group-telegram.com/namdu309/40505
Last Update:
#Tabrik
Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyevning mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, muhtaram ustozlar va aziz talaba-yoshlar!
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz bayram – jondan aziz Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etib qolaman!
Istiqlol ayyomi har birimizning chiroyli taqdirimizga, farovon turmushimizga, erkin mehnat faoliyatimiz va yuksalishlarimizga daxldor qutlug‘ sanadir. Zotan, inson erkinlikdagina o‘zini baxtli his etadi. Qadri ulug‘lansagina, o‘z taqdiridan rozi bo‘ladi. Mehnatiga, intilishlariga, fidokorligiga yarasha manfaat va e’tibor topsagina, shukronalik hissi bilan yashaydi.
Ne baxtki, O‘zbekiston, Yangi O‘zbekiston atalmish zaminda aynan mana shunday ezgulik va tole bizga nasib etayotir. Qay bir yurtdoshimiz hayotiga nazar tashlamaylik, mustaqillik bergan imkoniyatlar natijasini ko‘rishimiz mumkin. Ehtiyojmand oilalar, fuqarolar, ilmga chanqoq yoshlarga berilayotgan e’tibordan ko‘ngil yayraydi. Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi yaqqol sezilyapti. Xalq hayotini yanada yaxshilash, yanada farovon umr kechirishimiz uchun manzilli ish tashkil etilyapti. Davlat dasturlarida keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi jiddiy nazoratga olinmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston – yangicha qarashlar, yangi hayot va yangi imkoniyatlar mamlakatiga aylanib bormoqda.
Men yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida bor kuch-salohiyatini, ilmini, tajriba va mahoratini sarf etayotgan siz aziz professor-o‘qituvchilar va pedagoglarni, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh olimlarimizni, jamiyat taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin topgan tashabbuskor yoshlar, talabalar, barcha o‘g‘il-qizlarimni Mustaqilligimizning qutlug‘ tantanasi bilan yana bir bor tabriklayman.
Barchangizning xonadonlaringizga tinchlik, osoyishtalik, baxt, farovonlik tilayman. Mustaqil Vatanimizning gullab-yashnashi va ravnaqi yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizda omad yor bo‘lsin.
Boshlanayotgan yangi 2025/2026 o‘quv yili jamoamiz uchun yanada yuksak marralarni zabt etish, yanada ulug‘vor reja-maqsadlarni amalga oshirish, yanada ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
BY Namangan davlat universiteti

Share with your friend now:
group-telegram.com/namdu309/40505