group-telegram.com/nihol_ngo/1098
Last Update:
“Nihol” markazi va Equality Now “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.
5 dekabr kuni “Nihol” markazi “Equality Now” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ayollar va qizlarning adolatga kirishiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda Markaziy Osiyoda nogiron ayollar va qizlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlariga jinoiy adliya tizimining javobini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi. Ishtirokchilar mavjud to‘siqlarni muhokama qildilar va tadqiqot natijalaridan O‘zbekistondagi vaziyatni yaxshilashda foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuvda nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, bu esa samarali muloqot o‘tkazish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha tarmoqlararo hamkorlik yo‘llarini belgilab berdi.
Davra suhbati ayollar va qizlarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashish zarurligi to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” aksiyasi doirasidagi muhim qadam bo‘ldi.
#nihol #узбекистан #ташкент
BY NIHOL CENTER

Share with your friend now:
group-telegram.com/nihol_ngo/1098