group-telegram.com/buyukyurt_farzandlari/432
Last Update:
#Farg'ona farzandi Burhonuddin al-Marg‘inoniy – buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.
Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Website Buyuk yurt farzandlari
BY Buyuk yurt farzandlari

Share with your friend now:
group-telegram.com/buyukyurt_farzandlari/432