Telegram Group Search
#chess #competition

📢 SHAXMAT MUSOBAQASI - ESLATMA

Hurmatli ishtirokchilar!

Shaxmat musobaqasida ishtirok etish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor bering:

*️⃣ Ro‘yxatdan o‘tish majburiy — ro‘yxatdan o‘tmagan o‘yinchilar qatnasha olmaydi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi
*️⃣ Har bir o‘yinchi lichess.org akkauntiga ega bo‘lishi shart.
*️⃣ Musobaqaga o‘z vaqtida kelish zarur, kechikkanlar ishtirok eta olmaydi.
*️⃣ O‘yin formati: 3+2 (3 daqiqa + 2 soniya inkrement).
*️⃣ Musobaqada eng yaxshi natija ko‘rsatganlar maktab terma jamoasiga qabul qilinadi va keyingi bellashuvlarda maktabimiz sharafini himoya qiladi.

📌 Barchadan tartib-intizom va mas’uliyatni unutmaslik so‘raladi.

📅 Sana: 2-oktyabr
Vaqt: 15:10
📍 Joy: 4-qavat, informatika xonalari
_
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8❤‍🔥43😍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teachers_day #congratulations

YUKSAK EHTIROM SOHIBLARI

🧑‍🏫 Bugun barchamizning hayotimizdagi yo'lchi yulduzlar — ustoz va murabbiylarimiz bayramidir. Ustoz bizga ilm-u ma'rifat ulashguvchi ziyo manbai, hayot yo‘limizni yoritguvchi shamchiroqdir.

💫 Ular bizga nafaqat dunyoviy bilimlar ulashadi, balki insoniylikdan saboq beradi.

🌐 Bu kun bizga ustozlarning qadr-qimmatini yana bir bor his qilishga imkon beradi. Ularning oliyjanob mehribonlik, sabr-toqat va mehnatkashligi biz uchun eng katta ilhom manbai va aynan ular tufayli ham yosh avlod kelajakka ishonch bilan qadam bosmoqda.

Yana bir bor eng sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklaymiz! Sog‘lik, uzoq umr, sabr va baxt doimo siz bilan yursin, xuddi o‘quvchilaringizga bergan bilimingiz singari!
_
IT-School Presidency
7❤‍🔥3🔥2
#announcement #videorolik

📢 E’LON!

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy maktabida “Ustozga ehtirom“ oyligi doirasida 5-11-sinflar o‘rtasida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

👉 Tanlov shartlari:
🔹 Videorolik mavzusi: “Ustoz, sizga mehrimiz bo‘lakcha”
🔹 Videorolik davomiyligi: 3 daqiqa
🔹 Videoda ustozlarga bo‘lgan hurmat, ehtirom, minnatdorchilik g‘oyalari aks etishi lozim.
🔹 Video ijodiy, sifatli va o‘ziga xos bo‘lishi muhim!


🔖 Ishlarni topshirish muddati: 10-oktyabr 17:00. Videoroliklarni @secretary_presidency akkauntimizga #ustozgaehtirom heshtegi bilan jo‘natishingizni so‘raymiz.

🏆 Eng yaxshi ishlar orasidan 5-8 va 9-11 sinflar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi!

📣 O‘zingizni sinab ko‘ring va ijodingizni namoyon eting!
_
IT-School Presidency
62🔥2
#announcement #ustoz

ENG KREATIV USTOZ


⚡️ Mamlakatimizda “Ustozga ehtirom” oyligi davom etmoqda. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng kreativ ustoz” so‘rovnomasi e’lon qilinadi.

🔖 Muddati: 4-oktyabrdan 15-oktyabrgacha


📝 Ovoz berish uchun Google Formni sinf kesimida to‘ldiring:
👉 Link

🏆 Eng ko‘p ovoz olgan ustozlar maxsus taqdirlanadi! Sizning ovozingiz — ustozlarimiz uchun eng katta rag‘bat!
_
IT-School Presidency
6❤‍🔥22👨‍💻1🆒1
#futbol #musobaqasi

FUTBOL MUSOBAQASI

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy maktabida 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tishini e’lon qilamiz!

Sana va vaqti:
🔹 Qur’a tashlash jarayoni 6-oktyabr kuni 2-katta tanaffusda jamoa sardorlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
🔹 O‘yinlarning boshlanish vaqti: 7-oktyabr 15:10


‼️ Ma’lumot o‘rnida, jamoada 10 ta o‘yinchi bo‘lishi (7 ta asosiy va 3 ta zahira) va barcha jamoalar o‘yin qoidalariga rioya qilishlari shart!

Har bir jamoadan bir nafar o‘yinchi ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi shart.

🏆 Jamoalarga o‘yinlarda omad tilab qolamiz!
_
IT-School Presidency
8👍4🔥42👏1😍1
#announcement #tabriknoma

📢 E’LON!

⚡️ Muhammad al-Xorazmiy maktabida “Ustozga ehtirom“ oyligi doirasida 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Siz jasorat va jur’at timsolisiz!” mavzusida tabriknoma yozish tanlovi e’lon qilinadi!

👉 Tanlov shartlari:
🔹 Ishtirokchilar: 9-11-sinf o‘quvchilari.
🔹 Tabriknoma shakli: otkritka (nasr yoki she’riy) va video ko'rinishida.
🔹 Talablar:
- Mavzuga to‘liq mos kelishi;
- Ijodiy yondashuv;
- Til va uslub ravonligi;
- Imlo va nutq madaniyatiga rioya qilish.


🔖 Ishlarni topshirish muddati: 13-oktyabr

🏆 Eng yaxshi ishlar orasidan g‘oliblar aniqlanadi!

📣 Tanlovda ishtirok eting va ustozlaringizga atalgan samimiy tilaklaringizni izhor eting!
_
IT-School Presidency
7❤‍🔥4👍2🔥1
#futbol #musobaqa

FUTBOL MUSOBAQASI

⚽️ Bugun maktabimizda futbol musobaqasining qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi!

Ertangi o‘yinda ushbu jamoalar maydonga tushishadi:
🔹 7-05 vs 7-03
🔹 8-06
vs 8-05
🔹 7-01
vs 8-01
🔹 7-06
vs 7-02


‼️ Turnirning guruh bosqichi jadvalini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin!

⚡️ Kuchli jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in va hayajonli o‘yinlar kutilmoqda!
_
IT-School Presidency
15❤‍🔥3👍21🔥1🏆1
#futbol #musobaqa

FUTBOL MUSOBAQASI

Ertangi o'yinda ushbu jamoalar maydonga tushishadi:
🔹 7-05 vs 8-02
🔹 7-01
vs 8-04
🔹 8-06
vs 7-04
🔹 7-06
vs 8-03


‼️ Turnirning guruh bosqichi jadvalini ushbu havola orqali korishingiz mumkin!

⚡️ Kuchli jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in va hayajonli o‘yinlar kutilmoqda!
_
IT-School Presidency
👍61
#Harvard #university #special_guest

ILHOMLANTIRUVCHI UCHRASHUV

🎓
Muhammad al-Xorazmiy maktabiga 8-oktabrda Dmitri Solzhenitsyn, Paulie Prep asoschisi, tashrif buyuradi. U St. Paul’s School va Harvard College bitiruvchisi bo‘lib, o‘z sinfining eng yuqori 5% talabalar qatoriga kirgan.

🕑 Sana:
8-oktyabr
🏫 Joy:
Faollar zali
🧑‍💼 Ishtirokchilar:
9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari

🇺🇸
Bu uchrashuv — AQShdagi eng nufuzli universitetlarga kirish jarayonini ichkaridan tanishish, qiziqqan savollar berish va real tajribaga ega mutaxassisdan maslahat olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
_
IT-School Presidency
🔥22❤‍🔥6😍52👍1
#futbol #musobaqa

FUTBOL MUSOBAQASI

Ertangi o'yinda ushbu jamoalar maydonga tushishadi:
🔹 7-03 vs 8-02
🔹 8-01
vs 8-04
🔹 8-05
vs 7-04
🔹 7-02
vs 8-03


‼️ Turnirning guruh bosqichi jadvalini ushbu havola orqali korishingiz mumkin!

⚡️ Kuchli jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in va hayajonli o‘yinlar kutilmoqda!
_
IT-School Presidency
🔥15🐳31
#futbol #musobaqa

FUTBOL MUSOBAQASI

🏆 Barchangizni 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasidagi futbol musobaqasining yarim final va final o'yinlariga chorlab qolamiz!

Ertangi o'yinda ushbu jamoalar maydonga tushishadi:
🔹 8-02 vs 8-06
🔹 8-04
vs 8-03


‼️ Turnirning guruh bosqichi jadvalini ushbu havola orqali korishingiz mumkin!

⚡️ Kuchli jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in va hayajonli o‘yinlar kutilmoqda!
_
IT-School Presidency
#itschool #presidency #vacancy #hiring

E‘LON!

⚡️ IT-School Presidency jamoasining Media departamenti yangi a’zolarni qabul qilmoqda! Agarda siz media sohasida tajribaga ega bo'lsangiz va shu sohaga qiziqsangiz, unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinmoqda:
🔹 Mobilograf
🔹 Kopirayter


8-9-10 sinf o‘quvchilari Umumiy Jamoaga,
5-6-7-sinf o‘quvchilari
esa Akademiya Jamoasiga qabul qilinadilar.

🔖 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 12-oktyabr

‼️ Agar siz ham jamoaga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting! Birinchi bosqichdan o‘tganlar bilan bog‘lanamiz!
_
IT-School Presidency
🐳6🙏3❤‍🔥11
#shaxmat #turnir

SHAXMAT TURNIRI

🗓 2-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Turnir davomida o‘quvchilar o‘zining mantiqiy fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi va sabr-toqati bilan g‘alaba uchun kurash olib bordilar.

🏆 Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — Xayrullayev Shohruh (8-06 sinf)
🥈 2-o‘rin — Davronov Islom (7-03 sinf)
🥉 3-o‘rin — Ashrapov Iqbolbek (8-04 sinf)

🎉 G‘oliblarni samimiy tabriklaymiz! Ularning muvaffaqiyati barcha o‘quvchilarga ilhom manbai bo‘lib, mantiqiy fikrlash va sabr-toqatning naqadar muhimligini yana bir bor isbotladi.

Shaxmat — tafakkur, mantiq va strategiyaning uyg‘unligi.

_
IT-School Presidency
👍6👏1
#futbol #musobaqa

FUTBOL MUSOBAQASI

⚽️ Baʼzi sabablarga ko‘ra, 7-8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol musobaqasining yarim final va final oʻyinlari qoldirildi.

📅 Sana: 13-oktyabr
Vaqt: 15:50

‼️ Turnirning guruh bosqichi jadvalini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin!

Kelgusi o‘yinlarda barchaga omad tilaymiz!
_
IT-School Presidency jamoasi
62🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT! MUHIM E’LON!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Al-Xorazmiy Volontyorlari" jamoasi yangi guruh a’zolarini qabul qilmoqda!

▶️Agar siz faolligingiz, ijodkorligingiz va tashabbuskorligingiz bilan maktabimiz faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
💡8–11 sinf o‘quvchilari uchun bu tanlov katta imkoniyatdir! Agar siz tengdoshlaringiz bilan hamkorlikda ishlashni, maktab hayotida faol bo‘lishni va o‘z iste’dodingizni namoyish etishni istasangiz — ushbu jamoa aynan siz uchun!

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqich — ariza shaklini to‘ldirish (online tarzda).
Ikkinchi bosqich — suhbat (interview) shaklida o‘tkaziladi.

🗓 Ariza topshirish muddati: 18-oktabrgacha.

📝 Arizalarni ushbu havola orqali topshirishingiz mumkin.

🇺🇿 "Al-Xorazmiy Volontyorlari" jamoasining bir qismiga aylaning va maktab taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!



📢 ВНИМАНИЕ! ВАЖНОЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ!

Команда “Al-Xorazmiy Volontyorlari” специализированной школы имени Мухаммада аль-Хоразмий объявляет набор новых участников!

▶️Если вы активны, креативны и инициативны, и хотите внести свой вклад в развитие школьной жизни — не упустите эту возможность!

Кто может участвовать?
💡Это отличный шанс для учащихся 8–11 классов! Если вы хотите работать в команде со сверстниками, быть активным участником школьных мероприятий и проявить свои таланты — это место именно для вас!

Отбор проходит в два этапа:
Первый этап — заполнение онлайн-анкеты.
Второй этап — собеседование (интервью).

🗓 Срок подачи заявок: до 17 октября.

📝 Заполнить заявку можно по этой ссылке

🇺🇿 Стань частью команды “Al-Xorazmiy Volontyorlari” и внеси свой вклад в развитие нашей школы!


🚀Telegram |📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🕊2🔥1🙏1🐳1🎄1
Forwarded from APonomics | al-Khwarizmi
#Aponomics #WeAreHiring #JoinTheTeam #MediaCrew #OrganizationSquad #CampusVibes

🔍 APONOMICS CLUB IS HIRING! 🔎

🔝Ready to make an impact? Join our MEDIA or ORGANIZATION TEAM!

Positions Available:
MEDIA TEAM
📹 Mobilographers
✏️ Video Editors
🎨 Graphic Designers
✍️ Copywriters
📣 Social Media Managers

ORGANIZATIONS TEAM
🙌 Co-Leader
🧑‍💻 General Members


📆 Deadline: 15th October
📝 Apply here: Google Form Link

💥 Don’t just watch the change — be the one creating it!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊42
2025/10/12 07:41:21
Back to Top
HTML Embed Code: