
— O’zi qanday qilib 1850ta qator kodni o’chirishga haddingiz sig’di? Shuncha kod bekordan-bekor yotmagandir?
Yaxshi savol! Feature flaglar haqida eshitganmisiz? Eshitmagan bo’lsangiz keyingi postlarda shu haqida yozaman. Hozircha, dam olinglar. Men ham shuncha kodni o'chirgandan keyin mazza qilib uxlayman 🥱
Hayrli tun!
#Coding #ComputerScience #CS #ProblemSolving #Dasturlash #Programming #SoftwareEngineering #IT
BY Vohid Karimov

Share with your friend now:
group-telegram.com/vovopapcom/101