group-telegram.com/OlympicUz/38769
Last Update:
🥋 Yaponiyani ortda qoldirgan dzyudochilarimiz Chexiyada birinchi boʻlishdi
Chexiyada yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Prague Junior European Cup 2025 musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kun bahslarida hamyurtlarimizdan Samariddin Muxibiddinov (-81 kg) oltin va Fazliddin Rafikov (+100 kg) kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻargan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi. Kuchli uchlikdan Yaponiya va Serbiya jamoalari joy oldi.
🏋🏻♂️ Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 9 ta medal bilan boshlashdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari Qozogʻistonning Astana shahrida oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Ortda qolgan kun sportchilarimiz uchun sermahsul oʻtib, atletlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
🤼♀️ Kurashchi qizlarimiz Osiyoda uchinchi boʻlishdi
Qirgʻiziston mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida qizlar oʻrtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan qizlarimiz umumjamoa hisobida Yaponiya va Hindistondan keyin uchinchi oʻrinni egalladilar.
🥋 Olmaotada yoshlar jamoamiz ham birinchilikni bermadi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo kubogining yoshlar oʻrtasidagi bahslari ham yakunladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamgʻarishga erishdi.
Bunday natija bilan yoshlarimiz ham oʻsmirlarimiz singari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
—
🥋 Наши дзюдоисты обошли Японию и стали первыми в Чехии
В Чехии завершился турнир Prague Junior European Cup 2025 по дзюдо среди юниоров. Во второй день соревнований наши спортсмены также отличились: Самариддин Мухибиддинов (до 81 кг) завоевал золотую медаль, а Фазлиддин Рафиков (свыше 100 кг) — серебряную.
Таким образом, сборная Узбекистана с 3 золотыми, 1 серебряной и 2 бронзовыми медалями заняла первое место в общекомандном зачёте. В тройку лидеров также вошли команды Японии и Сербии.
🏋🏻♂️ Наши тяжелоатлеты начали чемпионат Азии с 9 наградами
Юношеская и молодёжная сборные Узбекистана по тяжёлой атлетике принимают участие в чемпионате Азии, который проходит в Астане (Казахстан).
Прошедшие соревнования принесли нашим спортсменам богатый урожай наград: 2 золотые, 2 серебряные и 5 бронзовых медалей.
🤼♀️ Наши девушки стали третьими в Азии
В Бишкеке (Кыргызстан) в рамках чемпионата Азии завершились соревнования по спортивной борьбе среди девушек категории U15. Сборная Узбекистана завоевала 1 золотую, 1 серебряную и 2 бронзовые медали.
Благодаря этим результатам, наши спортсменки заняли третье место в общекомандном зачёте, уступив только Японии и Индии.
🥋 Молодёжная сборная по дзюдо также стала первой в Казахстане
В Алматы завершился Кубок Азии по дзюдо среди молодёжи. Сборная Узбекистана завоевала 8 золотых, 2 серебряные и 8 бронзовых медалей.
Этот показатель позволил нашим молодым дзюдоистам, как и нашим юниорам занять первое место в медальном зачёте.
#Dayjest
olympic.uz I YouTube I Instagram I