Telegram Group Search
#ochiq_muloqot

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

➡️Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolar, tadbirkorlar va yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning taklif va murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga joyida yechim topish hamda ularning faolligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

➡️Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan soliq to‘lov tizimi, tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar, imtiyozlardan foydalanish tartibi, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda “Soliq” mobil ilovasi orqali taqdim etilayotgan qulayliklar haqidagi savollar bildirildi.

➡️Tadbirda qatnashgan fuqaro va tadbirkorlar bunday ochiq muloqotlar davlat idoralari bilan aholi o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish hamda muammolarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

➡️Shuningdek, yoshlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularning soliq sohasiga qiziqishi, kasbiy o‘sishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

➡️Viloyat soliq boshqarmasi tomonidan aholi va biznes vakillari bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr-mulohazalari asosida xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bunday sayyor qabullar muntazam ravishda davom ettirilishi belgilanganligi qayd etildi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
#tadbir

O‘zbek tili — millat iftixori, yurtimiz g‘ururidir!

🖌21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati soliq boshqarmasida ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔎Tadbir, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R.Tursunboyev ishtirokida olib borildi.

🔎Shuningdek, tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i S.To‘xtayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir – Z.Xolov , “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi- Ma’murjon Bozorali ishtirok etdilar.

🔎Mazkur tadbir doirasida ona tilimizning xalqimiz tarixida tutgan o‘rni, uning millat ma’naviyati va milliy o‘zlikni asrashdagi o‘rni, shuningdek, uning nufuzini yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎Shu bilan birga, tadbir buyuk jadid mutafakkiri va ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi. Uning ilmiy-ma’rifiy merosi, millat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔎Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar ona tilimizning milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifatni asrashdagi beqiyos ahamiyati, uning yoshlar tarbiyasidagi roli haqida fikr bildirdi.

🔎Shuningdek, davlat tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish, har bir fuqaroning ona tiliga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

🖌O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz poydevori va davlatimiz timsolidir!

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦  Yakunlangan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim xabarlar.

👍1️⃣5️⃣ oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

👍To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun pasaytirilgan ijtimoiy soliq stavkasi joriy etildi

👍 Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

👍Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?

👍Mahallalarda soliq organlari faoliyati

👍Soliq qo‘mitasiga 41 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan

👍Soliq qarzdorlariga nisbatan xatlov-tadbirlari davom etmoqda.

👍Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish – budjet barqarorligi garovi

👍2025-yil sentabr oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi

👍Mehnat Qahramoni unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga yer solig‘idan qanday imtiyoz nazarda tutilgan?

👍 Soliq organlarining majburiyatlari nimalardan iborat

👍Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qo‘shimcha

👍Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanida

👍O‘zbek tili — millat iftixori, yurtimiz g‘ururidir!

#soliqpressa#dayjest  

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 20-oktabr

sentabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari

- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi

III chorak uchun:

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni;
👉Soliq kodeksining 454 prim 7-moddasi 2- va 3-qismi

- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni.
👉Soliq kodeksining 281-moddasi 3- va 4-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 октября 2025 года - последний день

за сентябрь:

- представления отчетности и уплаты НДС;
👉ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в сентябре были начислены дивиденды и проценты;
👉ч.5 ст.345 Налогового кодекса

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов;
👉ч.1 ст.355 Налогового кодекса

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами;
👉ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога;
👉ч.3 ст.448 Налогового кодекса

за III квартал:

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога;
👉ч.2-3 ст.454 прим.7 Налогового кодекса

- представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль;
👉ч.5 ст.339 и ч.1 ст.340 Налогового кодекса

- представления отчетности и уплаты НДС иностранными юрлицами, оказывающими услуги в электронной форме.
👉ч.3-4 ст.281 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦
#Soliq_kodeksi

🤔Soliq auditi o‘tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq to‘lovchi tomonidan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkinmi?
⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 140-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar
#19oct

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #raqamli_markirovka

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 125 mingdan oshdi

2025-yilning 1-oktabr holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 125,1 mingta nomdagi mahsulotlar kiritildi.

Raqamli markirovka tizimida 1 069 ta ishlab chiqaruvchi va 3 436 ta importyor ishtirok etmoqda.
__________
#цифровизация #цифровая_маркировка

Промаркировано свыше 125 тысяч наименований продукции

По состоянию на 1 октября 2025 года в Национальном каталоге маркированной продукции 125,1 тысяч наименований продукции.

В системе цифровой маркировки участвуют 1 069 производителей и 3 436 импортеров.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

Har bir to‘langan soliq — xalq farovonligi va kelajagimiz uchun xizmat qiladi

Bugun to‘lagan solig‘imiz ertangi farzandlarimiz ta’limi, yo‘llarimiz, shifoxonalarimiz va obodonligimiz uchun sarflanadi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdan – Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.


📌 Soliq majburiyatini o‘z vaqtida bajarish — qonuniylik va mas’uliyat belgisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

20-oktabr – tovarlar (xizmatlar) importida QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni

📱 Videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisoboti va bo‘nak to‘lovlari haqida


Joriy yil 20-oktabr soliq toʻlovchilar uchun 2025-yil III chorak yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Soliq hisobotini hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etish belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 339-modda

Soliq to‘lovchilar foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini (keyingi o‘rinlarda – bo‘nak to‘lovi) har oyning 23-kunidan kechiktirmay to‘lashlari belgilab qo‘yilgan.
👉 Soliq kodeksining 340-modda

Ma’lumot uchun: foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd soʻmdan 20 mlrd soʻmga oshirilgan. Shunga asosan, 2025-yil IV chorak (oktabr)dan boshlab umumiy daromadi 20 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha bo‘nak toʻlovlarini amalga oshiradi.
👉 PF-138-son, 19.08.2025-yil.

‼️Shu bois, soliq to‘lovchilardan soliq hisobotlarini belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari so‘raladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/10/21 01:20:37
Back to Top
HTML Embed Code: